1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə18/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
1- Mavzu

Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta`sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to`plangan bilimlar ko`rinishida) real asoslarga ega bo`lishi natijasida o`z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko`tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma`lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo`sh vaqtning paydo bo`lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug`ullanish imkonini berdi.
SHunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli – falsafa paydo bo`lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o`laroq, falsafa dunyoni e`tiqod va tuyg`ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi YUnonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o`zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmay qoldi. Ular shuningdek sezilarli darajada o`sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl YAspers ta`biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o`z rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo`g`rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi o`qini taxminan miloddan avvalgi 500 yil, miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig`ida yuz bergan ma`naviy jarayon bilan bog`lash o`rinli bo`lsa kerak, - deb yozadi K.YAspers. – SHu davrda tarixda eng katta burilish yasaldi. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan tipdagi inson paydo bo`ldi. Ilk faylasuflar paydo bo`ldi. Inson ayrim individuum sifatida o`z-o`zida tayanch izlashga jur`at etdi. Xitoy zohidlari, SHarq darbadar mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, YUnoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e`tiqodi o`z ta`limotining mazmuni va ichki tuzilishiga ko`ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o`z mohiyatiga ko`ra yaqindir. Endi inson botiniy darajada o`zini dunyoga qarshi qo`yishi mumkin bo`ldi. Inson o`zida unga dunyodan va o`z-o`zidan yuksakroq ko`tarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi»41.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha echilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo`lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo`lsa, uni shunday ifodalab ko`rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo`lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yo`lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta`limi uchun kerak
Masalan, qadimgi YUnonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta`limotlarning o`ziga xos xususiyati bo`lib, bunda asosiy e`tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o`rin oldi. Evropada xristianlikning, SHarqda islom dinining keng qamrovli rivojlanishi, dinga e`tiqodning kuchayishi va davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi natijasida o`rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o`rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya`ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg`onish davrida falsafa san`at (estetika)ga va ko`p jihatdan insonga murojaat qilindi.. YAngi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog`landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o`rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik inqirozi irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, o`z navbatida, matnlar mantig`i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg`onishiga olib keldi. XX asrning so`nggi o`n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur`atlarda rivojlanishi bilan belgilangan muammolarni kun tartibiga qo`ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma`nolar va g`oyalar «aytib bo`linganligi» haqida mushohada yuritib, inson o`ziga yog`ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e`tiborni qaratar ekan, notizimlilik, Evropa an`anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o`zgartirish g`oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o`ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatoridan o`rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo`nalishini aniqlashga alohida e`tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy echimini topish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e`tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo`yish muammolarini kiritish mumkin.
Ko`rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat`iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog`lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob`ektiv sabablar to`plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o`ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar o`z ahamiyatini yo`qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo`lmay qoladi, degan ma`noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o`ringa surib qo`yadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o`rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvor yunalishi bo`ylab yuqoriga ko`tarilish uchun o`z vaqtini «kutib», go`yoki panada turadi, desak, to`g`riroq bo`ladi. Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o`zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e`tibori ma`lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko`ramiz.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin