Materializm — olamning asosida materiya, ya`ni moddiy narsalar yotishini e`tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta`limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g`oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta`lim ber adigan falsafiy ta`limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog`liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta`limot) degan sohasi shug`ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni – gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to`g`ri va aniq haqiqat darajasiga ko`tarila olmaydi deyuvchilarni esa – agnostiklar (yunoncha — bilib bo`lmaydi degan ma`noni anglatadi) deb yuritiladi.
Olamdagi o`zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo`lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta`limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq bo`lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII — I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinyer getika ham falsafiy metod va ta`limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam ber adi va bu usullardan faylasuflar o`z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |