Bosh miya nervlari. Bosh miya nervlari va ularning nomlari Bosh miya yarimsharlari



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə1/7
tarix10.05.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#110749
  1   2   3   4   5   6   7
Bosh miya nervlari va ularning nomlari


Bosh miya nervlari va ularning nomlari.
Reja:

  1. Bosh miya nervlari.

  2. Bosh miya nervlari va ularning nomlari

  3. Bosh miya yarimsharlari


Bosh miya nervlari va ularning nomlari
Bosh miya - o`ng va chap katta yarimsharlardan iborat bo`lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat:
- bosh miya yarimsharlari po`stloq qavatining qalinligi 25-30 mm bo`lib, pushta va egatchalardan iborat. Uning sathi 1468-1670 smІ ni tashkil etib, unda 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.
Bosh miya yarimsharlari po`stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o`zlashtirish, xotirasi, boshqalar bilan muomalasi, madaniyati, bilim olishi, hunar o`rganishi, murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati kabilar bosh miya po`stlog`ining faoliyatidir (aniqrog`i po`stloq qavatda joylashgan nerv hujayralarining faoliyatidir).
Miya po`stlog`ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv hujayralari to`plami oliy nerv markazlari deyiladi. Jumladan, bosh miya po`stlog`ining ensa qismida-ko`rish, chakka qismida-eshitish, peshona qismining ostki, ichkari sohasida-hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida - harakat, orqa markaziy pushtasida-teridagi sezish markazlari joylashgan.
Periferik nerv tizimi orqa miyaning orqa va oldingi shoxlaridan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi somatik nerv tolalari hamda bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nerv tolalaridan iborat. Bulardan tashqari vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik nerv tolalari ham, periferik nerv tizimi hisoblanadi. Bu nervlar bosh miyaning pastki qismi bo`lgan o`rta, uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning turli sohalarini yon shoxlaridan chiqadi.
Somatik va vegetativ nerv tizimi funksiyalari. Bajaradigan funksiyasiga ko`ra nerv tizimi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi.
Somatik nerv tizimi - odam tanasining sezgi a`zolari va skelet muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu funksiya yuqorida aytilganidek orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar va bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nervlari orqali bajariladi.
Vegetativ nerv tizimi - simpatik va parasimpatik nerv tolalari bosh miyaning pastki qismi bo`lgan o`rta va uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning ko`krak, bel, dumg`aza segmentlaridan chiqadi.
Vegetativ nerv tizimi - ichki a`zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo),shuningdek,ichki sekretsiya bezlari faoliyati hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Simpatik nerv - yurak ishini tezlashtiradi, kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytiradi, arterial qon bosimini oshiradi, me`da-ichak harakatini susaytiradi, siydik pufagi muskullarini bo`shashtirib, siydik yig`ilishiga sharoit yaratadi, bronxlarni kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi, ko`z qorachig`ini kengaytiradi, ter ajralishini ko`paytiradi.
Parasimpatik nervi - yurak ishini sekinlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi, me`da-ichak harakatini kuchaytiradi, siydik pufagi muskullarini qisqartirib, siydikning tashqariga chiqarilishini ta`minlaydi, bronxlarni va ko`z qorachig`ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Refleks nerv faoliyatining asosi. Refleks tashqi va ichki muhit ta`siriga odam organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv tizimining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi (og`riq sezish, qo`l- oyoq harakati, nafas olish, ko`zni yumish va ochish). Refleks ikki xil bo`ladi: shartli va sharsiz. Shartsiz refleks orqa va bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi.

Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin