1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə48/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Xalqaro maydondagi harakatlar.Diniy ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kelayotgan musulmon mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko’tarish bilan dunyo jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal kayfiyatdagi islomchilar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo’yicha ikki tomonlama kelishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, arab davlatlari o’rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish va terrorizm muammosini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari majlislarining dolzarb mavzusiga aylantirish yo’lidagi harakatlar ham shu yo’nalishdagi ishlarning uzviy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, radikal islom tashkilotlari va guruhlari etakchilari harakatlarini muntazam asosda kuzatib borish, ular joylashgan davlatni bu haqda ogohlantirish kabi yo’nalishda ham ish olib borilmoqda. Masalaning bu jihati xususan Misr uchun nihoyatda muhimdir. Zero, 1990-yillarning boshlarida Afg’oniston va Pokistonda “Musulmon birodarlar”, “Al-Jihod al-Islomiya” va “Al- Jamoa al-Islomiya” kabi Misr islomiy tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan 20 ga yaqin lagerlar faoliyat olib borgan edi. U erdan qaytib kelgan jangarilar radikal islom tashkilotlariga qo’shilib, fuqarolar va mamlakat uchun xavf-xatarning ortishiga olib kelar edi. Ammo qidirilayotgan terrorchi unsurlar yashiringan xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar doim ham ijobiy natijalar bermayotganini ta’kidlash zarur. Ayrim Evropa mamlakatlari demokratik tamoyil va erkinliklarga rioya etish bayrog’i ostida islomchilarga siyosiy boshpana berib, yig’ilishlar o’tkazish va faoliyat ko’rsatish uchun sharoit yaratib bermoqda. 1990-yillarning boshlarida ko’tarilgan va zo’ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan islom ekstremizmi to’lqini bugungi kunda birmuncha susaygandek tuyulsa-da, hamon diniy radikalizm real xavf sifatida saqlanib qolmoqda. Xususan, radikal islom tashkilotlari tomonidan aholi o’rtasida, ayniqsa, uning chalasavod qatlami orasida millatlararo va dinlararo kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan targ’ibot va tashviqot ishlari davom ettirilayotganini ta’kidlash zarur. Umumiy xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, terrorizmga qarshi kurashning xorijiy tajribasi keng qamrovli hodisa bo’lib, uni o’rganish, ibratli jihatlarini o’zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud davlatlarning barchasi uchun bir xilda foydali va shuning uchun ham, muhim ahamiyatga egadir.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin