1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Yollanish bilan bog`liq jinoyatlar bo`yicha kelishuvlar



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə60/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Yollanish bilan bog`liq jinoyatlar bo`yicha kelishuvlar

Yollanish bilan bog`liq jinoyat BMTning qator rezolyustiya vaqarorlarida xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Birinchi navbatdaBMT Xavfsizlik Kengashining 1961 yil 24 noyabrdagi rezolyustiyasidaBMT qo’mondonligi ostida bo’lmagan har qanday harbiy va yarimharbiy odamlarni, yollanganlarni zudlik bilan qo’lga olish vachiqarib yuborish uchun eng samarali, shu jumladan, kuch ishlatishgaasoslangan choralarni ko’rish zarurligi qayd etilganini ta’kidlashlozim. 1967 va 1977 yillarda qabul qilingan rezolyustiyalarda ham o’zhududida jangarilarni yollash va saqlashga ruxsat bergan davlatlarqat’iy qoralangan. Xavfsizlik Kengashi o’zining 405-rezolyustiyasidadavlatlardan o’z hududini jangarilarni yollash uchun bermaslik, o’zfuqarolarini ularni shakllantirish, yollash yoki ularni boshqadavlatlarga tashlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat bermasliknitalab qiladi.
BMT Bosh Assambleyasining 1968 yilda qabul qilingan 2465-rezolyustiyasi (XXIII) yollanganlardan foydalanish amaliyoti jinoiyjavobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini, yollanganlarning o’ziesa jinoyatchi hisoblanishini va qonundan tashqarida ekaninibelgilab berdi. Shuningdek, unda barcha davlatlarda o’z hududidajangarilarni yollash, ularni mablag` bilan ta’minlash va o’qitishnijinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida baholaydiganva o’z fuqarolariga yollanma jangchi sifatida xizmat qilishni manetadigan qonunlar qabul qilish zarurligi ta’kidlangan.
BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro huquq tamoyillariDeklarastiyasida (1970 y.) davlatlarga boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun doimiy harbiy kuch yoki qurollangan guruhlar,shu jumladan, yollanma jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishnirag`batlantirish va o’z hududida ushlab turishdek harakatlardantiyilish tavsiya etilgan. Shu bilan birga, yollanma jangarilarnixalqaro jinoyatchi sifatida jazolash kolonial va xorijiyhukmronlikka hamda irqchilik tuzumlariga qarshi kurashayotgan«Kombatantlar huquqlarining asosiy prinstiplari» (1970 y.)da hamko’zda tutilgan.Shuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatanqurollikuchlarni qo’llaydigan yollanma jangchilarni o’zgamamlakatlar hududiga yuborishni tegishli xalqaro-huquqiyoqibatlarni keltirib chiqaradigan xuruj, deb ta’riflagan edi.
Yollanishning jinoiy jihati mintaqaviy xalqaro tashkilotlarqarorlarida ham o’z aksini topgan. Ular qatorida Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning Lagosda bo’lib o’tgan vazirlar kengashiningfavqulodda VII sessiyasining rezolyustiyasini, ABT Assambleyasitomonidan 1967 yilda qabul qilingan yollanma jangchilar to’g`risidagirezolyustiyani, 1971 yilda Addis-Abebada ABT tomonidan qabulqilingan Afrikadagi yollanma jangchilar haqidagi Deklarastiyaniko’rsatish mumkin.
«Yollanish» tushunchasining mazmuni birinchi marta Urush paytida fuqaro aholini himoya qilish to’g`risidagi JenevaKonvenstiyasiga 1977 yilda qabul qilingan Qo’shimcha protokolning 47-moddasida ta’riflab berilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasidayollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo’llaniladigan jazoaniq belgilab qo’yilgan: «Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatningfuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinibturgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hechqanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiytopshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiymanfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko’zlab, o’zgadavlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to’qnashuvda yoxudharbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi – besh yildan o’nyilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasidaesa terrorizmning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchunqo’llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan. O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniytashkilotlar to’g`risida»gi Qonunining 5-moddasi 6-qismiga muvofiq «Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek, boshqa g`arazli maqsadlarni ko’zlovchi oqimlar, sektalar vaboshqalarning faoliyati man etiladi». Oxirgi paytlarda dunyoning ko’plab mintaqalarini qamrabolgan ekstremizm bilan bog`liq muammolar faol muhokamaqilinmoqda.
Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchunham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi vadiniy tashkilotlar to’g`risida»gi Qonunining 5-moddasida shundaydeyiladi: «Davlat turli dinlarga, har xil e’tiqodlarga mansubdiniy tashkilotlar o’rtasida e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqodqilmaydigan fuqarolar o’zaro murosa va hurmat o’rnatilishiga ko’maklashadi, diniy va o’zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo’yish va keskinlashtirishga, turlikonfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilmaydi». Shu bilan bir qatorda, hozirda «ekstremizm» va «diniyekstremizm» tushunchalarining mazmunini belgilashda turlichayondashuvlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Demak, ushbutushunchalarning huquqiy mazmunini aniq belgilab olish mazkurko’rinishdagi harakatlarni to’g`ri baholash va ularning oldini olishgao’z hissasini qo’shishi aniq.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin