Ko`z kasalliklari ularni tashhislash va davolash


Ko`z sog`ligini saqlash uchun bilish lozim



Yüklə 20,96 Kb.
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü20,96 Kb.
#93688
1   2   3   4
18.Ko`z kasalliklari

Ko`z sog`ligini saqlash uchun bilish lozim:
-changdan
-to`t undan
-issiq va sovuqlikda mo``tadil bo`lmagan havodan
-qattiq sovuq
-issiq (samum) shamollardan
-uzoq vaqt bir narsaga tiqilib turishdan saqlanish kerak
-ko`p yig`lash ko`zni tozalovchi tadbirlardan

Ko`zga zarar etkazadigan narsalar:


-yorug` narsalarga uzok vaqt tiqilib qarash
-mayda xatlarni xaddan tashqari ko`p o`qish
-ko`p jinsiy aloqa qilish
-kechki ovqat vaqtida uxlash
-qonni quyuqlashtiruvchi sho`r, o`t kir, mahsulotlarni eyish
-Hammomga ko`p tushish
-haddan tashqari ko`p uyqu
-qattiq yig`lash
-tomirdan ko`p qon oldirish
-ketma-ket qortiq qo`yish
Noxuna (zafra) xastaligi
Ko`z shilliq pardasi yoki ko`z g`ulagini o`rab turgan pardaning o`sishidir.
Parda ko`zning ichki (burun tomon) burchagidan boshlanib, shilliq qatlamga yoyiladi, ba`zan muguz qavatini qoplab hatto ko`rish teshigini byerkitadi. Noxuna qattiq va yumshoq bo`ladi. Rangi: sariq, qizil, gungurt tusli bo`ladi. Shilliq qatlamga nisbatan, yaqin turadigani sal yopishgan bo`lib, ilib olganda tez qo`poriladi. Birikib ketgan bo`lsa uni shilib olish qiyin bo`ladi.
Davolash: Eng yaxshi usul: yumshoq bo`lsa, temir asbob bilan shilib olishdir. Qattiq
bo`lsa, uchi ilmoqli duk bilan ko`t arilib qiyib olinadi (kesib) yoki iloji bo`lmasa,
o`t mas tig` bilan sekin shilib olish kerak.
Extiyot bo`lish kerak: ya`ni, ichki burchak etiga kesish jarayonida tegmaslik, aks holda
ko`z yoshlanib turish kasalligi kelib chiqadi. Noxuna kesilgach ko`zga tuz bilan zira
chaynab tomiziladi. Achishtirishga qarshi – tuxum sarig`i, gul yog`i va binafsha yog`i
tomiziladi. Zira tuz bilan chaynab tomizilmasa, shilliq qavati ko`z qovoqlariga
yopishadi. Yopishmaslik uchun bemor ko`zini aylantirib turishi kerak. 3 kundan keyin
noxuna qoldig`ini yo`qotish uchun o`tkirshamcha dorilar byeriladi. Noxuna qalin bo`lsa,
o`tkirdorilar foyda qilmaydi. Ko`z dorilaridan har xil shamchalar, qaysar shamchasi,
o`tkirboshlikun (podsho degani) shamchasi, ro`shnoe va dinorjun shamchalari foydalidir.

Yüklə 20,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin