1-Mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda taʼlim-tarbiya masalalari. Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati


-Topshiriq. Xalq pedagogikasi tarbiya metodlari tizimiga doir chalkashtirilgan



Yüklə 245,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.04.2023
ölçüsü245,98 Kb.
#104635
1   2   3
2-Topshiriq. Xalq pedagogikasi tarbiya metodlari tizimiga doir chalkashtirilgan 
mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi topshirig‘i 


Quyida keltirilgan metodlar bilan tanishing va ularni mohiyatiga ko‘ra pastda 
ko‘rsatilgan ustunlarga joylashtiring. 
Mashq Hikoya Nasihat O‘git Maslahat Koyish
Uyaltirish Odatlantirish Uzr so‘rash Tilak-istak bildirish Duo qilish 
O‘git-nasihat Ibrat-namuna Rag‘batlantirish
3-Topshiriq. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga doir ikki qismli
kundalik tuzish topshirig‘i 
 
Quyida keltirilgan jadvalning birinchi qismida O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari 
turkumiga kiruvchi bitik nomi keltirilgan. Jadvalning ikkinchi qismida bitikda ifoda etilgan fazilat 
bilan bog‘liq bitta jumlani misol tariqasida yozib qo‘yish lozim. 
Bitik nomi 
Bitikda ifoda etilgan fikrdan namuna 
Kultegin bitigi 
Tunyuquq bitigi 
Bilga hoqon bitigi 
 
4-Topshiriq. “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy masalalarni tahlil etish va o‘rganishga doir 
kichik guruhlarda ishlashga doir topshiriq 
Talabalarni kichik guruhlarda matn ustida ishlashlari quyidagi metodika asosida tashkil 
etildi: 
1. Talabalardan to‘rtta guruh tashkil etiladi va ularni kichik guruhlarda ishlash qoidalari 
bilan tanishtiradi: 
 
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari: 
1) sherigingizni diqqat bilan tinglang; 
2) guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan 
yondashing; 
3) agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling; 
4) agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering; 
5) guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. 
2. “Avesto”ning turli qismlariga oid material tanlab olinib, to‘rt qismga bo‘linadi: 
_______________________________________________________________ 
(I qism) 
...Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim 
qilib, abadul abad bosh egib turajaksan! Haqiqatan ham, sening yoningdan turli ziroatlarni olib 


o‘tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to‘q va farovon yashayotgan 
xonadonga nasib qiladi. Abadul abad shunday bo‘lajak! 
Don ekkan kishi, taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg‘a 
suradi, u imonni oziqlantirib turadi.... 
Bug‘doy o‘stirila boshlansa, devlarni qora ter bosadi, sovurilgan bug‘doy tayyor bo‘lsa, 
devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bo‘lgach esa, devlar nola-fig‘on chekishadi... Devlarni mag‘lub 
etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo‘lishi lozim – bu ovqatni yegandan so‘ng ular juda 
qizishib ketadi va qocha boshlaydi. 
__________________________________________________________________ 
(II qism) 
O‘t-o‘lanlar hamda mevali daraxtlar ekilgan, suvlar hamisha ravon bo‘lgan zamin eng 
yaxshi yerdir. Qarovsiz qolgan yer esa, go‘yo turmush ko‘rmagan qizday...
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni 
pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 
qamchi urish jazosiga mahkumdir.
Har bir inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan zaminni eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i 
kerak.
______________________________________________________________ 
(III qism) 
Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni 
shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan 
yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.
Bolalar yoshlik paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini yasash, yerga 
ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart. 
Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan noz-ne’matlar
yaratishi lozim. 
______________________________________________________________ 
(IV qism) 
Yaxshi fikr, ilohiy qonun ruhidagi, yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlik va xavf-
xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt va saodati uchun 
faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik 
va hamjihatlikda yashashga intilishda ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson 
o‘z fikru hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim; yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi 
va boshqa jaholatlarga berilmaydi, bundan o‘zgacha holatida u yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va 
adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi. 
3. So‘ngra talabalar kichik guruhlarda matnni o‘qishga kirishishadi. Kichik guruhlar 
esa navbati bilan o‘zlariga taqdim etilgan matn mazmunini muhokama qilishdi: ayrimlari 
o‘qilganlar yuzasidan o‘z fikrini bayon etadi, qolganlari esa ularning fikrlarini to‘ldiradi. 



Yüklə 245,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin