1-Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi


-MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/17
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202904
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
portal.guldu.uz-EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHAFAZA QILISh

12-MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI.
Reja:
1 .Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tadbirlar. 2.Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy masalalari. 3.O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari.
4.Ekologik jinoyatlar va ular uchun javobgarlik masalalari.
Tayanch so’zlar:
qonuniy aktlar, nazorat organlari, boshqaruv organlari, ekologik jinoyat, ma'muriy, jinoiy, ekologik huquqbuzarlik.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, kcfrsatmalar, qarorlar) ilmiy tafsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta'limi asosida, nazorat va boshqaruv organlari faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga ko"p jihatdan bog'liqdir. Tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi har xil davlatlarda turlichadir. Bunga har bir davlatning rivojlanish darajasi, mulkchilik shakllari, o'ziga xos boshqaruv tizimi sabab bo'ladi. Alohida davlatlarda tabiatni muhofaza qilish sohasida qonular, farmon va buyruqlar qabul qilinadi. Maxsus davlat tashkilotlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boshqaruv va nazoratni amalga oshiradi. Bundan tashqari tabiatni muhofaza qilish va ekologik talim—tarbiya bilan shug'ullanuvchi jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Ushbu yo'nalishda maxsus ilmiy tadqiqod ishlari olib boriladi. Har bir davlatning qonunlarida ekologik jinoyatlar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilanadi. Alohida davlatlrda atrof muhit holatini kuzatish nazorat qilish va boshqarish tizimi monitoring faoliyat ko’rsatadi. Monitoring tizimining keng qamrovligi ko"p jihatdan atrof muhit holatini ishonchli baholash imkonini beradi.
Sobiq Ittifoq davrida tabiatni muhofaza qilishning tashkil qilinishi talabga to'la javob bermasligini takidlash lozim. Tabiy resurslar, ishlab chiqarish tashkilotlariga davlat mulkchiligi sharoitida xo'jalikni ko"p yilga belgilangan qat'iy reja asosida mahalliy sharoitlarni to'la hisobga olmaslik natijasida atrof muhitning ifloslanishi, resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelgan. Ushbu soha uzoq vaqtgacha maxsus takomillashgan davlat boshqaruvi tizimi bo'lmagan. Ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari talabga to'la javob bermagan. Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida tabiatni muhofaza qilish o'ziga xos tashkiliy va huquqiy asoslariga egadir.
Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O’zbekieton Respublikasining konstitutsiyasida o'z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada "fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O’zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish to"g'risida»gi qonun belgilab beradi. qonunga muvofiq O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy Majlisning mutloq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga yuklatilgan. qonunning 8-moddasida "Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi tizimi" quyidagicha belgilangan: "Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan foydalanishning davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, davlat boshqaruvi qonunlari va boshqa normativ xujjatlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, (Tzbekislon Rcspublikasi Tabialni muhofa/.a qilish davlat qo'mitasi» davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Oliy Majlisga bo'ysimadi hamda ushbu sohadagi davlat nazoratini amalga oshiradi. Qo'mitaning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir. O’zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunida ushbu sohadagi aholining huquq va majburiyatlari, atrof muhit sifatini normativlar bilan tartibga solish ekologik nazorat, ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va boshqalar belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasida tabiat muhofazasiga taalluqli bo’lgan alohida qonunlar ham qabul qilingan. «Suv va suvdan foydalanish to'g"risida» (1992 y); Alohida muhofazafaza qilinadigan hududlar to’g"risida (1993 y) va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasinining ma'muriy javobgarlik to’g^risidagi kodeksida tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik normalari belgilangan. Ma'muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to'lash va malum huquqdan mahrum qilish jazolari ko'rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-bo'lim "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida ekologiya soxasidagi turli jinoyatlar uchun jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, ahloq tuzatish ishlari, qamash va ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilangan. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy masalalari yuqori darajada ta'minlangan davlatlarda ushbu sohadagi faoliyat ham muvafaqqiyatli bo^ladi.
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati ham faoliyat ko’rsatadi. Ekologik bilimlar turli axborot vositalari orqali ommalashtiriladi. Umum ta'lim maktablari va boshqa o'quv yurtlarida ekologik talim va tarbiya amalga oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatdan foydalanish ixtisosligi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlaangan. Bu yo'nalishda (Tzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi muassasalarida, oliy o'quv yurtlarida keng ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishni yanada rivojlantirish uchun kerakli tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish zarurdir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
l. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tadbirlar qaysi yo’nalishlarda amalga oshiriladi?
2. Tabiatni muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz?
3. S.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiatni muhofaza qilish masalalari qanday aks ettirilgan?
4. O’zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun qanday jazo choralari belgilangan?
5. 0'zbekistonda ekologik bilimlarni rivojlantirishda ilmiy va jamoat tashkilotlarining roli qanday?

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin