Relyatsion MBBT da ma‟lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba’zi hollarda bu tillarni ma’lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomatlashtirishni 3 bosqichga bo’lishadi:
Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi.
Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar to’plamini kiritadi.
Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi.
Relyatsion algebra amallarini opperandlari sifatida doimiy yoki o’zgarmas va o’zgaruvchan munosabatlar ishlatiladi. Relyatsion algebrada 5ta amal ishlatiladi:
1) Birlashtirish (U). Berilgan ikkita munosabatdan biriga va ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi R va S munosabatlarni birlashtirish RUS ko‘rinishida berilib, bu amalni natijasi R munosabatga tegishli bo‘lgan yoki S munosabatga tegishli bo‘lgan yoki ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan kartejlar to‘plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tartibda bo‘lishi kerak. Natijani tartibi ham operandlar tartibiga teng bo‘ladi (2.1, a).
2) Kesishma (∩). Bir vaqtning o‘zida ikkala munosabatga ham tegishli bo‘lgan barcha kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi. (2.1, b).
3) Ayirish (–). Berilgan ikkala munosabatdan faqat birinchisiga tegishli bo‘lgan kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi. Ayirma R va S munosabatlarni ayirmasi R-S ko‘rinishida yoziladi va undagi kortejlar to‘plami R munosabatga tegishli, lekin S munosabatga tegishli bo‘lmagan kortejlardir. Bu amalni bajarganda ham operandlarni tartibi bir xil bo’lishi kerak (2.1, v).
4) Dekart ko‘paytma (*). Berilgan ikkala jadvaldagi kortejlarning kombinatsiyalaridan iborat yangi jadval xosil qiladi. Bizda R va S munosabat berilgan bo‘lsin. R munosabatni tartibi R-R va S munosabatniki S-q ga teng bo‘lsin. Unda dekart ko‘paytma R*S ko‘rinishida yozilib, uning natijasi uzunligi R+q ga teng bo‘lgan kortejlar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu kortejlarni birinchi R komponentasi R kortejga teng bo‘ladi, qolgan q komponentasi S kortejga teng (2.1,g).