Noma`lum tabiiy kuchlarning voqelik asl sababi deb qabul qilingan koncepciyalar okkulьtizm deb atalgan. «Okkulьtizm» deganda maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar natijasida ayrim insonlargina bila oladigan, Koinotdagi sirli kuchlar mavjudligini e`tirof etadigan ta`limotlarning umumiy nomi tushuniladi. So’nggi davrda bu ikki turdosh yo’nalish o’zaro ochiq kurashga kirishdi.
Okkulьt hodisalarni isbotlashga urinishlar ilgari ham bo’lgan. Jumladan, bu vazifani o’z oldiga taniqli kimyogar Vilьyams Kruks qo’ygan va yuqorida zikr etilgan natijalarga erishgan. Boshqa bir kimyogar Karl Reyxenbax shimol yog’dusiga e`tiborni qaratgan va mazkur yorug’lik hodisasi magnitli qutblar mavjud bo’lgan barcha joylarda sodir bo’ladi, deb taxmin qilgan. Eng ta`sirchan odamlar–sensitivlar qutblardagi yog’dular katta magnit kuchiga ega ekanligini qayd etganlar, haroratni sezganlar va hatto mazkur kuch ularni o’ziga tortgan. Reyxenbax faqat magnitlar emas, balki quyosh nuriga qo’yilgan har qanday predmet, shuningdek kristallar va inson tanasi ham yog’du taratadi, degan xulosaga keldi. Yog’du taratuvchi kuchga u «od», deb nom berdi. Odamlardan taraluvchi od (Reyxenbaxga ko’ra–biod) hozirgi okkulьtistlarning ruhiy kuchiga qisman mos keladi. Ammo, «ruhiy kuch faqat odamlar yoki qisman hayvonlar bilan bog’liq bo’lsa, faraz qilingan od kuchi butun tabiatda uchraydi»20. Shunga qaramay, spiritizmning haqiqiyligini isbotlovchi birorta ham ijobiy va shubhasiz dalil hozircha mavjud emas.
Ezoterizmda plyuralizm. An`anaviy fanda uyushqoqlikning ancha izchil shakli o’z ifodasini topadi. İlmiy bilim mantiqan tartibga solingan sxema shaklida namoyon bo’ladi. Plyuralizm–ezoterizmning asosiy xususiyatlaridan biri. U izlanuvchilarning yo’llaridagi farqlarni aks ettiradi. Bu yo’lda har kim o’z fikri va qarashlariga ega bo’lishga haqli. Darvoqe, «ezoterizm» atamasi yunonchada «ichki», «yopiq» degan ma`nolarni anglatadi. Ba`zan uning tarafdorlari ma`lum uyushma va jamiyatlarga birlashadi, ammo ularning mustahkam birligini taxmin qilish noto’g’ri bo’ladi. O’z mohiyatiga ko’ra, ezoterizm ideal voqelikni izlash va yaratish hamda o’z barkamolligiga erishish yo’lini tushunib etish sifatida intelligibel erkinlik yoki tafakkurni tushunish erkinligining o’ziga xos o’rnidir. Unda har kim ma`naviy ijod qilish, o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish huquqiga ega bo’ladi. Agar bu hodisa mavjud bo’lmaganida, uni vujudga keltirish talab etilar edi. Aytish mumkinki, inson ma`naviyati mustaqil faoliyatning mazkur sohasi san`atda mavjud bo’lgan shunday faoliyatga o’xshab ketadi. O’z kasbining ustalari, ular bilan bir qatorda ko’plab diplomsiz havaskorlar ham mavjud. «Repertuar»ning rang-barangligi ana shu bilan izohlanadi. Buni taqiqlash mumkin emas, tartibga solish juda qiyin, tushuntirish esa oson.