Ezoterika ko’p narsalarga ishonishga chaqiradi. U dalillar taqdim etmasdan ishontirishning nooqilona yoki o’ta oqilona usullariga murojaat etadi, afsonalarga, tarixiy asarlardagi guvohliklarga tayanadi, o’zi tomonga tobora ko’p tarafdorlarni og’diradi. Germetik ta`limotlarning izdoshlari zikr etiluvchi mistik ta`riflar narsalarning tabiatiga ta`sir ko’rsatishiga ishonadi, ya`ni aytilgan so’z o’z holicha hodisalarning tabiiy oqimiga ta`sir ko’rsatish qobiliyati va xossasiga ega ekanligini e`tirof etadi. Barcha majusiy xalqlarning afsuni (magiyasi) ham mana shu qarashga asoslangan edi. Mazkur unsur hozirgi kungacha (ayniqsa, tibbiyotda) o’z kuchini saqlab kelmoqda.
«Tushuncha» nuqtai nazaridan qarash «yashirin»ni tushunib etishga intilish bilan doim ham mos kelavermaydi. Germetizm va germetiklikni hech kim va hech narsa kira olmaydigan yopiq, yashirin hodisa deb tushunish shu qadar mustahkamki, u hozirgi til amaliyotida ham saqlanib qolgan. Germetizmda Olam va inson haqidagi muhim bilimlarni ko’pchilikdan sir tutish, ammo ularni shogirdlarga o’rgatish tamoyiliga rioya etilgan. Germetizm «jamuljam holda İlohiy Bosh sabab, İnson va Olam to’g’risidagi Abstrakt germetik, Sintetik Ta`limotni ifoda etuvchi Oliy qonunlar tizimi. Jamiki mavjud narsalar mana shu uch asosdan, Yagona voqelik moduslaridan boshlanadi va Uning Mohiyati Birligida Birlashadi. Mazkur ta`limot Haqiqatning tafakkurdagi barkamol shaklidir21», deb ko’rsatilgan.
İnson erishgan barcha ulkan yutuqlar unga ilohiy vahiyning kelganligi darajasi bilan izohlanadi. İnson qodir bo’lgan barcha ishlarga oliy yaratuvchining in`omi, deb qaraladi. Ezoterik bilimda vahiy va mistik intuiciyaga bilish manbai deb qaralsada, hozirda unda ilmiy terminologiyaga moyillik kuzatilmoqda (masalan, «afsungarlik» tushunchasi ilmiy shaklga solinmoqda). Shu nuqtai nazardan ba`zan scientizm va afsungarlikning sintezi to’g’risida so’z yuritiladi.
Ezoterik ta`limotlar ongning ikki holatini qamrab oladi. Birinchi holatga ongning illyuziyasi (yoki mayya) deb qaraladi. U kelajakning orzu qilingan qiyofasini ifoda etadi. İkkinchi holatga amaliy, uslubga tayanuvchi ong deb qaraladi, u orzu qilingan holatga erishishning vosita va usullarini o’z ichiga oladi. İnson tafakkurda yaratilgan ezoterik voqelikka intilishi lozim. U mazkur voqelikning traektoriyalarini belgilaydi. O’zini, o’z ongini o’zgartirish ustida ish olib borish zaruriyati orzu qilingan holatga erishishning zarur shartidir. Olimlarning fikriga ko’ra, «ezoterik voqelik g’ayritabiiy yoki mistik xususiyatga ega bo’lishi shart emas. İdeal dunyoga olib kiruvchi, individual olam, individual ijod, shaxsning alohida qarashlari va intilishlarini nazarda tutuvchi har qanday voqelik ezoterik voqelikdir»22. Bu erda ezoterik voqelik bilan virtual voqelik o’rtasidagi o’xshashliklar yaqqol ko’zga tashlanadi.
Hozirgi zamon faylasuflari ezoterik bilimlarni tushuntiruvchi va asoslovchi har xil yondashuvlarni taklif etib, rang-barang ezoterik bilimlarning roli va ahamiyatini aniqlashga harakat qilmoqdalar. E. Dyurkgeym va M. Mossaning fikricha, afsunga ijtimoiy hodisa deb qarashda uning jamiyatdagi o’rnini nazarda tutish kerak. J. Frezer taklif etgan ijtimoiy-psixologik yondashuvda insonning ob`ektga ta`sir ko’rsatish va qo’yilgan maqsadga erishish qobiliyatiga urg’u beriladi. Mazkur hodisani psixologik yoki ijtimoiy-psixologik mezonlarsiz tushunish mumkin emas. B. Malinovskiy afsun noaniqlik holatiga bo’lgan ishonchni ta`minlaydi, jamoaviy mehnatni uyushtiradi, shaxsga ijtimoiy ta`sirni kuchaytiradi, degan xulosaga keldi.
Ezoterizmda ham, fanda ham dunyoga munosabatning faol tabiati fan bilan ezoterizmni yaqinlashtirishi mumkin bo’lgan umumiy asoslar hisoblanadi. Uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri. Piko de la Mirandola insonning afsungar sifatidagi faoliyatiga shunday ta`rif bergan: «İnson afsun va kabbaladan dunyoni boshqarish, o’z taqdirini fan yordamida nazorat qilish uchun foydalanadi23». Fan, tabiatshunoslik (tabiatni bilish, tabiat bilan muloqot sifatida) va ezoterika (universumning yashirin qonunlari to’g’risidagi ta`limot sifatida), mohiyat-e`tibori bilan, olam stixiyalariga qarshilik ko’rsatishning ikki turidir. Ularning har biri borliqning noaniqligini o’zicha tizginlash, engish va o’zlashtirishga harakat qiladi.
Fan bilan ezoterikaning o’zaro munosabatlari metamorfozasi shundan iboratki, ma`lumoti kam xalq qaerda fanning yuqori darajada samarali natijalari bilan to’qnash kelmasin, ular mo’`jiza, sehrgarlik, g’ayritabiiy narsa yoki hodisa deb e`lon qilinadi. İlmiy taraqqiyot nuqtai nazaridan fanning ilg’or yutuqlari tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushunarlidir. Boshqa ijtimoiy-madaniy muhitda esa ular tushunarsiz bo’lib tuyuladi.
Mantiqiy nuqtai nazardan fan bilan okkulьtizmning o’zaro aloqasi shunda namoyon bo’ladiki, fan hali puxta o’rganilmagan va muvofiq tarzda tushuntirilmagan yashirin (occulta) tabiiy kuchlarning mavjudligini inkor etmaydi. Hozirda fan ayrim g’ayrioddiy hodisalar (poltergeyst, mediumizm, telekinez va sh.k.)ning mavjudligini qayd etishga majbur. Ularni tabiiy ilmiy nuqtai nazardan qoniqarli tushuntirish kelajakning ishidir.
Okkulьtizm nuqtai nazarida turish fanda muxolifatni ochiq targ’ib qilish degani emas, u tabiiy xususiyatga ega o’zaro ta`sirlarning tabiatga noma`lum bog’liqligini e`tirof etishnigina nazarda tutadi. L. Feyerbaxning fikriga ko’ra, fanga amaldagi moddiy tashqi sabablar to’g’risidagi ta`limot deb, magiyaga esa haqiqiy sabablar va umumiy shakllar to’g’risidagi fan deb qarash lozim. «Magiya yashirin shakllarni bilishdan ajoyib harakatlar yoki eksperimentlarni keltirib chiqaruvchi hamda harakatlanuvchi kuchlarni ularga ta`sirchan narsalar va hodisalarga muvofiq tarzda yaqinlashtirish orqali tabiatning buyuk hodisalarini kashf etuvchi fan yoki san`atdir...»24.
İlmiy va deviant bilim o’rtasida ayrim o’xshash jihatlar va xususiyatlarni qayd etish mumkin. Ular fan bilan ezoterizmning qarama-qarshiligi darajasi haqida o’ylashga majbur qiladi. Masalan, nazariy fanning asosiy vazifasi – narsalarning mohiyatini tushunish – faqat fanga xos emas. Bu ezoterik bilish, germetizmning ham asosiy vazifasidir.
İlmiy tadqiqotning nazariy darajasi ichki va yashirin o’zaro aloqalarni, konceptual harakatni aniqlashni nazarda tutadi. Bu jihatdan u mental (okkulьt) fanlar sohasidagi yashirin bilimni tushunib etishga intilishga o’xshab ketadi. İdeal modellar bilan ishlash fanda ancha keng tarqalgan. Real ob`ektlarni idealda mavjud mantiqiy konceptual tuzilmalar tarzida ifoda etish bilan bog’liq maxsus o’zgartirish tartib-taomillari ezoterik amaliyotga ham xos. İlmiy-nazariy tafakkurning har xil erkinlik darajalarini boshqarib, ideal muhitlar qurish qobiliyati ezoteriyaning ideal voqelikka intilishiga o’xshab ketadi.
Nazariy bilishda, ayniqsa, hozirgi zamon fizikasida konstruktalar–real ob`ektning o’rindoshlariga tayanuvchi modelli tadqiqotlar ancha keng tarqalgan. Vaholanki, o’rindoshlik afsun rasm-rusumlarining asosiy tartib-taomilidir. Afsona, ayniqsa, kuchli namoyon bo’luvchi ifoda etib bo’lmaslik holati teran mikrofizik tadqiqotlar bilan ma`lum o’xshashliklarga ega. Ular shundan iboratki, ko’pgina ilmiy-nazariy aloqalar o’z reprezentatiga ega emas. Vena pozitivistlar to’garagining vakili M. Shlik: «Masalan, tortilish kuchi yoki kvant-mexanik o’tishni qanday ko’rsatish mumkin?», degan savolni o’rtaga tashlab, nazariy-bilish mazmunidagi reprezentaciya imkoniyatini umuman inkor etadi.
Ezoterizmga yaqinlik kuzatuvchanlik muammosida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Hozirgi zamon mikrofizikasi mazkur muammoni shunday hal qiladiki, kuzatuvchining o’zi butun tizimning ajralmas tarkibiy qismiga aylanadi. Kuzatish va, ayni paytda tizimni o’zgartirmaslik mumkin emas. N. Bor va V. Geyzenberg XX asrning 20-yillaridayoq qayd etib o’tganidek, fizikada tajriba o’tkazish chog’ida ob`ektni kuzatish jarayonida mazkur ob`ektga ma`lum ta`sir ko’rsatiladi. Bu qarash kuzatuvchi bilan kuzatilayotgan narsaning birligi to’g’risidagi qonun bilan kesishadi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, XX asrning 30-yillarida Shri Aurobindo ongning bunyodkor kuchi g’oyasini ilgari suruvchi integral yoga falsafasini yaratadi. Xuddi shu davrda kvant mexanikasining maydondagi o’zaro ta`sirlarining fizik ma`nosi kashf etiladi.
Radiotexnika va elektronika institutining laboratoriyalarida o’tkazilgan inson biomaydonini o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, bunday biologik ob`ekt atrofida uning kichik tizimlari haqida axborot beruvchi jismoniy maydonlarning murakkab manzarasi hosil bo’ladi. Mazkur kichik tizimlarning sakkiz turi farqlanadi. Ular o’ta noturg’un bo’lib, zamon va makonda juda tez o’zgaradi. Hozirgi zamon biofiziklari tomonidan e`tirof etilgan va korpuskulyar-to’lqinli tabiatga ega bo’lgan mazkur maydon komponenti qadimgi ta`limotlarda ham uchraydi. Yashirin bilimlar o’zida zohir bo’lgan ongni o’zgartirish hamda o’tmish va kelajak to’g’risida axborot olish imkoniyati bilan odamlarni hamisha o’ziga tortgan va ayni paytda cho’chitgan. Qadimgi germetik falsafa tamoyillarida keyinchalik an`anaviy ilmiy fikrlash usuli bilan bog’langan mushohada yuritishning konceptual sxemalari ko’zga yaqqol tashlanadi.
Aniq fanlar va ezoterizm sonni olamning asosi deb qabul qilishda ham kesishadi. Son nisbati deb qaraladigan dunyoning o’zaro aloqalari va nisbatlari hozirgi zamon fanining zaruriy negizidir. Jadvallar, matematika formulalaridan keng foydalaniladi. Terminologik apparatning aniqligi va tozaligiga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Rivojlanish mexanizmi deb tushuniladigan son va sifat o’zgarishlarining o’zaro o’tishi to’g’risidagi mashhur dialektika qonuni, Olam kitobi matematika tilida yozilganligining yorqin dalilidir.
Qadimgi kabbalada kuchli bo’lgan numerologik jihat Pifagor maktabida ham yaxshi rivojlangan. Bu aniq ilmiy nazariyalarning ezoterik bilimlar majmui bilan uzviy aloqasi qadimgi an`anaga ega ekanligini ko’rsatadi. Ammo bu aloqa juda o’ziga xos aloqadir. Fan hozirgi qarashlar nuqtai nazaridan sababiy bog’liqlikka asoslangan dunyoni oqilona tushunish usuli sifatida e`tirof etiladi. Mazkur fan endigina atak-chechak qilayotgan paytda qadimgi bilimlar tizimida turli-tuman tarmoqlar faoliyat ko’rsatgan, ular orasida matematika, tibbiyot, geometriya, geografiya va kimyo ham bo’lgan. Fan, to’g’rirog’i, uning qadimgi prototipi bilimlar va ma`lumotlarning ancha puxta ishlab chiqilgan mukammal tizimi–okkulьt soha tarkibiga kirgan. Shuning uchun ham fan bilan okkulьtizmning aloqasi kelib chiqishiga tayanuvchi irsiy aloqada deb aytish mumkin.
Hozirgi kunda dunyoda okkulьt fanlarning 30 ga yaqin turi bo’lib, ular orasida okkulьt tibbiyoti, ayniqsa, keng e`tirof etilgan, germetizm esa ezoterik bilimlarning eng qadimgi sohasi hisoblanadi. Germetizm hamisha ikkala tomon uchun ham muhim deb qabul qilingan, u fizik tabiatning moddiy kuchlariga qaraganda, ta`sir ko’rsatishning yanada nozik usullaridan foydalanishga tayangan.
Hozirgi zamon fan falsafasiga kompleks baho berish epistemologiyada turli-tuman koncepciya va yondashuvlarning munosib tarzda uyg’unlashganligini e`tirof etishga asoslanadi. Ba`zan ular bir-birini inkor etadi. Vena to’garagining fanni bir xillashtirish dasturi bilan M. Polanining shaxsiy bilim koncepciyasi, evolyucion epistemologiya modeliga asoslangan ilmiy bilimning o’sish koncepciyasi bilan P. Feyerabandning epistemologik anarxizmi shular jumlasidandir. Verifikaciyadan falьsifikaciyaga, empirizmdan intuitivizm va konvencionalizmga bo’lgan intilishlar ham ko’p jihatdan farq qiladi.
XX asrning 80-yillarida jamiyatshunoslik metodologiyasini ishlab chiqish fan falsafasining muhim muammosiga aylandi. Fan shakllanishining dastlabki bosqichida fan dasturi to’la inkor etildi, ilmiy tadqiqotlarning negizini matematika, fizika, kimyo, qisman biologiya qonun-qoidalari tashkil etdi. Metodologik tartib-taomillarni tabiatshunoslik sohasidan ijtimoiy fanlar sohasiga to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib o’tkazish noto’g’ri bo’lar edi. K. Popper va K. Tempelь taklif qilgan deduktiv-nomologik tushuntirish modeli tabiiy tadqiqotlarga ham, ijtimoiy tadqiqotlarga (jumladan, tarix sohasidagi tadqiqotlarga) ham mos kelar edi. Tushuntirish tartib-taomillari umumiy qonunlar mavjudligini ko’rsatardi. Tarixiy materialni mantiqiy-metodologik eksplikaciya qilishga urinish alohida diqqatga sazovor. Amerikalik mantiqchi va psixolog Patrik Suppes taklif qilgan ilmiy nazariyaning semantik modeli (1922) falsafa va maxsus fanlarning o’zaro aloqasi g’oyasiga tayanadi. Bundan u ilmiy tadqiqot usullaridan farq qiladigan maxsus falsafiy tadqiqot usullari mavjud emas, degan xulosa chiqaradi. Har qanday muammo muhimligi yoki mavhumligiga ko’ra falsafiy muammo darajasiga ko’tariladi. Suppes koncepciyasining eng asosiy natijasi mazkur nazariyaga xos bo’lgan aksiomalashtirish usulining asoslanishi va empirik fanlarga nisbatan qo’llanilishidir. U Laplas determinizmiga qarshi chiqib, sababiyatning ehtimolligi koncepciyasini rivojlantiradi va bilimning mutlaqo haqiqiyligi va to’liqligi koncepciyasini tanqid qiladi.
Amerikalik faylasuf va mantiqchi U. Kuayn (1908-1997) koncepciyasida «ontologik nisbiylik» g’oyasi ilgari suriladi. Bunda bir ontologiyaning boshqa ontologiyadan ustun qo’yilishi sof pragmatik maqsadlar bilan tushuntiriladi. Fanga organizmning atrof-muhitga moslashish shakllaridan biri deb qaraladi, aytilgan fikrga qo’shilish yoki qo’shilmaslikka sabab bo’ladigan tashqi stimullar majmuini ifoda etuvchi «stimulli ma`no» tushunchasi muomalaga kiritiladi.
İlg’or falsafadagi mazkur yangiliklar fan falsafasida ularning qaysi biri o’rnashib qolishini aniqlash uchun yanada teran tushunib etish va «chig’iriqdan o’tkazish»ni taqozo etadi. So’nggi o’n yilliklardagi ilg’or ilmiy munozaralar va tadqiqotlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelayotgan sinergetika jarayonlarini tushunib etish fan falsafasining diqqat markazida turibdi. Sinergetika o’z-o’zini tashkil etish, stixiyali, strukturogenez, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so’zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetika ochiq, ya`ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlarni o’rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko’p variantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish hukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funkciyani bajaradi.
Chiziqsizlik bir ma`nolik va bir xillikka tayanishdan voz kechishni, tarmoqlangan izlanish va variativ bilim metodologiyasini e`tirof etishni nazarda tutadi. U fan falsafasining tamoyili sifatida voqelikni birgalikda mavjud imkoniyatlar maydoni sifatida aks ettiradi.
So’nggi o’n yilliklarda fan falsafasi va metodologiyasi sohasidagi ilg’or ilmiy munozaralar va tadqiqotlarda sinergetika tushunchasi keng tarqaldi. Mazkur atama qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib, ko’maklashish, ishtirokchilik yoki ko’maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma`nolarni anglatadi. Mazkur atamani qo’llash izlarini isixazm–Vizantiyadagi mistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin. U ilmiy tadqiqotlarda ko’pincha muvofiqlashtirilgan harakat, uzluksiz hamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma`nolarda qo’llaniladi.
1973 yil nemis olimi G. Xaken o’z-o’zini tashkil etish muammolariga bag’ishlangan birinchi konferenciyada nutq so’zlagan yil sinergetikaning tug’ilgan yili hisoblanadi. U korporativlik hodisalari turli tizimlarda, masalan, astrofizik hodisalarda, bosqichli o’tishlarda, gidrodinamik beqarorlik hodisalarida, atmosferada ciklonlarning hosil bo’lishida, populyaciyalar dinamikasida va hatto, moda hodisalarida ham kuzatilishiga e`tiborni qaratadi. O’zining «Sinergetika» asarida u ko’pgina fanlarda–astrologiyadan tortib to sociologiyagacha – tizim alohida qismlarining birlashishi makrospkopik tuzilmalar yoki funkciyalarga olib kelishini kuzatish mumkinligini qayd etdi. Sinergetika o’zining hozirgi holatida tizim tuzilmalari yoki funkciyalari makrodarajada dramatik o’zgarishlarni boshdan kechirayotgan vaziyatlarga e`tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o’z-o’zini tashkil etish jarayonlariga to’la bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni qanday amalga oshiradilar, degan savol uni ko’proq qiziqtiradi. Tartibsizlik holatidan tartibli holatga o’tishda bu tizimlarning barchasi o’zini o’xshash tarzda tutishi ajablanarli hol bo’lib tuyuladi.
Xaken yangi fanni nima uchun «sinergetika» deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda «makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko’plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi». İkkinchidan, tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga u turli fanlarni jalb etadi. G. Xaken bilimning tor ixtisoslashgan sohalarida sodir bo’layotgan inqiroz munosabati bilan axborotni oz sonli qonunlar, koncepciyalar yoki g’oyalargacha zichlashtirish lozimligini, sinergetikaga esa mana shunday urinishlardan biri, deb qarash mumkinligini qayd etdi. Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil o’z-o’zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy aniqlovchilarini topish to’g’risida so’z yuritish lozim. Sinergetika aynan mana shu umumiy aniqlovchilarni topishga yo’naltirilgan25.
Ba`zan sinergetikaning ilk namunasini A. Bogdanovning «Tektologiya. Umumiy tashkiliy fan» (1913-1917) asarida ko’radilar. Tektologiya (yunoncha) – qurilish to’g’risidagi ta`limot, yagona umumiy birlashtiruvchi tamoyilni ilgari suruvchi mehnat. Tashkil etishni tushuntiruvchi modellar va amaliy o’zgartirishni tahlil qilishning boshlang’ich punkti. Turli tizimlar, «komplekslar»ning (atom, molekulyar tizimlardan biologik va ijtimoiy tizimlargacha) tuzilishi va rivojlanishi qonunlarining yagonaligi tektologiyaning asosiy g’oyasidir.
Bogdanov tashkiliy tizimlar – noorganik, organik va ijtimoiy tizimlarning, shuningdek, mazkur tizimlarning vujudga kelishi, saqlanishi va o’zgarishi mexanizmlari hamda turli fanlarning tashkiliy usullari, elementlarni kombinaciya qilish usullarining izomorfizmi g’oyasini ta`riflab berdi.
İzomorfizm tamoyilidan keyinchalik L. fon Bertalanfi o’zining tizimlar nazariyasida foydalandi. Mazkur nazariya g’oyasini L. fon Bertalanfi Bogdanovdan o’zlashtirgan, degan qarash ham mavjud. Bogdanovda teskari aloqa (biregulyator) g’oyasini ham topish mumkin. Mazkur g’oyadan keyinchalik kibernetika asoschisi N. Viner unumli foydalandi. Bogdanov taklif qilgan rivojlanishning umumiy sxemasi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
1. Boshlang’ich tizim harakatchan muvozanat holatida bo’ladi. Atrof- muhitda bo’lgani singari unga ham har xillik (geterogenlik) xos. Muhitning o’zgarishi tizimning muvoziy holati buzilishiga olib keladi.
2. Muvozanatdan chiqarilgan tizimda tizimli ajralish qonuni amal qila boshlaydi. Unga ko’ra, tizimning integrativligini oshirish uchun javobgar qo’shimcha aloqalar vujudga kelishi mumkin. Ularda qarama-qarshi tendenciya ham uchraydi. Tizimli ajralish tizimda qarama-qarshiliklarni vujudga keltiradi, ular tizimning beqarorligini oshirib, uning buzilishi va inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Mazkur inqiroz oqibatida yangi tizimning vujudga kelishi muhit bilan muvozanatni tiklaydi.
Bogdanovning «Tektologiya» asarida tadqiqotchilar o’z-o’zini tashkil etish nazariyasining tabiiy unsurlarini ko’radilar. Kichik o’zgarishlar strategiyasini nazarda tutuvchi tashkiliy qarash ulkan evristik salohiyatga ega. Sinergetikaning stixiyali-spontan strukturogenez to’g’risidagi etakchi g’oyasini yaratish mazkur spontanlikka muvofiq tushunchalar apparatining mavjudligini nazarda tutadi. Evristikaning noaniqliklar sharoitida izlanishlar olib borish va muammolarni hal qilishga yo’naltiruvchi universal fan sifatidagi imkoniyatlarini tushunib etish asrlar chegarasida fan falsafasi erishgan katta yutuq bo’ldi. Lakatos «musbat» va «manfiy» evristika tushunchalaridan foydalanganida, «evristika» so’zida uning ko’plab ma`nolaridan birinigina qo’llagan edi. Bu ma`noda evristikaga izlanish hajmlarining cheklanganligi xosdir. Dastlabki ma`noda evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so’zdan kelib chiqadi. «Evristika» atamasining qo’llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog’lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini echishni o’rganishni istaganlarga mo’ljallangan qoidalarning maxsus to’plami sifatida namoyon bo’ladi. «Mahorat sirlari» hamisha qat`iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to’g’risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G. Leybnicning «Kashfiyot san`ati» g’oyasi amalga oshmadi. B. Spinoza to’g’ri metod oqilona tanlashni ta`minlashi, noma`lumni bilish qoidalariga ega bo’lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd etgan bo’lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi.
Muayyan ilmiy bilimdan haydaladigan barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to’ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba`zan qayg’urish, ilhomlanish, insayt bilan bog’lanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida evristikaga ko’pincha etarli darajada anglab bo’lmaydigan, ammo izlash va topish salohiyati katta bo’lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Barcha mumkin bo’lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma`lum bo’lmagan yangilikni yaratish kutiladi.
Ko’pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bog’lab, «evristik tafakkur» tarzida qo’llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funkciyasi to’g’risida so’z yuritiladi. G’arb falsafasida evristik tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o’rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; blickrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi.
Evristika metodologiyaning bo’limi sifatida hali rasman e`tirof etilgani yo’q. Ammo, o’z-o’zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o’ziga xos echim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan`anaviy yo’llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o’ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo’ladi. Redukciya, metodlarini o’zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o’zi ma`lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to’g’ri yo’l topishga ko’maklashadi. İlmiy tavakkal mezoni sifatida evristiklik ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristiklik xususiyati bilim berish jarayonini o’zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o’yin tarzida o’tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko’tarildi.
Evristika sirlariga yaqinlashishga bo’lgan eng so’nggi urinishlardan A.F. Osbornning «miyaga hujumi»ni qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning o’rindoshlik, o’tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog’liq an`anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag’batlantiruvchi usullar: tig’iz muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini yaratish, shuningdek hazil taxminlar qilish qayd etiladi. Ammo, evristika yo’nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini ishlab chiqish amalga oshirib bo’lmaydigan vazifa, degan g’oyasi yanada an`anaviyroq hisoblanadi.
Darhaqiqat, evristika o’ziga xos metodologiya, ya`ni ijodiy faoliyat metodlarining majmui sifatida ma`lum talablar qo’yadi:
– u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;
– qo’llaniluvchi usullar an`anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy farq qilishi mumkin;
– usullardan foydalanishga tadqiqot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan tashqi cheklashlar qarshilik ko’rsatadi;
– izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo’lib, bilish sub`ektining ruhiy va motivacion faoliyati bilan chambarchas bog’liq.
Evristik faoliyatning bir qancha modellari farqlanadi.
Evristikaning metamorfozalari shu bilan bog’liqki, u mantiqda ma`lum o’rin egallaydi. Bu erda u dalillar tuzishning izchil usullaridan foydalanuvchi mantiqiy tahlilning turi sifatida namoyon bo’ldi. Bu bilan u norasmiy, noizchil ijodiy jarayonga, izchil, formallashtirilgan va noijodiy mantiqiy mushohadaga qarshi qo’yish bilan bog’liq bo’lgan intuitiv va etimologik talqinga qarshilik ko’rsatdi.
Evristikaning yana bir metamorfozasi uning sinergetika zamirida mavjudligini nazarda tutadi. Bu erda u nazariyaning o’z doirasidan chetga chiqish xossasini ko’rsatadi.
Evristika qoidalariga quyidagilar kiritiladi:
– ijodiy kashfiyotchilik metodologiyasi evristikdir;
– kashfiyotchilik vazifalari turkumi cheksizdir, kashfiyot usullari turkumi cheklangandir;
– masalaning echimini izlash usuli har doim sub`ektiv jihatga ega bo’ladi, uning samaradorligi kashfiyotchining mahoratiga bog’liq;
– masalalarni echishning yangi usullari kamdan-kam hollarda ijobiy natijaga olib keladi, ammo ular yordamida topilgan echimlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi;
– topilgan echimga muqobil tarzda masala hal qilinishining qarama-qarshi usuli hamisha mavjud bo’ladi;
– biron-bir kashfiyotchilik vazifasi xulq-atvor va mushohada yuritishning ma`lum anglab etilgan yoki anglab etilmagan usuli, strategiyasi yoki taktikasisiz hal qilinmagan26.
Geometriya yoki fizikadagi qoidalarning kichik to’plamidan farqli o’laroq, evristik qoidalar mumkin bo’lgan barcha evristik munosabatlarni aks ettirishga harakat qiladi. Masalan, ulardan biri voqelikka qarshilik ko’rsatmagan va mohiyat-e`tibori bilan echimini topish mumkin bo’lmagan tadqiq qilish masalalari yo’qligini qayd etadi. Tadqiq qilish masalasining echimini qidirishni eng oddiy variantlardan boshlash kerak. Kashfiyotchilik masalasi echimining o’ziga xos darajasi eski echim bilan yangi echim o’rtasidagi masofaga qarab aniqlanadi. Evristik qoidalar evristiklikning atributivligini, ya`ni u faoliyat jarayonining har qanday sub`ektiga xosligini, shuningdek ijodiy imkoniyatlar rivojlantirilishi va o’zlashtirilishi mumkinligini qayd etadi. Shu narsa shubhasizki, ijodiy, evristik jarayon kashfiyot vazifasini ta`riflashdan boshlanadi. U ma`lum va noma`lum, mavjud va izlanayotgan, bilim va bilmaslik o’rtasidagi bo’g’indir.
İlmiy bilishda evristika usullari katta rolь o’ynaydi. Har xil tuzilmalarga taqlid qilishga asoslangan qiyosiylik usuli, ilmiy amaliyotda mavjud holatlarga ishora qiluvchi precedent usuli, sodda tuzilmalardan murakkab tuzilmalar tuzishga asoslangan reintegraciya usuli yoki «Ariadna ipi», organizmik imitaciya usuli (masalan, Toynbi mahalliy civilizaciyalar nazariyasini tuzishda undan foydalangan), psevdomorfizaciya, ya`ni boshqa shakldan foydalanish usuli (soyabon, hassa shaklidagi qurol va b.) shular jumlasidandir.
Lakatosning «anomaliyalar»i, ya`ni ma`lum vaqt o’tganidan so’ng isbotlanadigan nazariyani himoya qilish maydoniga aylangan vaziyatda foydalanilgan zararli kuchlarni foydali kuchlarga aylantirish usuli diqqatga sazovor. Gegelь dialektikasidan ma`lum bo’lgan antitezis metodi an`anaviy nazariya, metod va usullarga mutlaqo qarama-qarshi nazariya, metodlar va usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Uslubiy trafaretlar usuli, bezaklar va birikmalar usuli, ko’p qavatli konstrukciyalar usuli va sekciyalarga ajratish usuli ham samarali bo’lishi mumkin. İnson imkoniyatlariga moslashtirish orqali yangi konstrukciyalar yaratishni nazarda tutadigan antropotexnika usuli hamisha alohida diqqatga sazovor bo’lib kelgan.
Bu o’rinda «miyaga hujum» va sinetika usullarini ham qayd etib o’tish kerak. «Miyaga hujum» usuli tanqidning konstruktiv rolini inkor etishga, jumladan, tanqid yangilikning vujudga kelishiga to’sqinlik qiladi, degan qoidaga asoslanadi. Hujum qo’yilgan muammoning echimi yuzasidan ko’plab gipotezalar taklif qilishni nazarda tutadi. Ular ketma-ket keladi va isbotlashni taqozo etmaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur bosqichda har qanday tanqid taqiqlanadi. Taklif qilingan gipotezalarning qimmati ekspertlar tomonidan ko’rib chiqiladi. «Sinetika»ga tafakkurni psixologik faollashtirish usullari tizimi deb qaraladi. U ham o’z faoliyati jarayonida tajriba va turli-tuman usullarni to’plab boradigan ma`lum guruhlar tuzishni nazarda tutadi va ekspertlar baho berishini taqozo etadi. İntuiciya yoki omad omili etakchilik qiladigan ko’r-ko’rona qidirish modeli evristikaning eng ishonchsiz turidir. Ammo undan juda ko’p foydalaniladi va ko’pincha samara beradi. Hozirgi zamon evristikasi tadqiqotchining tafakkurini yangilik yo’liga yo’naltiruvchi bir qancha modellarga ega. Mazkur modellarni tasniflash ham mumkin.
Eng sodda modelь – ko’r-ko’rona qidirish modeli. «Labirint» modeli nisbatan keng tarqalgan bo’lib, unda muammo echimini qidirish labirintda yo’l qidirishga o’xshatiladi. G. Bushning masala maydonini hosil qiluvchi ob`ektlarning tuzilishini va ular o’rtasidagi ma`naviy aloqalarni aks ettiruvchi strukturaviy-semantik modeli alohida diqqatga sazovor. Mazkur modelь bilan ishlash bir nechta bosqichga ajraladi:
– kelgan axborot oqimida diskret ob`ektlarni ajratish (selektiv tanlash);
– ular o’rtasidagi aloqalarni aniqlash;
– qo’yilgan vazifa bilan bog’liq bo’lgan aloqa ob`ektlarini aktuallashtirish;
– markazdan uzoqdagi aloqa va ob`ektlardan abstrakciyalanish;
– umumlashtirilgan ob`ektlarni shakllantirish;
– umumlashtirilgan ob`ektlar o’rtasidagi aloqalarni topish;
umumlashtirilgan labirint bo’ylab qidirish.
Eng keng tarqalgan «labirint» modeli oldinga tinimsiz intilish, intuiciyaga va topqirlikka tayanish zarurligini ko’rsatadi hamda bu yo’lda muvaffaqiyatga ham, muvaffaqiyatsizlikka ham uchrashi mumkinligini aks ettiradi.