1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə25/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin xo‘jalik muomalasining summasi yozilishi kerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik Material olingan. Schotlar korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsatilgan.
1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –35000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m.
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000).
1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –5000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti –5000 so‘m
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini to‘g‘ri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsatkichlari tartibga solinib ham turiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgaltyerlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi.
2.4. Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma'lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyutyerlashtirishning rivojlanishi bilan buxgaltyerlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgarmoqda va kengaymoqda.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy shakllariga memorial-order, jurnal-order va avtomatlashtirilgan shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli bo‘lishi uchun bu hisob shakllarini alohida misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining mohiyati xo‘jalik muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib, buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar bosh buxgaltyer tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga memorial-orderni tuzishga asos bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi subektning imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi. Alohida faktlarni ro‘yxatga olish uchun zarur qaydnomalar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hujjatlar guruhiga asosan ham tuzilishi mumkin (2.1-jadval).

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin