1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Hisob yozuvlarining turlari



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə22/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Hisob yozuvlarining turlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari: xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan yozuvlar hisob registrlariga bo‘linadi.
Xronologik registrlar deb xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda (ularning sodir bo‘lishiga qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini realizatsiya qilishga oid hujjatlar reestri misol bo‘ladi. Bu reestrda mahsulotlarni sotishga jo‘natish uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ularning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiyalari qayd qilib boriladi.
Sistematik reestrlar deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritadigan xo‘jaliklarda qo‘llanilgan №8- ASK, 10-ASK jurnal-orderlarni keltirish mumkin.
Uyg‘unlashgan registrlar deb yozuvlarni ham xronologik, ham sistematik ravishda guruhlashtirishni ta'minlaydigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi. Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK shakl) keltirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va Shehmda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlarning mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar – bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kitoblarni va boshqa muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo‘jalik muomalalarini aks ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish kartochkalari misol bo‘ladi.
Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi tegishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlarni alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan mashinagrammalar qo‘llaniladi.
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Buxgaltyerlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim.
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon beradi.
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.



Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin