1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-rasm. Buxgalteriya hisobining obektlari



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə12/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1.7-rasm. Buxgalteriya hisobining obektlari
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi korxonalar faoliyatining yo‘nalishiga bog‘liq (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.).
Xo‘jalik yurituvchi subekt aktivlari (mablag‘lari) mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi.
I. Uzoq muddatli aktivlar.
II. Joriy aktivlar.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b) bitta birligi (komplekti) ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyutyer jihozlari va hisoblash texnikasi transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar» nomli BHMSda keltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 20 yanvar 2004 yil 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish yoki ma'muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik bo‘lgan; ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya'ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning joriy aktivlariga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktiritilgan qarzlar, olinadigan schotlar (debitor qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning ro‘yxati keng va xilma-xil bo‘lib, ular doimo aylanishda bo‘lganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo‘lgan qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yo‘naltiriladigan mablag‘lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik ko‘chatlar, em-xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi Materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘ilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarishi jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi. Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab chiqarish mablag‘lari deb ataladi.
Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘laridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lari quyidagilarga bo‘linadi: ishlab chiqarish zaxiralari – o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, urug‘lik va ko‘chatlar, ehtiyot qismlar va ta'mirlash Materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, minyeral o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta ishlovchi vositalar, idish va idish Materiallari, boshqa Materiallar, ta'mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun ishlatiladigan qurulish Materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish – kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar, chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi xarajatlar, ustaxonalarning tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sarflari.
Zaxiralar, kapital quyilmalar va ta'mirlash xarajatlari (qurilma va Materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital quyilmalar va kapital ta'mirlashdagi aylanma mablag‘lar qatoriga kiradi.
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mablag‘lari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan korxonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar, qarzning o‘zi esa, (hisoblashuvdagi mablag‘lar) debitor qarz deb ataladi.
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) ko‘rinishida omborlarda, pul mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin.
Mablag‘lar mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning iqtisodini to‘liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun ularning manbalarini bilish zarur.
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlari yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydalan tarkib topadi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin