1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə2/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

Fanning vazifalari
Talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, tarixi, tadrijiy taraqqiyoti, ta’limoti, asosiy manbalari, xozirgi davrdagi xolati ijtimoiy hayotda tutgan о‘rni xaqida tushunchalar berishdan iborat.
Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yо‘nalishlari, mazhablari haqida tо‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan tо‘g‘ri dunyoqarashni shakllantishdan iborat.
Shuningdek, asosiy vazifalaridan biri xozirgi kunda О‘zbekiston jahon xamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishda diniy bag‘rikenglik xam katta axamiyatga ega. Shuningdek, kо‘p millatli О‘zbekistonda 90 foizdan ortiq mahalliy xalqlar islom diniga e’tiqod qiladi, demak yoshlarga islom dining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qо‘shgan xissasini, ijtimoiy hayotimizdagi о‘rnini kо‘rsatib berishdan iborat.


Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari.
DINNING IJTIMOIY FUNKSIYALARI

Birinchidan, har qanday din о‘z e’tiqod qiluvchilari uchun tо‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi.
Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bо‘lishi hodisasini olaylik. Inson о‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bо‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bо‘lib kо‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu dinga bо‘lgan ehtiyoj edi. Din bu о‘rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddizm dini rohiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bо‘lishini ta’kidlaydi. Yoki har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Islom dinida esa, har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan, muayyan din о‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, о‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifa deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni qamrab olishga intiladi. Buning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta olgan.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularning bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo – Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada kо‘proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy san’at, musiqa kabi san’at turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat kо‘rsatadi.

Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin