2.1-jadval №01-MEMORIAL-ORDER Kassa muomalalari. Yanvar 200__ y.
Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni)
Korrespodensiyalanuvchi schotlar
Summa
Debet
Kredit
2 yanvar uchun kassa hisoboti va h.k.
5110
5010
120000
Jami
120000
Buxgaltyer Ahmedov S.I.
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida qayd qilib boriladi (2.2-jadval).
2.2-jadval Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali Yanvar 200__ y.
Memorial-orderning tartib raqami
Orderning sanasi
Memorial-orderdagi summa
1
2 yanvar
120000
2
4 yanvar
80500
va h.k.
Yanvar uchun jami
4005000
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozilganda ularga tartib raqami beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensiyalanadigan schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-order, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha ularni oy oxirida sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega (2.3-jadval):