Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo'ldi (zamonaviy O'zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kushon davlati eramizning I asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kushonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kushon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bo'lish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) bo'lgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kushonlar hozirgi Afg'oniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxo'ri Vime Tok hukmronligi davrida kushon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qo'shildi.

Budda haykallari
Kushon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to'g'ri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). O'sha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga ko'chirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xo'tongacha bo'lgan o'lkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi O'zbekiston janubidagi Hisor tog' tizmalari cho'qqilaridan o'tgan. O'sha yerdagi baland tog' daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko'tardi. O'sha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko'tardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o'rnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kushon tangalari hamda kushon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kushon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi.