1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix12.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#111981
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
eksperimental psixologiya





47
hissiy holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan va vegetativ xususiyatlarni turli usullar 
yordamida yozib olishdan foydalanish mumkin.
Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv tomoni)ni o`rganishning qulayligi, 
tarixiy xujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat va boshqalardan ham foydalanish 
mumkin. ekspressiya deganda, insonning jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi 
namoyon bo`lishi harakati-mimika, tananing ifodali harakati -poza, qo`lning ifodali 
harakati imo-ishora (jest) ularning barchasi umumlashtirib, pantomimika deb ataladi. 
Insonning ruhiy holati haqida eng ko`p axborotni mimika beradi.
Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog`liq 
holda namoyon bo`ladi.
Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy 
pantomimika ixtiyorsiz harakatlar asosida, sub`ektning hayotiy tajribasi natijasi 
sifatida rivojlanadi. Ixtiyorsiz pantomimik harakatlar shaxsning ruxiy holati haqida 
ko`proq axborot berishi mumkin. G.de-Syupervil inson turli kechinmalar holatida 
yuzida bo`ladigan ifodalarni sxematik tarzda ko`rsatib berishga harakat qilgan. Bu 
chizma ko`z, burun, og`iz, holatlarining o`zgarishi bilan tushuntiriladi.
Nima uchun hissiyotlar insondagi fiziologik jarayonlarga ham ta`sir 
ko`rsatadi? 
Emotsional holatlarning ifodalanishini o`rganish uchun quyidagi tajribadan 
foydalanish mumkin. Buning uchun insonning turli ruhiy holatlari aks etgan 15-20 ta 
fotosurat kerak bo`ladi. Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib 
quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish 
mumkin. 
Tajribaning birinchi qismida tekshiriluvchilar fotosuratga qarab-ixtiyoriy his-
tuyg`ularni baholaydilar. Ikkinchisida esa kinosyujetdagi ixtiyorsiz kechinmalarni 
ta`riflaydilar. Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash orqali hissiyotlarning 
ifodalanishidagi umumiy va farq qiluvchi tomonlarni aniqlash mumkin. 
Inson o`z his-tuyg`ularini boshqara oladimi? 
Anglangan his-tuyg`ular haqidagi ma`lumotni olish uchun o`zining hissiy 
holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin. Bu metod 
hissiyotlarni paydo bo`lish sababi, sub`ekt tomonidan o`z ruhiy holatlarini idrok 
qilish xususiyati, hukmron hislar, psixik faoliyatda biror buzilishni his qilish yoki 
qilmasligi kabi holatlarni aniqlash imkonini beradi. Bu metodning afzalligi 
tekshiriluvchi o`zi lozim deb topgan barcha ma`lumotlarni etkazadi, kamchiligi esa 
hissiyotlarni o`lchash imkoniyati mavjud emas. SHunday paytda avvaldan 
belgilangan maxsus shkalalardan foydalanish maqsadiga muvofiq bo`ladi. 
Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha: 
1. Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish, dahshatga 
tushish. 
2. Kuchsiz salbiy holatlar - kuchsiz norozilik, qayg`urish, xafa bo`lish, 
xavotirlanish, qo`rquv. 
3. Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.
4. Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi,

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin