1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida



Yüklə 54,31 Kb.
səhifə34/35
tarix04.02.2022
ölçüsü54,31 Kb.
#52086
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Kirish. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o’rni.

Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga va o’zini, o’zining hayotdagi o’rni va vazifasini falsafiy anglab yetishga ayniqsa muhtojdir.

Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab yetishga qarab mo’ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab yetish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo’lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.

Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, «Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?», «Falsafaning vazifasi nimadan iborat?», «Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima maqsadda tahsil berish lozim?» qabilidagi bir qarashda allaqachon o’z yechimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qo’ymoqdalar. Bu haqda ko’p va atroflicha so’z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmetiga, shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta’sir ko’rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo’lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o’tilganidek, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya’ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi.

Falsafaning unga yaxlit ta’limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko’rgan holda uning afzalligiga aylanadi.

Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtai nazardan anglab yetish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli o’laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko’proq erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo’yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, subyektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.


Yüklə 54,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin