1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash davr taqozosi



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə62/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

2. Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash davr taqozosi
Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani bu boradagi profilaktik faoliyatni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda.
Shu ma’noda, xavfsizlikka tahdid soluvchi vaziyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tizimli sa’y-harakatlar doirasida O‘zbekistonda ekstremizm tahdidining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda bartaraf etishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani mazkur maqsadlarga xizmat qiladi.
Shu kunlarda parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida birinchi o‘qishda konseptual ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani bunga yaqqol misoldir.
Prezidentimizning 2017 yil 15 iyundagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Qayd etish joizki, ushbu qonun loyihasi ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari ekstremistik harakatlardan shaxs, jamiyat hamda davlatning xavfsizligini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi.
Qonun loyihasida “ekstremistik faoliyat” (“ekstremizm”), “ekstremist”, “ekstremizmni moliyalashtirish”, “ekstremistik material” tushunchalariga aniq ta’rif berish, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda, ekstremizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi hamda amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari ifodalanayapti. Ekstremistik materiallarning aylanishi, shuningdek, ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilayotir.
Uni ishlab chiqishda ekstremistik harakatlar uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan AQSh, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi mamlakatlar tajribasi har tomonlama tahlil etilgan, ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan Moldova, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston hamda boshqa davlatlarning qonunchiligi qiyosiy o‘rganilgan.
Ushbu hujjatning qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitutsiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Xulosa o‘rnida aytganda, mazkur hujjatda fuqarolik jamiyati institutlarining ham ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlarining ahamiyati oshirilmoqda. Ayniqsa, yot g‘oyalar, hozirgi zamon tahdidlariga qarshi samarali kurashishni tashkil etish, yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy xavflardan saqlash va boshqa dolzarb masalalarning huquqiy tartibga solinishi uning nechog‘li dolzarbligini tasdiqlaydi24.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin