1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafada shubhaning roli



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə21/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
1- Mavzu

Falsafada shubhaning roli. YUqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o`ynaydi. U nafaqat o`rinli, balki ijodiy yo`naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. SHuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo`lsa, notanqidiy idrok etiladigan o`tmish va qadimda o`zlashtirilgan qonun-qoidalarga so`zsiz bo`ysunish me`yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg`unlik va tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay, Sekst Empirik va shubhani fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e`lon qilgan falsafiy yo`nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e`tiborni qaratgan. Skeptitsizm haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to`g`ri tushunishga da`vogar bo`lgan falsafiy ta`limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va shu ma`noda, ijobiy rol o`ynadi.
Fan dunyoqarash shakli. Bilimlarning o`sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko`payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur`ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko`proq ajralishiga sabab bo`ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to`la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nьyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta`riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo`limi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta`riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo`lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo`lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni echishda foydalaniladigan ma`lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo`limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko`zgular haqidagi alohida fan – «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg`oniy astranomiya, al-Beruniy meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug`bek astranomiya, Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo`shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma`lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo`llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo`lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko`rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
SHu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nьyuton o`zining fizika asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e`lon qilgan.
SHunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud bo`lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot amaliyoti va hunarmandchilik san`ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi YUnonistonda “Platon akademiyasi”, Markaziy Osiyoda “Ma`mun akademiyasi” tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo`lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nьyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o`z cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvarь)dan so`ng oradan bir yil o`tgach Nьyuton tug`ilgani (1643 yil 4 yanvarь) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g`oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin