7-Topshiriq. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi



Yüklə 19,74 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2023
ölçüsü19,74 Kb.
#95153
  1   2
7- nazorat topshiriq (2)


7-Topshiriq.
1.Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
2.Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
3.Movarounnahrda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi.
4.Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning rivoj topishi.
Ushbu savollarga javob yozing.
1.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o`zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parbkandalik avjiga chiqadi. Mo`g`uliston xonlari Movarounnahrdagi og`ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o`lkada o`z hokimiyatini o`rnatishga harakat qiladilar. Tug`luq Temur 1360-1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarolinnahr amirlari xalqqa bosh bo`lib mo`g`ul bosqinchilarga qarshi kurashga jur'at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o`tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o`zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xurosonga tomon qochadi.
24 yoshli Amir Temur boshqacha yo`l tutadi. U Tug`luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada Tug`luq Temurning yorlig`i bilan o`z viloyatining dorug`asi etib tayinlanadi.
Shu tariqa Amir Temur Movarounnahrda siyosiy vaziyat keskinlashgan, uning mustaqilligini ta'minlash zaruriyati ko`ndalang bo`lib turgan tarixiy sharoitda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi.
Tug`luq Temur o`g`li Ilyosxojani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo`g`ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi to`g`ri kelmaydi, Shu sababli u Movarounnahrning nu/uzli amirlaridan biri, Balx hokimi Husayn bilan ittifoq tuzib, mo`g`ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g`alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo`g`ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Biroq, Movarounnahrni qo`ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo`shin tortadi. Ikki o`rtadagi jang 1365-yil, 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o`rtasidagi Chirchiq daryosi bo`yida sodir bo`ladi. Tarixda u "Loy jangi" nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o`sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
Jangda Amir Temur qo`shini g`olibona harakat qilib, dushman qo`shinining o`ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o`z askarlarini raqibning so`l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo`ladi.
Bu g`alabadan so`ng Ilyosxoja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo`jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo`shin bo`lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o`z qo`liga oladi. Uzoq davom etgan mo`g`ullar hukmronligiga qarshi ko`tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.
2.Amir Temur 1370-yilda markazlashgan davlatga asos soladi.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og`ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o`z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro`yobga chiqarish ishini avvalo ichki g`animlariga qarshi kurashdan boshlaydi.
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo`shinlari bilan kuchli raqib, Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yoiga chiqadi. Qo`shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog`iga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi.. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo`llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalov-bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo`shini to Balxga yetib borgunicha, yo`1-yo`lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo`shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko`pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo`shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so`ng, 1370- yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo`ladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig`atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug`alari, Amir Temurning yoshlikdan birga bo`lgan quroldosh do`stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o`tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.
3.1409-yilda Shohruh Samarqanddan Qirotga qaytish oldida Mirzo Ulug`bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug`bek Samarqand taxtiga o’tirgan vaqtida o’n besh yoshdagi o’spirin edi. Mamlakatni idora etish tabiiy uning uchun mushkul edi. Shahzoda balog`atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohruh o’zining sodiq amaldorlaridan biri Shoh-malikning ixtiyoriga topshiradi.
Ulug`bekning asli ismi Muhammad Tarag`ay bo’lib, u Amir Temurning Yaqin Sharqda besh yillik yurishlari vaqtida 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topadi. U Amir Temur o’rdugohi va saroyida katta onasi Saroy Mulkxonim va onasi Gavhar-shodbegimlarning bevosita panohida tarbiyalanadi. Sohibqironning boshqa nabiralari qatorida u Amir Temurning harbiy yurishlari va saroy an’analarida ishtirok etadi. Besh yoshidan boshlab Ulug`bek Shayx Ozariy nomi bilan keyinchalik shuhrat topgan mashhur olim Shayx Orif murabbiyligida tarbiyalanadi. Undan xat-savod va hisob bo’yicha ilk saboqlarini oladi. So’ngra Ulug`bekka otaliq etib Amir Shohmalik tayinlanadi. Otaliqdan u tabiiy, davlatni idora qilish san’ati - lavozimlarga mansabdor shaxslarni tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, amaldorlar va o’zga yurtlardan tashrif buyurgan elchilarni qabul qilish, xayr-u sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Ulug`bek 10 yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi |Og`obegimga unashtiradilar. Ona tomonidan Og`obegimning nasl- u nasabi Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani tufayli, Ulug`bek ham bobosi kabi "ko’ragon" unvoniga sazovor bo’ladi. Ulug`bek davlati janubda Amudaryo, g`arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashti (Markaziy Qizilqum)ning sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig`noqva O’tror i shaharlari, sharq va shimoli-sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralanardi. Ulug`bek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati dastaval; faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanadi. Chunk Shohruh avval boshdan Farg`onani to O’zgangacha Amirak Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga in’om qilib, Ulug`bekni birmuncha cheklab qo’yadi. Buning ustiga Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrafida edi. O’sha vaqtda u na Ulug`bek va na Shohruhni tan olardi. Shuning uchun ham hali mamlakat notinch edi.
Samarqand. Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi. 1410-yilda u Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oqo’rdalik xonzodalardan Chingiz O’g`lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug`bek va Shohmaliklarning qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Jangda Ulug`bek mag`lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Shohruh 1410-yilning yozida isyonni bostirish uchun katta kuch bilan Samarqandga yetib keladi. Shayx Nuriddin isyoni bostirilgach, Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan shaharlar: Toshkent, Yassi, Sabron, Sayram, Yangi yana Temuriylar davlati tarkibiga qo’shib olinadi va bu o’lkalarni idora qilish ham Ulug`bekning zimmasiga yuklanadi.
O’sha paytlarda Ulug`bek bilan Shohmalikning munosabatlari buzilib qoladi. Chunki shuhratparast otaliq Ulug`bekni davlat ishlariga "yaqin yo’latmay, hatto u bilan hisoblashmay ham qo’ygan edi. Shu sababli Shohruh 1412-yilda Shohmalikni Samarqanddan olib ketishga majbur bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab batamom Movarounnahr va Turkistonni boshqarish 18 yashar Ulug`bek qo’liga o’tadi.
Qarbiy yurishlar Mamlakatda ma’lum darajada hokimi mutiaq bo’lib olgan Ulug`bek endilikda Farg`onani amakivachchasi Amirak Ahmad qo’lidan tortib olib, bu o’lkada o’z hukmronligim o’rnatishga intiladi. O’z maqsadini amalga oshirish uchun u dastlabki mustaqil harakatni 1414-yilda Faig`onaga yurishdan boshlaydi. Ulug`bekning qo’shiniga bas kelishga ko’zi yetmagan Amirak Ahmad jangsiz Andijon va Axsini topshirib, O’sh va Oloy orqali Koshg`arga qochadi. Ammo oradan ko’p vaqt o’tmay Koshg`ar hokimining madadi bilan O’sh yaqinidagi jangda Ulug`bek qo’shinini mag`lubiyatga uchratib Farg`onani qaytarib oladi. Bu voqeadan so’ng Ulug`bek 1415-yilning bahorida Faig`onaga ikkinchi marta qo’shin tortishga majbur bo’ladi. Bu gal ham Amirak Ahmad Ulug`bekdan cho’chib yana Koshg`arga qochadi. Shohruhning Amirak Ahmad nomiga ishonchnoma yuborib, bu ishga aralashuvi tufayli shahzodalar o’rtasidagi o’zaro nizo bartaraf etilib, Farg`ona unga tobe bo’lib, Koshg`ar ham Ulug`bekning qo’liga o’tadi.
1413-yilda Shohruh tomonidan Xorazm Oltin O’rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug`bek davlatining g`arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi muqimlashgan bo’lsa-da, amm° uning shimoli-g`arbiy va shimoli-sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug`bek bu davrdaDashti Qipchoqda boshlangan o’zbek shahzodalarining o’zaro olishuvlariga hamda Mo’ng`ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur bo’ladi.
4.Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqanday, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.
Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma'naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.
Bulardan birinchi navbatda siyosiy- ijtimoiy omilni ko‘rsatish mumkin. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq, o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar - mo‘g‘illar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachiliqdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo‘ravonliklar, o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishni ta'minladi.
Ikkinchi - iktisoliy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik, ishlab chiqarishni jadal rivojlanishga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e'tibor berilishi va bu sohada kator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi - ma'naviy omil - avvalgi madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markatiy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgan madaniy – ma'naviy boyliklardan, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag‘miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumii, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.

Yüklə 19,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin