To‘rtinchi -g‘oyaviy omil - bu omil ma'naviy omilning uzviy davomi bo‘lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi va o‘z davri ma'naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta'limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abdu Xoliq G‘ijduvoniy ta'limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta'limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardaga siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o‘ynadi, ma'naviy o‘zgarishlar ma'lum erkinlik uchun g‘oyaviy asos, omil bo‘lib xizmat qildi. Temur va temuriy shahzodalar, ko‘p olim- fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan ozuka oldilar, o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.