Ko`zning axvolini aniqlash (mizojini): 1.Ko`zni ushlab ko`rish: issiq, sovuq, qattiq, quruq, yumshoq, namligi
2.Ko`zning holati: holat engil bo`lsa issiq yo quruq, holat og`ir bo`lsa, sovuq yo ho`llik
3.Ko`z tomirlari: yo`g`on, keng bo`lsa issiq, ingichka, urinmas bo`lsa sovuq, teri ichi bo`sh bo`lsa quruq, teri ichi quruq bo`lsa ho`l (moddasi ko`p bo`ladi)
4.Ko`z tusi (rangi): har bir rang qaysi xilt ko`pligini bildiradi. Qizil, sariq, qo`rg`oshin rangli, qoramtir
5.Ko`zning shakli: yaxshi shakli-ko`zning kuchliligi, yomon shakli – ko`zning kuchsizligini bildiradi
6.Ko`zning xos ishidan: ko`z bilinar-bilinmas narsalarni yaqin-uzoqdan bir xil ko`rsa, ko`z mizoji kuchli va mo``tadil, mayda narsalarni yaqindan ko`rib uzoqdan ko`ra olmagan ko`z kuchsiz.
7.Ko`zdan oqadigan narsaning holiga qarab: yiringlashmagan ko`z quruq, yiringlashadigan ko`z xo`l mizojli.
8.Ko`zning ta`sirlanishiga qarab: ko`z issiqdan aziyatlanib, unga sovuqlik yoqsa issiq, aksincha bo`lsa sovuq. Haddan tashqari yaxshi ko`ruvchi ko`z xaqiqiy mo``tadil kuzdir.
9.Ko`z katta-kichikligiga qarab ham ko`zning tabiiy mizoji baholanadi.
Ko`z kasalliklari: - moddadan bo`ladigan sodda va murakab kasalliklar yoki umumiy kasalliklar
- ko`z pirpirashi, yumilib-ochilib qolishi, yoki oqishi bilan kechuvchi o`tkirkasalliklar
- bosh miya, uning sirtqi va ichki pardalari, me`da, ko`zga yaqin hamkorlik qiluvchi a`zolardan yuzaga kyeluvchi hamkor kasalliklar.
Belgilari:
ko`zning miya hamkorligi bilan kasallanishi: miyaga zarar etkazganlik belgilari
-agar miyaning ichki pardalari orqali hamkorlik bo`lsa: ko`z chuqurligida og`riq va lo`qqillovchi og`riq kuzatiladi. Modda issiq bo`lsa burun qichib, aksiradigan bo`ladi.
Modda sovuq bo`lsa ko`zdan sovuq ro`tubat oqadi
-agar miyaning sirtqi pardalari orqali hamkorlik bo`lsa, peshona va sirtqi tomirlarda tortishish, qovoqqa yondosh joyda zarar ko`proq bo`ladi.
2) me`da hamkorligi bilan bo`lsa:
-ko`zga turli xildagi yo`q narsalar ko`rinadi
-og`riq boshdan boshlanib 2 kift oralig`iga tarqaladi. Me`da ochligida bu byelgilar kam, to`liqligida ko`p bo`ladi
3) kasallik qon sababli bo`lsa: ko`z og`ir, qizil, yoshlanadi, shishadi, tomirlar bo`rtadi, ikki chakka lo`qillashi, milklar yopishib qoladi, yiringlashi kuzatiladi, ushlaganda issiq bo`ladi.
4) balg`am sababli bo`lsa: ko`z juda og`ir, biroz qo`rg`oshin tusli, milklar yopishadi, yiringlashadi, qovoqlar salqiydi, ko`zning yoshlanishi kam kuzatiladi.
5) Safro sababli bo`lsa: sanchish, alangalanish, sovuqka moyil qizillik yoki suyuq o`t kir, ko`z milkining bir oz yopishishi, ushlaganda issiq tuyo`liadi
6) Savdo sababli bo`lsa: ko`z og`ir, rangi xira, milklar ham yopishqoq bo`ladi.
7) Moddasiz, sodda bo`lsa: ko`z og`ir emas, namsiz bo`ladi.