BIZNES REJA
HALOL GO`SHT MCHJ
Korxona tashkiliy biznes rejasi
25.02.2023
Buxoro viloyati, Buxoro tumani.
Madaniyat mahalla, Podshohi ko’chasi 258-uy.
+998913114847
odilchik2000ok@gmail.com
Kamolov Odil G`aybilloyevich
Mundarija
Rezyume
Korxona tavsifi
Mahsulot va xizmatlar
Bozor va raqobatchilar tahlili
Ishlab chiqarish rejasi
Tashkiliy tuzilma va xodimlar
Moliyaviy reja
Ilovalar
Rezyume
Korxonaning asosiy tashkiliy maqsadi – yurtimiz aholisini kundan kunga ko`payib borishi bilan bir qatorda vatandoshlarimizning go`sht va go`sht mahsulotlariga bo`lgan talabiga mos ravishda halol va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va bu sohada bozorda salmoqli o’rin egallash.
Korxona nomi – HALOL GO`SHT MCHJ.
Tashkiliy sha kli –Ma’suliyati cheklangan jamiyat.
Manzili – Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Madaniyat mahalla, Podshohi ko’cha 85-uy.
Korxona asosan iste`mol uchun go`sht(tovuq go`shti) ishlab chiqarishga moslashgan.
Lohiya qiymati umumiy miqdorda 3mlrd 207mln 576ming so`mni tashkil etadi va oilaviy qarzlarga amalga oshiriladi. Rivojlanish davrida mahsulotlarni devirsifikatsiya qilish va klaster tashkil qilish maqsadida Rus investitsiyasi olib kirilishi mumkin.
Mahsulotning asosiy xaridorlari yaqin atrofda joylashgan mahsulotni qayta ishlaydigan korxonalar, ko`p sonli ishchilarga ega va uzluksiz ishlaydigan zavod va fabrikalar hisoblanadi. Va mahsulotlarimizni chakana savdogarlarga ham sotishimiz mumkin.
Bizning asosiy raqobatchilar Buxoro go`sht mahsulotlari korxonasi va Hen and Cock korxonasi hisoblanadi, lekin ular o’z mahsulotlari bilan asosan Sho`rtan gaz, Qandim va Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari hisoblanadi, ular bozorlar va kichikroq korxonalarga ko`p e`tibor qaratishmmaydi, mahalliy bozorlariga ham kirib kelishgan lekin ularning asosiy mijozlari boshqa yuqoridagi korxonalar bo’lganligi uchun qolgan mijozlar ularning mahsulotini olishda quydagi muammolarga uchrashiyapti ya’ni navbatta turib va kutib qolish kabi muammolarga. Shuning uchun biz ishlab chiqariyatgan mahsulotga talab yuqori. Umuman olganda biz ham ishlab chiqargan mahsulotlarimizni mahalliy bozorda sotsag bo’ladi.
Korxona ekologik jihatdan bezarar hisoblanadi, lekin asosan jo`jalar(jonli mavjudod) bilan ishlaganimiz uchun ularning axlatlaridan turli xil hidlar chiqib aholiga noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uni aholi yashash joyidan uzoqroq masofaga joylashtirgan ma’qul deb hisoblaymiz.
Umuman korxona uchun jami minimumda 11 nafar xodim talab etiladi.
Ulardan:
1 kishi korxona boshqaruvchisi.
6 kishi hayvon boquvchilar bo’limida.
2 kishi yuklash va tashish bo’limida.
1 kishi iqtisodchi mutahasis.
1 kishi verinar.
Korxonaning tavsifi
Korxona Ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklida amalga oshiriladi, chunki korxona bir kishining oilaviy mablag’lari asosida tashkil etilmoqda. Korxona tashkil etuvchisi Kamolov Odil G`aybilloyevich bo’lib, korxonaning ta’sischisi va egasi hisoblanadi.
Korxona Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Madaniyat MFY, Podshohi ko’chasi 258-uyda joylashgan bo’lib, aholidan uzoqda joylashgan tabiatga zararsiz hududdadir. Afzallik tomonlari – hudud yirik korxonalar va Buxoro Markaziy bozorlariga yaqin joylashgan logistik jihatdan qulay hisoblanadi.
Korxona shu’g’ullanuvchi biznes O’zbekistonning ayniqsa Buxoro viloyati aholisining ko`pligi, go`sht mahsulotlariga bo`lgan talabi yuqoriligi va aholining iste`mol savatchasiga kiritilgan mol yoki qo`y go`shtining narxi kundan kunga oshib borayotgannini uchun, va ushbu sohada mahsulotning katta qismi mahalliy aholi tomonidan faqat ku-qish mavsumida ishlabchiqarilishini inobatga olib bizning mahsulot bozorlarda qisqa vaqt ichida o`z o`rnini topa olishi mumkin.
Korxonaning qisqa muddatda istiqbolli rejasi bu 1 yil ichida yuqori foydaga chiqish va asosan vodiyning asosiy bozorlarini egallash, korxonaga go`shtni qayta ishlash zavodlaridan hamkorlarni jalb qilish va shu orqali mahsulotni devirsifikatsiya qilish. 5 yillikdagi istiqbolda esa O’zbekistondagi katta raqobatchilar qatoriga kirish va butun O’zbeksiton bo’ylab mahsulotlarimizni yetkazib berishdan iborat.
Agar biznes rejadagi o’rganishlar ish bersa korxona 1 – yil ichida o’zini qoplaydi va 193 866 000 so’m foydaga chiqishi mumkin.
Korxonada ish asosan ikki smenada ish tashkil etiladi. Kunduzgi smena 08:00 dan, kechgi 20:00 gacha tashkil etilgan bo’lib, kechgi smena 20:00 dan 08:00 gacha ish jarayoni dvom etadi.
SWOT tahlili
Kuchli tomonlar
|
Zaif tomonlar
|
korxona mahsulotlarini yuqori sifatliligi;
malakali kadrlar talab etilmasligi;
korxona rahbarining yuqori malakali ekanligi;
|
juda katta mablag’ talab etilishi;
|
Imkoniyatlar
|
Tahdidlar
|
Yetkazib berish xizmati mavjudligi;
bozorda raqobatchilar kamligi;
|
yangi raqobatchilar paydo bo’lishi;
turli xil yuqumli kasalliklar;
|
Mahsulot va xizmatlar
Biz ishlab chiqaradigan mahsulot tovuq go`shti hisoblanadi. Kundalik iste`mol uchun juda qulay va hamyonbop bo`lib, inson organizimida hazm qilish bilan bog`liq muammolarni kelitirib chiqarmaydi. Pishirilish jarayoni qo`y va molgo`shtiga qaraganda ancha kamroq vaqt talab etadi va tez hazm bo`lish qobilyati sababli korxonalarga ish unumdorligini oshirishga yordam beradi. Yana bir afzallik jihati shundaki, bizning mahsulot yil davomida muntazam ishlab chiqarilishi boshqa raqobatchilarni tez orada ortda qoldirib bozorda oz o`rnimizni topishimizga yordam beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda hech qanday patent ruxsatnomasi talab etilmaydi, lekin har kuni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifatliligini muntazam ravishda tekshirish uchun labaratoriya xizmatidan foydalaniladi.
Mahsulotlarimizning raqobatchi boshqa mahsulotlardan ustun jihatlari shundaki, bizning mahsulotlar ishlab chiqarilishida va nafaqat O’zbekiston balki butun jahon standartlari asosida tayyorlanishidadir. Mahsulotlarimizning asosiy xususiyatlari yana shulardan iboratki, ularni ishlab chiqarishda yuqori sifatli ROS 308 jo`jalarida foydalanilib turli xil kimyoviy vostitalardan uzoqlashgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olishimizda. Mahsulotlarimiz asosan buyurtma asosida va chakana savdo uchun standart o’lchamlarda ishlab chiqariladi.
Korxona ekologik jihatdan bezarar hisoblanadi, lekin asosan jo`jalar(jonli mavjudod) bilan ishlaganimiz uchun ularning axlatlaridan turli xil hidlar chiqib aholiga noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uni aholi yashash joyidan uzoqroq masofaga joylashtirgan ma’qul deb hisoblaymiz.
Bozor va raqobatchilar tahlili
Bizning bozordagi asosiy raqobatchilarimiz Buxoro go`sht mahsulotlari korxonasi va Hen and Cock korxonasi hisoblanadi. Lekin ulardan asosiy yutug’imiz biz mahsulotimizning orzonligi va Buxoro bozorlari hali raqobatchilarimiz tamonidan egallab olinmagani. Buxoro bozorlarida ham raqobatchilarimizni mahsulotlarini ko’rishimiz mumkin lekin narxlar juda baland. Agar biz Buxoro bu biznesni yo’lga qo’ysak narxlar anchagina arzon bo’ladi, mijozlar va hamkorlar to’plash ancha oson kechadi deb o’ylaymiz.
Bozor konyukturasiga keladigan bo’lsak, bizning tovarlar asosan kundalik iste`moldagi qo`y va mol go`shtiga o`rinbosar tovar bo`lib, narxi arzon va sifati yuqori bo`lganligi sababli juda ko`p mijozlarni o`ziga jalb qila oladi. Asosiy hamkorlarimiz esa albatta uzluiksiz ish olib boradigan fabrika va zavodlar va go`shni qayta ishlash zavodlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish rejasi
Mahsulotlarimizni ishlab chiqarishda bizga asosiy o’rinlarda 2400 m^2 maydonli bino, yonida qo`shimcha ombori va office uchun binosi bo`lgan obyekt ijaraga olinadi. Asosiy xom-ashyo broyler jo`ja(Ros308)lar “Katta Qo`rg`on Parranda” QK MCHJ dan sotib olinadi va jo`jalar ozuqasi “Buxoro Omuxta Yem” MCHJ dan sotib olinadi. Emlash va davolash uchun dorilar va vositalar “AD” dorixonasidan sotib olinadi.
Go`sht ishlab chiqarish uchun asosan jo`jalar kerak bo`lib, ijaraga olingan binoni qulay muhit yaratish uchun jihozlash talab etiladi. 5 dona konditsioner sotib olinadi, chunki harorat qishda va yozda mo`tadil bo`lishi kerak. Suv ta`minotini yaratish uchun sotib olingan plastic trubalardan har ikki m masofada o`rnatiladi va xuddi shunday ozuqa uchun plastic idishlar ham har bir qatorda 0.5m oraliq masofada joylashtiriladi.
Ishlab chiqarilgan tayyor go`sht mahsuloti narxi kelishilgan holda buyurtmachilar tomonidan kelib olib ketiladi yoki yetkazib beriladi. Korxona faoliyati yo’lga qoyib olgandan keyin mijozlarga qulaylik yaratish yoki ularni doyimi mijozlarga aylantirish uchun yetkazib berish hizmatiniyam yo’lga qo’yamiz. Lekin yetkazib berish hizmatlari kelasi uchinchi yillarda amalga oshiriladi va bu hizmat turi viloyat ichida masofagacha bepul yetkazib beriladi.
Tashkiliy tuzilma
Korxona Ma’suliyati cheklangan jamiyat bo’lgani uchun asosiy boshqaruvchi direktor hisoblanadi. Officeda rahbarni o’zi savdo sotiq ishlarini amalga oshiradi va ombordagi xom-ashyo va materiallar uchun ham o’zi javobgar bo’ladi. Olti kishi jo`jalar parvarishi bilan shug`ullanadi. ikki kishi esa jo``jalarni boqish uchun kerak bo`ladigan ozuqa mahsulotlarini omborga tashish va kundalik iste`mol uchun yetkazib berish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashish va yuklash bilan shug’ullanadi. Jo`jalarni holatini tekshirish, davolash, kunlik emlash ishlarini olib borish uchun bir nafar veterinar mutahasis ishga olinadi. Bitta iqtisodchi mutahasis ham jalb qilinib u bilan korxonaning moliyaviy hisobotkarini korxona rahbari birgalikda olib boradi.
Ishlab chiqarish avvalida 5 kunlik kurs tashkil qilinib mahalliy mutaxasis olib kelib ishchilarga parvarish qilish jarayoni haqida master class tashkil etiladi, bir birlik mahshulotga kerakli xom-ashyo ishlatilishi va sifatli mahsulot ishlab chiqarishdagi kerakli ko’rsatmalar beriladi va mahalliy mutahasis bilan birgalikda faoliyat boshlanadi.
Korxona o’zini moliyaviy faoliyatini yahshilagandan so’ng yaqin kelajakda mahsulotlarimizni diversfikatsiya qilish uchun klaster tashkil qilamiz va yangi ish o’rinlarini yaratish o’rqali malakali ishchi xodimlarn ish taklif qilamiz shuningdek, ularni malakasini yanada oshirish uchun kerakli chora tadbirlar tashkil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |