1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə13/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo’qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o’rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o’zi beradi, u hozirgi vaqt odami oldiga ko’p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo’lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo’yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun o’z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o’rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o’rtasida insoniy, yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o’ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yyer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko’pgina faylasuflar fikriga ko’ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo’qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o’z rolini o’ynashi lozim.
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o’zining hayotdagi o’rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir.
Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo’ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo’lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to’tirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.
Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, “Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?”, “Falsafaning vazifasi nimadan iborat?”, “Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima maqsadda tahsil berish lozim?” qabilidagi bir qarashda allaqachon o’z yechimini to’gan masalalarni yana kun tartibiga qo’ymoqdalar. Bu haqda ko’p va atroflicha so’z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga, shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta’sir ko’rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo’lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o’tilganidek, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya’ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Falsafaning unga yaxlit ta’limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko’rgan holda uning afzalligiga aylanadi.
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli o’laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko’proq erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo’yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, sub’ektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo’qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo’lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko’rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o’ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko’maklashadi. Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o’z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo’l qo’ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o’zining betakrorligini yo’qotadi.
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o’tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o’rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o’zi mustaqil o’ylashni va o’z aqliga quloq solishni o’rganishini nazarda tutmog’i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o’rgatish, u o’z shaxsiyatining ahamiyatini ko’rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o’z navbatida, barcha odamlar o’ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Insonga ta’lim berishda ‘aydeyya yo’lini tanlash – unga «nimani ko’rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o’rgatish lozim. O’z-o’zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o’quvchi va o’qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo’lmaydi, falsafa esa o’zining sof ko’rinishida yo’qoladi, «havoga sovuriladi», pirovard da kimdir bayon etadigan, kimdir “o’tishi”, o’rganishi va qolaversa, imtihon to’shirishi lozim bo’lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta’lim berish va uni o’zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin