Ramad xastaligi Ramad – ko`zning yallig`lanishi, boshqacha – ko`z qon`yo`qtivasi (eti) ning yallig`lanishidir.Ibn Sino ta`limotida ramad – 2 xil bo`ladi:
1) haqiqiy
2) yallig`lanishga o`xshash:
- takaddur
-taxassur
Takaddur – ko`z etining «bulg`anishi»
Taxassur – ko`zni qitiqlovchi va qizartiruvchi sabablardan paydo bo`ladigan qizish va ko`z etining ho`llanib turishidir.
Ramad kelib chiqishi sabablari :
a) Tashqi sabab- quyosh nuri, bir kunlik qizdiruvchi isitma, chang,to`t un, sovuqlik, ko`zning zarb eyishi, ko`zga uriladigan shamol, iste`mol mahsulotlari
b) Ichki sabab – me`da kasalliklari, jigar kuchsizligi, qon, safro, savdo, yel tug`yonidan kelib chiqadigan kasalliklar
Ko`zning yalliglanish belgilari:
Me`daga bog`liq bo`lsa:
■ Ko`ngil aynishi, ishtaxasizlik, me`da soxasida noxush sezgi
Qondan bo`lsa:
Ko`z tomirlari bo`rtgan, qizargan, ko`z yoshlanmaydi, ko`z milki kechqurun yopishib qoladi.
Safrodan bo`lsa:
Ko`z soxasida qattiq sanchish, ko`zning alangalanib og`rishi, ko`z yaralanishi, ko`z yoshi suyuq va o`tkirbo`ladi
Savdodan bo`lsa:
Ko`zda og`irlik xissi, ko`rishning xiralashuvi, kipriklarning qovjirab yopishishi
Yeldan bo`lsa:
Ko`z soxasida tortishish xissi bo`ladi, ko`zdan yosh oqishi va og`irlik xissi kuzatilmaydi
Balg`amdan bo`lsa:
Ko`z juda og`ir, milklar yopishib yiringlanadi, qovoqlar salqiydi, yoshlanish kam.
Davolash -kaptar qanotidan olingan issiq qon ko`zga tomiziladi
-o`zini (ya`ni bemorni) foni ham tomizilishi mumkin
- ayol ko`krak so`ti tomiziladi
- sovuqdan bo`lsa, ham momga tushiriladi
- bobuna qaynatmasidan kompress qo`yish -ovqatdan 3 soat keyin suyuq sharob ichib
uxlash
.
Qon olinadigan tomirlar:
-qifol va bosh atrofidagi turli tomirlar
-boshning old qismidagi tomirlardan qon olish ko`chirish uchun orqa qismidagi tomirlardan qon olish tortish uchun foydalaniladi.
4) Mizojni o`zgartiruvchi sovituvchi dorilar – it uzum va qizil taskadan siqib olinadigan suv, sachratqi suvi, so`tcho`p suvi, gul suvi, ispagul shirasi
Qizdiruvchi dorilar: mushk, murch, qono`t
Qurituvchi dorilar: oltin va kumush tuponi,surma
Bo`shashtiruvchi dorilar: o`rmonkara, sabr,filzaxra, za`faron, qizilguldan tayyorlanadigan shamchalar.
Yumshatuvchi dorilar: so`t, yanchilgan bodom, tuxum oqi, o`simlik shiralari.
Etiltiruvchi dorilar: zarcho`ba, sariq yo`ng`ichka, za`faron suvi, shinni, aynifsa non botirilgan shinni.
Yeritib tarqatuvchi dorilar: anziratgo`shtxo`r, arpabodiyon suvi
Og`riqsizlantiruvchi dorilar: mexrigiyo suvi, ko`knor ,afyun kabilar tavsiya etiladi.