1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə25/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob`ektiv xarakterga ega, ya`ni u insonga ham, insoniyatga ham bog`liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o`zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo`q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog`lanishlar, munosabatlar ob`ektiv xususiyatga ega.

Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo`lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo`la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo`lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo`lolmaydi.


Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo`lmasin, ular o`rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o`rtasida o`xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo`lmasa, vazni o`xshash bo`lishi mumkin va h.k.


Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo`lgan narsaning o`zi yo`q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba`zi jihatlarga ega. Hech bo`lmaganda, ular bir-biridan makondagi o`rni bilan farq qiladi.

Hayotdan misol keltiradigan bo`lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o`xshash bo`lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko`p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe`l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo`lishi, ya`ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.




Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin