1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 145,15 Kb.
səhifə4/57
tarix02.01.2022
ölçüsü145,15 Kb.
#36764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Лекция текст узб СБ ушын (2)

Dialektika – grek tilida baxs va suhbatlashish san`ati degan ma`noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga yer ishish yo`li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o`zgarishda, o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko`ra, olamda o`z o`rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog`liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog`lanishlar orqali namoyon bo`ladi.

Masalan insoniyat tarixiga bu usulga asosan yondoshilganida, u uzluksiz tarzda ro`y ber adigan avlodlar o`rin almashuvi, birining o`rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni myer os qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor qilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug’ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo`nalishlar, g’oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko`rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo`lishini kuzatish mumkin.



Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea va hodisalar o`z-o`zidan avtomatik tarzda sodir bo`lib, nom-nishonsiz yo`qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabatlarning hosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon bo`ladi. Bir davr ikkinchisining o`rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo`lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog’lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg’unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.

Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni – dialektik tafakkur, ana shunday Dunyoqarashni – dialektik Dunyoqarash, yondashuvni – dialektik yondashuv, metodni – dialektik metod deb atash an`anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan Dunyoqarashi, falsafiy ta`limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Gyer aklit dialektikasi, Kant yoki Hegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.




Yüklə 145,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin