1-Mavzu Dasturiy ta\'minot sinfining ta\'rifi Rеja
Microsoft Works- matn muharriri, oddiy elektron jadval va murakkab bo'lmagan ma'lumotlar bazasidan iborat "Umumjahon uy xo'jaligi xodimi" ning monolit dasturi. Har bir modul Microsoft Office bilan solishtirganda soddalashtirilgan. Microsoft Works turli xil biznes, ta'lim va boshqa vazifalar uchun mo'ljallangan.
Ish paketi vositalari:
1) matn protsessor, eslatmalar, hisobotlar, kataloglar, blankalar va boshqa birlashtirilgan hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun mo'ljallangan.
2) Elektron jadval hisoblash bilan bog'liq moliyaviy, statistik va boshqa muammolarni hal qilish imkonini beradi.
3) Diagrammalar elektron jadvallardagi raqamli ma'lumotlarni turli xil grafik tasvirlarga aylantirish uchun.
4) Ma'lumotlar bazasi mijozlar, tovarlar, schyot-fakturalar, ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va chop etish uchun mo'ljallangan hisobotlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega.
5) Aloqa tizimi, bu sizga operatsion axborot tizimlariga ulanish va modemlar o'rnatilgan boshqa kompyuterlar bilan ma'lumot almashish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Works to'plami o'z ichiga oladi Microsoft dasturi Drow, uning yordamida matn protsessor hujjatlarining ko'rinishini yaxshilash mumkin.
Works'dagi foydalanuvchi ma'lumotlari diskda turli kengaytmali fayllarda saqlanadi: * .WPS; * .WKS; * .WDB.
MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. MS WORD - yordamida ixtiyoriy korinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, yani ularni qoshish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib kochirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD - ayrim kamchiliklar dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi. Shunday qilib, WORD matn muxarriri komagida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli malumotlarni zudlikda tayorlash va chop qilish mumkin.
Klaviatura drayverlari xar xil bolganligi sababli, kirill alifbosida lotin alifbosiga otish, bazan ikki marta [Shift] yoki [Ctrl] bilan birgalikda bosilganda bolishi xam mumkin. Yangi abzatsdan matnni kiritishni boshlash uchun qator nixoyasida [Enter] tugmachasini bosish lozim, aks xolda korsatkich avtomatik ravishda qator oxiridan yangi qator boshiga keladi. Matndagi keraksiz jumlalarni ochirish uchun korsatkich mazkur belgi old tomoniga keltiriladi va [Del] tugmachasi yordamida ochiriladi. Matndagi biror qatorni ikkiga bolish uchun bolinadigan matn maydoniga korsatkich keltiriladi va [Enter] tugmachasi bosiladi.