1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 18,59 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü18,59 Kb.
#175029
  1   2
1-mavzu


1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati


Reja:

  1. O’zbekistonda dinga bo’lgan munosabatning o’zgarishi.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini predmeti maqsad va vazifalari.

  1. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyili.



Tayan tushunchalar:ekstremizm, terrorizm, ma’naviyat, ma’rifat, jaholat.



  1. O’zbekistonda dinga bo’lgan munosabatning o’zgarishi.

Ma’lumki, O’zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o’zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda o’zining huquqiy ifodasini topgan.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag’rikenglikning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, Respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O’zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo’lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o’tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o’z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro’y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g’oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.
Bugungi kunda dinga bo’lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o’ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o’z-o’zini anglashga bo’lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo’lib, geosiyosiy maqsadlarga bo’ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko’payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko’plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.




  1. Yüklə 18,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin