Mavzu: Relyatsion algebra



Yüklə 65,58 Kb.
səhifə2/2
tarix12.10.2023
ölçüsü65,58 Kb.
#154895
1   2
Relyatsion algebra

5) Seleksiya tanlash – berilgan jadvaldagi ma’lum shartni qanoatlantiruvchi barcha kortejlardan iborat yangi jadval xosil qiladi. Bu algebraik cheklanish hisoblanadi. Bu amal bajarilganda operandlar sifatida munosabat atributlari ishtirok etadi va solishtirish arifmetik amallari: =, ≠, ≤, ≥, <, > va mantiqiy amallar: va (U), yoki (V), not amallari ishlatiladi (2.2, a).

2.1-rasm. To’plamlar ustida amallar.

a-birlashtirish, b – kesishma, v- ayirish, g – dekart ko’paytirish



2.2-rasm. Maxsus relyatsion bog’lanish.
a-tanlash, b – proektsiya, v- ulash, g – bo’lish
Proyeksiya – berilgan jadvaldagi ba’zi kortejlarni istisno (chiqarib tashlash) qilib qolgan kortejlardan (podkortej) yangi munosabat xosil qiladi. Proyeksiya, R munosabatga bu amal tadbiq etilganda, R munosabatdan ba’zi bir komponentalar olib tashlanadi. Qolganlari esa qaytadan tartiblanadi (2.2, b).
Ulash – berilgan ikkala jadvalda umumiy qiymatga ega bo‘lgan kortejlarning ulanishidan iborat yangi jadval xosil qiladi. Natijaviy jadvalda umumiy qiymat faqat bir marta qatnashadi. Bunday ulash tabiiy ulash deb ataladi (2.2, v).
Bo‘lish – berilgan binar va unar ikkita jadval uchun unar jadvalning barcha qiymatlari bilan moslashgan binar jadvaldagi bitta atributning qiymatlaridan iborat jadval (2.2, g).
Jadval ustidagi har amal natijasi jadvaldan iborat bo‘ladi. Ushbu relyatsion xususiyat yopiqlik xossasi deb ataladi. Biror amal natijasi boshqa amal uchun boshlang‘ich ma’lumot sifatida qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun, masalan, birlashtirish proyeksiyasini olish, yoki ikkita tanlanma ulnmasini olish mumkin. Bunday ifodalar murakkab hisoblanadi. Har bir munosabat sarlavxaga, tanasiga, kalitlar potensialiga (zaxirasiga) ega bo‘ladi.
Relyatsion amallarni bajarishda atribut nomlarini yaratilishi va potensial kalitlar o‘zgarishiga e’tibor qilish kerak.
Standart relyatsion amallar. Jadvallar ustida amallar bajarilishini batafsil ko‘rib o‘tamiz. Birlashtirish (union), kesishma (intersect) va ayirish (minus) amallari uchun quyidagi 2 ta xossa qanoatlantirilishi kerak:

  • operandlar bir xil darajaga ega bo‘lishi kerak;

  • mos atributlar bitta domenda aniqlanishi kerak.. Ko‘paytirish amali bu shartni bajarilishi talab etmaydi. Tipi bo‘yicha mos bo‘lgan ikkita A va V munosabatni birlashmasi (A union B) deb A munosabatga yoki B munosabatga yoki ikkala munosabatga tegishli bo‘lgan t kortejlar to‘plamidan iborat S munosabatga aytiladi.

Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bo‘lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iboratdir. Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodaalrni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi. Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga muljallangan. So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljallagan natijani so‘rov ko‘rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi. Ma’lumot modelini rivojlanish konsepsiyasi 5 ta bosqichni ko‘rsatishi mumkin:
1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda asosan iyerarxik modellarga e’tibor berilgan;
2. 70- yillarning 1 – yarmi, tarmoqli modellar;
3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyatsion modellar;
4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar; 5. 80- yillarning 2 – yarmi, obyektga mo‘ljallangan tizim.
Yüklə 65,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin