1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Diniy tashkilotlar ustidan nazorat o’rnatishga qaratilgan amaliyot



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə46/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Diniy tashkilotlar ustidan nazorat o’rnatishga qaratilgan amaliyot. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo’yicha tajribasi tahlili diniy radikalizmning ijtimoiy-iqtisodiy zaminini yo’q qilish va yoshlarga tayanishdan mahrum etish, siyosiy, axborot, diniy, madaniy va yoshlar muassasalarining ushbu muammoni hal qilishda o’zaro hamkorligini kuchaytirish, diniy dasturlar va fanlarning o’qitilishini qattiq nazorat qilish orqali islom tashkilotlarining universitetlar, talabalar va kasaba uyushmalari ichidagi ta’sirini jiddiy kamaytirishga alohida e’tibor berilayotganini ko’rsatadi. Shuningdek, islomchilarning radikal g’oyalarining asossizligini ko’rsatish, tarqalishining oldini olishda sof islomga da’vat qiluvchi, radio va televidenieda tashkil etilayotgan diniy seminar va munozaralarda faol qatnashayotgan, xalq orasida mashhur diniy ulamolarning chiqishlaridan ham unumli foydalanishga harakat qilinmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatda muayyan o’ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. Masalan, Indoneziyada ekstremizmga qarshi olib borilayotgan kurashda radikal islomchilarning yirik vakillari, jumladan, hozirda qamoqda bo’lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan islom maktablarini yopish choralari ko’rilayotgani bunga misol bo’la oladi. Shuningdek, 2002 yilda Bali orolida sodir etilgan va 200 dan ortiq kishining umriga xazon qilgan portlashlarning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra tomonidan yozilgan va jangarilik g’oyalariga boy bo’lgan kitoblarni bosish va tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur. Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning diniy ekstremizmga qarshi birgalikda olib borayotgan ishlarining bir qismi sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, Indoneziyada "Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon ulamolarining faol ishtirokida mafkuraga tayanib ish olib borish - ekstremizmga qarshi kurashning ikki fronti” sifatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal qarashlarga qarshi kurash bo’yicha etakchi musulmon ulamolari ishtirokida guruh shakllantirilgani ham bu yo’lda amaliy ishlarga o’tilganining isboti bo’la oladi. Misrda esa hozirgi kunda “xususiy” yoki “xalq masjidlari” deb ataladigan masjidlarning faoliyati va siyosiy faolligi kuchaygani tufayli davlat tomonidan ularning faoliyatini nazorat qilishni bosqichma-bosqich Vaqf vazirligiga o’tkazila boshlashi barobarida ularga al-Azhar universitetini bitirganlarni imom qilib tayinlash, qishloqlardagi Qur’onni o’rganish markazlarida savodsizlikni tugatishni targ’ib qilish ham davlatning din sohasidagi siyosatining uzviy qismiga aylanib bormoqda. Davlat dasturiga ko’ra, barcha masjidlar Vaqf vazirligi qaramog’iga o’tkazilishi lozim. Bu tadbirlar ko’plab xususiy masjidlarni nazorat qiladigan va shu erda yangi a’zolarni jalb qiladigan radikal islom tashkilotlari va guruhlarining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Uning yana bir maqsadi jamiyatning chalasavod, o’rta va quyi tabaqalarini radikal diniy g’oyalar ta’siridan himoya qilishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur jarayonda juma namozida o’qiladigan ma’ruzalar, ularning mazmunan bir xilligini ta’minlash orqali nazorat qilinayotganini ham ta’kidlash zarur. Shuningdek, masjidlar va imomlar faoliyati “Masjidlar faoliyati to’g’risida”gi qonunga binoan xutbalar va diniy fanlarni o’qitishni majburiy litsenziyalash joriy qilinganini, zakot yig’ish nazorat ostiga olinganini ham qayd etish lozim. Biroq ushbu tadbirlarni moliyaviy ta’minlash va al-Azhar universitetini bitirgan yuqori malakali diniy xodimlarning etishmasligi bilan bog’liq bir qator sabab va qiyinchiliklar bu siyosatning samaradorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Zakot qo’mitalari, xususiy ehsonlar hisobiga moddiy ta’minlanadigan va aholi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan masjidlarning katta qismini nazorat qilish ham muayyan qiyinchiliklarni tug’dirmoqda.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin