1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/92
tarix25.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#194388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
1 mavzu Davlat boshqaruvi tushunchasi Reja Davlat boshqaruvin fayllar


1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi

1-MAVZU: Davlat boshqaruvi tushunchasi.


REJA:
1. Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi.
2. Davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari
3. Davlat boshqaruvi funksiyalari
4. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari
5. Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati
«Ma’muriy huquq» atamasi lotincha «administrate» so’zidan olingan bo’lib, «boshqaruv huquqi» ma’nosini anglatadi. Shu sababli, «Ma’muriy huquq» fanining mazmun-mohiyatini ochib berish­ dan awal boshqaruv, davlat boshqaruvi tushunchalarining mohiya­ tini anglab olish lozim bo’ladi.

Boshqaruv davlat paydo boimasdan oldin vujudga kelgan bo’lib, kimnidir yoki nimanidir yoxud qandaydir faoliyatni «yo’naltirish, unga rahbarlik qilish» ma’nosini anglatadi.


Huquqshunos olim Yu.N.Starilovning fikricha, boshqaruv — bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga muvofiq va doimiy ta’sir etish jarayoni hisoblanadi. Bunda boshqaruv obyekti sifatida turli xildagi hodisalar va jarayonlar, jum­ ladan, inson, jamoa, ijtimoiy jamoatchilik, mexanizmlar, texnologik jarayonlar va boshqalar namoyon bo’lishi mumkin. Boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta’siri — boshqaruv tizimiga bevo­ sita bog’liqdir. Boshqaruv tizimi — bu boshqaruv jarayonini ta’min- lovchi mexanizm, ya’ni maqsadga muvofiq va kelishilgan holda funksiyalanuvchi o’zaro bog’liq elementlardir. Boshqaruv jarayoni- dagi bu elementlar orqaga qaytish prinsipi asosida yagona tizimga birlashadi.
Yu.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv nimaga yoki kimgadir rahbarlik qilishdir. Lekin bu boshqaruvning to’liq mazmunini ochib bera olmaydi. Birinchi navbatda «rahbarlik qilish» tushunchasini o’zining mazmunini, uning funksional ahamiyatini aniqlab olish lozim boiadi.
XX asming 60-yillarida turli sohalardagi boshqaruv jarayonini o‘rganuvchi fan — kibemetika vujudga keldi. Matematik apparat, matematik mantiq va funksiya nazariyasidan foydalanib, avtomatik tartibga solish, axborot va ilmiy bilimning ko’pgina boshqa soha- laridagi eng muhim tajribalarni (yutuqlami) birlashtirish imkonini berdi.
Kibemetika — boshqaruv, aloqa, _arine_, tartibga solish, qabul qilish, saqlash va axborotni qayta ishlash kabi masalalami o’rga­ nuvchi fan sifatida vujudga keldi. Bunda boshqaruv tushunchasiga, boshqaruv jarayonlariga, uning prinsiplariga, yagona tizimni tashkil etuvchi turli elementlarning o‘zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratilgan. Boshqaruv mazmunini ochib beruvchi «tizim» tushunchasi esa quyidagi xususiyatlaming mavjudligi bilan tavsiflanadi:
a) boshqaruvning maqsadi va vazifalari;

b) boshqaruv subyekti va obyekti;


d) boshqaruv funksiyalari;
e) boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;
f) tizim elementlarining yagonaligi, mustaqilligi va o‘zaro aloqasi;
g) faoliyatning ma’lum bir shakl va uslublari.
Kibemetika fanidan kelib chiqqan holda, boshqaruv to’g’risida quyidagi xulosalami chiqarish mumkin:
1) boshqaruv — bu turli xildagi (_arine_t, texnik, ijtimoiy) tashkil etilgan tizim funksiyasi bo‘lib, ularning yaxlitligini ta’minlaydi, ya’ni ulaming oldida turgan vazifalaming amalga oshiri- lishiga erishiladi, uning tuzilmasi va faoliyatining o‘rnatilgan tartibi saqlab turiladi;
2) boshqaruv u yoki bu tizim elementlarining o‘zaro muno­ sabatlari manfaatiga xizmat qiladi;
3) boshqaruv yaxlit tizimning ichki sifatini tashkil etadi, uning asosiy elementlari bo‘lib 0‘zini-o‘zi tashkil etish (boshqarish)ga asoslanuvchi va doimiy munosabatda bo‘luvchi subyekt (boshqa- ruvchi element) va obyekt (boshqariluvchi element) hisoblanadi;
4) boshqaruv nafaqat tizimni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ichki munosabatini, balki turli xildagi ierarxik darajadagi tizimlar mavjudki, ular ham ichki, ham tashqi xususiyatdagi bosh­ qaruv funksiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi;
5) boshqaruv o‘z mohiyatiga ko’ra subyektning obyektga nisbatan boshqaruvchilik ta’sirini anglatib, uning mazmunini tizim- ni tartibga solish va uning funksiyalanishini ta’minlashni tashkil etadi. Boshqaruv — maqsadga muvofiq tartibga solingan ta’sir etish bo‘lib, subyekt va obyekt o’rtasidagi munosabatda qo’llaniladi va subyekt tomonidan bevosita amalga oshiriladi;
6) boshqaruv obyektining subyektga, ya’ni boshqariluvchi elementning boshqaruvchi elementga bo’ysunganida mavjud bo’­ lishi mumkin.
G.V.Atamanchukning fikricha, boshqaruv — bu maqsadga mu­ vofiq, ya’ni insonlar tomonidan o’zlarining ijtimoiy hayot faoliyat- lariga ongli ravishda, oldindan belgilangan tartibda tashkil etish va tartibga solish ta’siri bo’lib, bevosita (o‘zini-o’zi boshqarish shak­ lida) yoki maxsus tuzilgan o r g a n la r va tuzilmalar (davlat organlari, jamoat birlashmalari) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Boshqaruvning mazmunini ochib berish maqsadida, menej- ment sohasining yetuk namoyondalaridan biri A.Fayol, quyidagi uning funksiyalari (operatsiyalari)ni ko’rsatib o’tadi: texnik operat- siyalar (ishlab chiqarish, ajratish va qayta ishlash); tijorat operat- siyalari (xarid qilish, sotish va ayirboshlash); moliyaviy operatsiyalar (vositalarni jalb qilish va ulaiga egalik qilish); sug’urta operatsiyalari (mol-mulkni va shaxslarni sug’urtalash va muhofaza qilish); hisob operatsiyalari (buxgalteriya, kalkulatsiya, hisobga olish, statistika va h.k.lar); m a’muriy operatsiyalar (istiqbolni belgilash, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish).
Ma’muriy operatsiyalar mazmuniga to’xtalib, A.Fayol: bosh­ qarish — bu:
— istiqbolni belgilash, ya’ni kelajakda sodir bo’lishini hisobga olish va harakat dasturini ishlab chiqish; — tashkil etish, ya’ni tashkilotning moddiy va ijtimoiy orga- nizmini qurish;
— farmoyish berish, ya’ni xodimlami belgilangan tartibda ish- lashga majbur etish;
— muvofiqlashtirish, ya’ni barcha harakatlarni va kuchiarni birlashtirish, o’zaro aloqasini belgilash;
— nazorat qilish, ya’ni barcha harakatlaming o‘matilgan tartib va farmoyishlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash, — deb ko’rsatadi.
Bundan tashqari, A.Fayol, boshqaruv tizimining bir necha tur­ _arine ham ko‘rsatib o‘tadi:
a) texnik tizim (energiya, axborot-hisoblash, texnologik jara­ yon);
b) ijtimoiy-iqtisodiy tizim (sohalar, ma’lum bir korxonalar, xizmat ko’rsatish sohasi);
d) tashkiliy tizim (insonlaming faoliyatini tartibga solish).
Qoida bo’yicha, jamiyatning ko’pgina a’zolari ma’lum bir tashkilotlarga birlashadi, ya’ni inson mavjud bo’lishining asosiy xususiyatlaridan biri — bu tashkiliy munosabatlardir.
O.S.Vixanskiy ko’rsatib o’tishicha, insonlar tashkilotlarga ma’­ lum bir vazifalarni hal etish maqsadida birlashadi. Har bir tash- kilotda uning oldida turgan maqsad va vazifalarga erishish uchun zarur bo’lgan boshqaruv jarayoni turadi.
Yu.N.Starilov boshqaruv jarayoni mohiyatini yoritib berish maqsadida, uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi:
a) tizimni tashkil etish zaruriyati va uning funksiyalanishi;
b) tizimga maqsadga muvofiq ta’sir etish (bu orqali oldindan belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi munosabat va aloqalaming tartibga solinishiga erishiladi);
d) boshqaruv subyekti va obyektining mavjudligi;
e) boshqaruv ishtirokchilari o’rtasidagi aloqani bog‘lovchi aso­ siy vosita sifatida — axborotning mavjudligi;
f) boshqaruv tuzilishida ierarxik tizimlar (elementlar, ichki tizimlar, sohalar, tarmoqlar)ning mavjudligi;
g) boshqaruv obyektining boshqaruv subyektiga bo’ysunishining turli shakllaridan, boshqaruvning uslublari, usullari va vositalaridan foydalanish.4
Ba’zi bir yuridik adabiyotlarda, boshqaruvning quyidagi turlari ko’rsatib o‘tilgan:
— mexanik, texnik boshqaruv (texnika, mashina, texnologik jarayonlarni boshqarish);
— _arine_t boshqaruv (tirik organizmlar hayot faoliyati jarayon­ _arine boshqarish);
— ijtimoiy boshqaruv (ijtimoiy jarayonlarni, insonlar _arine_- kilotlami boshqarish).
Mazkur boshqaruv turlari o’zining ahamiyati, o’ziga xos xususiyatlari, boshqaruv funksiyalari va operatsiyalarining amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin