1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə26/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1- Mavzu

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falьsifikatsiya qilish) imkoniyati yo`qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo`lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko`rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o`ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko`maklashadi. Zero, aniq ta`riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o`z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo`l qo`ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o`zining betakrorligini yo`qotadi.
Hamonki plyuralizm falsafada me`yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya`ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o`zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o`tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o`rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o`zi mustaqil o`ylashni va o`z aqliga quloq solishni o`rganishini nazarda tutmog`i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o`rgatish, u o`z shaxsiyatining ahamiyatini ko`rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o`z navbatida, barcha odamlar o`ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so`zlar falsafani fan sifatida o`rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta`riflarning muayyan yig`indisi sifatida o`zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta`lim berishda paydeyya yo`lini tanlash – unga «nimani ko`rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o`rgatish lozim. O`z-o`zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o`quvchi va o`qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo`lmaydi, falsafa esa o`zining sof ko`rinishida yo`qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o`tishi”, o`rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo`lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta`lim berish va uni o`zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin