Bosh miya nervlari. Bosh miya nervlari va ularning nomlari Bosh miya yarimsharlari



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə3/7
tarix10.05.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#110749
1   2   3   4   5   6   7
Bosh miya nervlari va ularning nomlari

Bosh miya yarimsharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosh miya bosh miyaning boʻylama tirqishi yordamida ikkita bosh miya yarimsharlari, oʻng va chap, boʻlinadi. Bosh miya kontralateral tuzilgan, ya’ni, oʻng yarimshar tananing chap tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi, chap yarimshar boʻlsa tananing oʻng tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi.[3] Yarimsharlar orasida kuchli lekin toʻliq boʻlmagan bilateral simmetriya mavjud. Miya funksiyalari lateralizatsiyasi ma’lum va boʻlishi mumkin boʻlgan farqlarni koʻrsatadi.
Umurtqalilarning rivojlanayotgan embrionida nerv naychasi toʻrtta ajralmagan qismlari boʻlib, ulardan keyinchalik markaziy nerv sistemasining ma’lum sohalari rivojlanadi; bular oldingi miya (prosencephalon), oʻrta miya (mesencephalon), ortki miya (rhombencephalon) va orqa miya.[4] Oldingi miya keyinchalik telensefalon (oxirgi miya) va diensefalon (oraliq miya)ga rivojlanadi. Dorsal telensefalon pallium (sutemizuvchilar va reptiliyalarda bosh miya poʻstlogʻi)ga aylanadi va ventral telensefalon bazal oʻzaklarni hosil qiladi. Diensefalon thalamus va gipotalamusga rivojlanadi, shuningdek optik pufakchalar (keyinchalik toʻr parda)ga ham.[5] Dorsal telensefalon keyin oʻrta chiziq bilan ajralgan ikkita lateral telensefalik pufakchalarni hosil qiladi. Ular chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga rivojlanadi. Qushlar va baliqlarda barcha umurtqalilardagi kabi dorsal telensefalon bor, lekin qavatlanmagan va shuning uchun bosh miya poʻstlogʻi deb hisoblanmaydi. Faqatgina qavatlangan sitoarxitektonika poʻstloq deb hisoblanishi mumkin. Eslatma: Bosh miya koʻplab qism va sohalardan iborat boʻlgan yahlit tuzilma boʻlgani uchun, ushbu boʻlimda faqatgina bosh miyaning umumiy vazifalari keltirilganini aytib oʻtish muhim. Toʻliqroq ma’lumot uchun asosiy maqolalar, bosh miya poʻstlogʻi va bazal oʻzaklarga, qaralsin. Bosh miya miyaning asosiy qismi boʻlib, hissiyot, eshitish, koʻrish, shaxsiyat va yana koʻplab funksiyalarni boshqaradi. U barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.
Birlamchi harakatlantiruvchi poʻstloqdagi yuqorigi harakatlantiruvchi neyronlari miya ustuni va orqa miyaga oʻz aksonlarini yuboradi va u yerda muskullarni innervatsiya qiluvchi pastki harakatlantiruvchi neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Poʻstloqdagi tasodifiy oʻgarishlar natijasida harakatlantiruvchi sohalarning zararlanishi ma’lum turdagi harakatlantiruvchi neyron kasalligiga olib kelishi mumkin. Bu turdagi zararlanish natijasida total shol emas, muskul kuchi va aniqligi yoʻqolishiga olib keladi.
U sensor tushunish, xotira, fikrlar va xulosalar qilish markazi sifatida ishlaydi; bosh miya shuning ixtiyoriy harakat faoliyati markazi sifatida ham ishlaydi.
Eng sodda umurtqalilar, miksina va minogalarda, bosh miya hidlov piyozchasidan nerv impulslarini qabul qiluvchi nisbatan oddiy tuzilma. Togʻayli baliqlar va panja qanotli baliqlar, shuningdek amfibiyalarda, anchagina murakkab tuzilma mavjud: bosh miya uchta alohida sohalarga boʻlingan. Eng pastki (yoki ventral) soha bazal oʻzaklarni hosil qiladi va bosh miyaning qolgan qismlarini talamus bilan bogʻlovchi tolalar tutadi. Undan yuqorida va bosh miyaning lateral qismi paleopallium va eng yuqori (yoki dorsal) qismi arxipallium deb ataladi. Bu hayvonlarda bosh miya, amniotlardagi keng doiradagi funksiyalaridan farqli ravishda, asosan hidlov sezgisiga bagʻishlangan.[6]
Shu’la qanotli baliqlarda tuzilishi birmuncha boshqacha. Bosh miyaning letral va ventral sohalari ichki yuzasi boʻrtib miya qorinchalariga shakllanadi; u bazal oʻzaklarni va palliumning turli qismlarini oʻz ichiga oladi va murakkab tuzilma boʻlishi mumkin, xususan teleostlarda. Bosh miyaning dorsal yuzasi membranali va nerv toʻqimasi tutmaydi.[6]
Amniotlarda bosh miya anchagina yirik va murakkablashadi. Sudralib yuruvchilar (reptiliyalar)da, paleopallium amfibiyalardagidan ancha yirik va uning oʻsishi bazal yadrolarni bosh miyaning markaziy sohalariga itargan. Quyi umurtqalilardagi kabi, kulrang modda oq moddaning ostida joylashgan, lekin ba’zi reptiliyalarda, u tashqi yuzaga tarqalib, primitiv poʻstloq hosil qiladi, xususan miyaning oldingi qismida.[6]
Sut emizuvchilarda, bu rivojlanish yanada davom etadi va poʻstloq bosh miya yarimsharlarini toʻliq qoplaydi, xususan rivojlangan turlarda, masalan primatlarda. Paleopallium miyaning ventral yuzasiga itrilib, hidlov boʻlaklariga aylanadi, arxipallium boʻlsa medial dorsal burchak trofida aylanadi va gippokampni hosil qiladi. Yoʻldoshlilarda, keyinchalik ikki yarimsharni bogʻlovchi qadoqsimon tana ham rivojlanadi. Bosh miya yuzasining murakkab burmalari ham yuqori sutemizuvchilarda topilgan.[6] Garchi yirik sutemizuvchilar (masalan, fillar) bosh miyasi ham mos ravishda yirik boʻlsada, delfinlar bosh miyasi tana massasining 2 foizidan koʻproqni tashkil qiluvchi yagona tur (odamdan tashqari) hisoblanadi.[7]
Qushlar bosh miyasi ham sudralib yuruvchilardan farqli ravsihda sutemizuvchilarnikiga oʻxshash yiriklashgan. Qushlar miyasining kattalashgan oʻlchamini klassik jihatdan kattalashgan bazal oʻzaklarga bogʻlashgan, qolgan sohalari ibtidoiy qolgan degan fikr boʻlgan, lekin bu qarash sezilarli darajada qolib ketgan.[8] Qushlarda ensefalizatsiyaning alternativ jarayoni kechgan,[9] ular boshqa arxozavrlardan kelib chiqqan boʻlsada, sutemizuvchilar va ularning terapsid ajdodlari boshidan oʻtkazgan tajribalari bilan kam sonli aniq parallellari bor.
Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda kallaning taraqqiyotini tana va orqa miya taraqqiyotidan boshqacha bo‘lishiga bog‘liq.

12 juft bosh miya nervlarini bir nechta guruhga bo‘linadi:

I guruhga uchta sezuvchi nervlar: I juft - hidlov nervi, II juft -ko‘ruv nervi, VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi kiradi.

II guruhga beshta harakatlantiruvchi nervlar: III juft-ko‘zni harakatlantiruvchi nerv, IV juft-g‘altak nervi, VI juft-uzoqlashtiruvchi nerv, XI juft-qo‘shimcha nerv, XII juft-til osti nervi kiradi.

III guruhga to‘rtta aralash nervlar: V juft - uch shoxlik nerv, VII juft - yuz nervi, IX juft - til yutqin va X juft - adashgan nerv kiradi. Oxirgi guruh nervlar tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo‘ladi, ammo nervlarning bunday bo‘linishi shartli ravishda, chunki har qanday harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo‘ladi.

Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o‘xshab orqa va oldingi ildizlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bo‘lgani uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo‘ladi. Bundan tashqari bosh miya nervlarining hech qaysisi boshqa biroviga o‘xshamaydi.

12 juft bosh miya nervlari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi:

I. oldingi miyadan taraqqiy etuvchi I va II juft nervlar. Ular bosh miya o‘simtalari bo‘lib, hidlov nervi hidlov miyasidan, ko‘ruv nervi esa oraliq miyadan taraqqiy etadi.

II.bosh miotomlari bilan aloqada taraqqiy etuvchi (III, IV, VI juft) nervlar. Bu nervlar boshning oldingi uchta somitidan taraqqiy etgan ko‘z olmasi mushaklarini innervatsiya qiladi.

III.visseral ravoq nervlari (V, VII, IX, X juft). Bu nervlarning tugunlari bo‘lib ularda sohta unipolyar hujayralar joylashgan. Ularning taraqqiyoti ortqi miya bilan bog‘liq. Ularning tarkibida sezuvchi tolalardan tashqari harakatlantiruvchi tolalar ham bo‘lib, visseral apparat mushaklarini innervatsiya qiladi. Shuning uchun ularni visseral ravoqlar nervlari deyiladi.

V juft I visseral ravoq nervi. VII juft II visseral ravoq nervi. IX juft III vasseral ravoq nervi. X juft IV va keyingi ravoqlar nervi. XI juft qo‘shimcha nerv o‘z taraqqiyotida X juft nervdan ajrab chiqqani uchun shu guruhga kiritiladi. VIII juft nerv taraqqiyoti davrida VII nervdan ajrab chiqqan sezuvchi nerv hisoblanadi.

IV. 3-4 ta orqa miya nervlarining qo’shilishidan hosil bo‘ladigan XII juft til osti nervi.




Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin