1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-jadval B O SH J U R N A L



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə28/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

2.5-jadval
B O SH J U R N A L

Sana

Memorial-orderlar №

Order bo‘yicha oborot summasi

Schotlar nomi va raqami

0100-«asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar»

0200-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schotlar

0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlar»

va b.




Debet

Kredit

Debet

Kredit

Debet

Kredit

Debet

Kredit


































Bosh-jurnalga dastavval hisobot davrining boshida schotlar bo‘yicha qoldiqlar o‘tkazilib, so‘ngra korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha barcha oborotlar memorial orderlardan o‘tkaziladi.
Hisobot davri oxirida schotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar aniqlanadi. Bunda yozuvlar to‘g‘riligi quyidagicha tekshiriladi: barcha schotlarning bir oydagi debet oborotlari summasi barcha schotlarning bir oylik kredit oborotlari summasiga teng bo‘lishi lozim.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta'minlaydigan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qaydnomalarda to‘planib boradi. Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xronologik yozish bir vaqtning o‘zida ya'ni, bir xil ish usulida amalga oshiriladi.
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni bo‘lmagan hollarda yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal-orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi ko‘rsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan.
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni aks ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri guruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy schotlar aloqasi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti bo‘yicha debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilib yozilishi;
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtirilishi;
buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, davriy va yillik hisobot tuzishni ta'minlaydigan yo‘nalishda aks ettiriladi;
davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob moddalarining nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi oldindan belgilangan hisob registrini qo‘llash.
Muomalalarning mazmuni va xususiyatiga ko‘ra yozuvlar jurnal-orderlar va qaydnomalarga hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushishiga qarab bir yoki bir necha oyligi jamlanib yoziladi.
Ma’lumotlari jurnal-orderlarga o‘tkazilgan hujjatlarda korrespondensiyalanuvchi schotlar, tegishli registrlarning raqamlari va yozuvlarning tartib raqamlari (qator raqamlari) ko‘rsatiladi. Ma’lumotlari jamlanib hisob registrlariga o‘tkaziladigan hujjatlar bo‘yicha registr va yozuvlar raqami alohida varaqda ko‘rsatilib, bu varaq to‘planib tikilgan hujjatlarga biriktirib quyiladi.
Oy oxirida jurnal-orderlarning ma’lumotlari jamlanib, bosh daftarga o‘tkaziladi. Bosh daftar jurnal-orderlar ma’lumotlarini umumlashtirish, schotlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va hisobot balansini tuzish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir yilga ochiladi. Unda har bir schot uchun bir varaq ajratiladi. Har bir varaqda ochilgan sintetik schotning boshlang‘ich qoldig‘i, joriy (oylik) oboroti va oxirgi qoldig‘i aks ettirib boriladi. Bosh daftarga joriy oborotlarni yozish bir vaqtning o‘zida jurnal-orderlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni qayd qilish bo‘lib hisoblanadi
Bosh daftarga joriy (oylik) oborotlar jurnal-orderlardan o‘tkazilganda, tegishli schot kredit oborotlarining jami bitta yozuv bilan, debet oborotlar esa bog‘lanuvchi, ya'ni kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatilib aks ettiriladi.
Shunday qilib, sintetik schotlarning debet oborotlari, kreditlanuvchi schotlari ko‘rsatilgan holda Bosh daftarda (№18-ASK shakl), kredit oborotlari esa debetlanuvchi schotlari ko‘rsatilgan holda jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Balans bosh daftar ma’lumotlari asosida, ayrim hollarda hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalanib tuziladi.
Yozuvlarning yozilish ketma-ketligi, texnikasi va tamoyili tushunarli bo‘lishi uchun Bosh daftarning bitta sintetik schot uchun ochilgan schotini misol tariqasida ko‘rsatamiz (2.7-jadval).
Jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritishda hisob ishlarini to‘liq avtomatlashtirish uchun hisoblash mashinalaridan samarali foydalanish mumkin. Klavishali hisoblash mashinalarini qo‘llash uchun jurnal-order shaklidagi hisob registrlarini ko‘p o‘zgartirish talab qilinmaydi. Bunda sintetik va analitik hisobni yuritish tamoyili buzilmaydi, registrlarning o‘zaro bog‘lanish va ularni nazorat qilish tizimi o‘zgarmasdan qoladi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin