Hidlov nervi
I juft, hidlov nervi (nn. olfactorius) burun bo‘shlig‘i hidlov sohasining shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o‘simtalaridan iborat. Ular 15-20 ta ingichka hidlov nervlarini hosil qilib, g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasidan o‘tib hidlov piyozchasida (bulbus olfactorii) tugaydi.
Ko‘ruv nervi
II juft, ko‘ruv nervi (n. opticus) to‘r pardaning ko‘r dog‘ sohasida ganglioz hujayralarning aksonlari to‘plamidan hosil bo‘ladi. Nerv tomirli va oqliq pardani teshib o‘tib (koz qismi), ko‘z kosasidan (koz kosasi qismi) ko‘ruv nervi kanali orqali (kanal ichi qismi) kalla bo‘shlig‘iga (kalla ichi qismi) chiqadi. Miya tubida ikki tomondan kelayotgan nervlar bir-biriga yaqinlashib, o‘zaro to‘liq bo‘lmagan kesishma (chiasma opticum) hosil qilib ko‘ruv traktiga o‘tib ketadi.
Ko‘zni harakatlantiruvchi nerv
III juft, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculomotorius) (142-rasm) tarkibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular o‘rta miyaning to‘rt tepaligini yuqori tepachalari sohasida, Silviy suv yo‘li tubida joylashgan harakatlantiruvchi (nucleus nervi oculomatorii) va qo‘shimcha vegetativ (Yakubovich) (nucleus oculomatorius accesorius) o‘zaklaridan boshlanadi. Juft yirik hujayrali somatik o‘zak ko‘z olmasi mushaklarini innervatsiya qiladi. Juft mayda hujayrali vegetativ o‘zak ko‘z qorachig‘ini toraytiruvchi mushakni innervatsiya qiladi. Toq mayda hujayrali (Perlia) vegetativ o‘zak kiprikli mushakni innervatsiya qiladi. Ko‘zni harakatlantiruvchi nerv miya oyoqqchalarining medial yuzasidan chiqadi. U oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ikki shoxga bo‘linadi. Ustki shox (r. superior) sof harakatlantiruvchi bo‘lib, ustki qovoqni ko‘taruvchi mushak (m.levator palpebrae superior) va ko‘zning yuqorigi to‘g‘ri mushagini (m.rectus superior) innervatsiya qiladi.
Pastki shox (r. inferior) aralash. Uning harakat tolalari ko‘zining pastki va medial to‘g‘ri mushaklarni (mm.rectus inferior et medialis),
.1-nucleus n. oculomotorii; 2-nucleus accessories; 3-n.oculomotorius; 4-sinus cavernosus; 5-fissura orbitalis superior; 6-r.superior; 7-r.inferior; 8-parasimpatik qismi 9-ganglion ciliare.
amda pastki qiyshiq mushakni (m.obliquus inferior) innervatsiya qiladi. Vegetativ tolalari pastki shox tarkibidan chiqib, kiprikli tugunga boradi.
Dostları ilə paylaş: |