1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi. Reja



Yüklə 108,65 Kb.
səhifə6/17
tarix04.02.2023
ölçüsü108,65 Kb.
#82783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1 ma\'ruza IDM UZB

Tomas Kun ilgari surgan tarixiy-ilmiy jarayonning umumiy sxemasi esa o’zida ikki davrni mujassamlashtiradi. Bu «normal fan»da paradigmalar va ilmiy inqiloblarning hukmronlik qilishi, paradigmalarning parchalanishi, muqobil paradigmalar o’rtasidagi raqobat va, nihoyat, ulardan birining g’alabasi, ya`ni yangi «normal fan» davriga o’tish bilan xarakterlanadi. Kun fikricha, bir paradigmadan ikkinchisiga inqilob orqali o’tilishi, taraqqiyotning oddiy modeli bo’lib, u etilgan fanni xarakterlaydi. Bunda ilmiy taraqqiyot biologik dunyodagi rivojlanish singari o’zida bir yo’nalishli va qaytarilmas progressni namoyon qiladi. Bu jarayonda qoida va qonunlar qay ahvolda bo’ladi? Paradigmalargacha bo’lgan davr turli maktablarning raqobati hamda tadqiqotning umumiy qabul qilingan koncepciya va metodlarning yo’qligi bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun, ayniqsa, metod, muammo va standart echimlarning to’g’riligi haqidagi xususiy hamda jiddiy bahslar xarakterlidir. Ma`lum bir davrda bu ziddiyatlar biror maktabning g’alabasi natijasida yo’qoladi. Paradigmaning tan olinishi bilan normal fan «davri boshlanadi», ya`ni, unda ilmiy faoliyatning turli (hattoki falsafiy) darajadagi norma va usullari shakllanadi hamda keng ko’lamda foydalana boshlashi bilan (albatta, hamma tomonidan va har vaqt ongli emas) normal fan davri boshlanadi. Paradigmalarning inqirozi ularga xos metodologik ko’rsatmalarning inqirozi hamdir. Mavjud qoida va ko’rsatmalarning inqirozi yangi izlanishlarga olib keladi. Bunday jarayonning natijasi ilmiy inqilob, eski paradigmalarni butunlay yoki qisman siqib chiqaruvchi eskilarga mos kelmaydigan yangi paradigmalar hisoblanadi.

Scientizm va antiscientizm


Fan taraqqiyoti yutuqlari hozirgi kunda uni inson civilizaciyasining oliy qadriyati sifatida e`lon qilinishiga olib keldi. Scientizm (lotincha - scienta bilim, fan) fanning madaniy dunyoqarash namunasi, «sof qadriyatli, neytral katta fan» sifatidagi mafkura deb talqin qiladi. Scientizm tabiiy-ilmiy va texnik fanlar metodlariga tayanadi. Faoliyatning ilmiy mezonini insonning olamni anglashining barcha turlarida, shuningdek, insonlararo muloqotida ko’radi. Scietizm bilan bir vaqtda uning antitezisi, unga qarama-qarshi fikrlarni ilgari suruvchi antiscientizm paydo bo’ladi. U ilmiy texnika inqilobining salbiy oqibatlari ta`sirida fanning imkoniyatlariga pessimistik munosabatda bo’ladi va fandagi ekspansiyani cheklashga, faoliyatning an`anaviy qadriyatlari, uslublariga qaytishni talab qiladi. Scientizm va antiscientizm dunyodagi ikki keskin konfliktlashuvchi yo’nalish sifatida shakllangan. Scientizm vakillari ilmiy texnika inqilobining yutuqlarini, turmush va madaniy hayotning modernizaciyasini, fanning cheksiz imkoniyatlarini tan oladilar, shuningdek, aynan insoniyat hayotidagi barcha jiddiy muammolarni echish imkoniyatiga ega ekanligiga ishonadilar. Scientistlar tasavvurida fan oliy qadriyatdir, shuning uchun optimizm va ishonch bilan texnikaviy taraqqiyotning yangi, yanada yangi namunalarini yakdillik bilan qabul qiladilar.
Antiscientistlar faqat ilmiy texnika inqilobining salbiy oqibatlarini ko’radilar. Ularning pessimistik ruhlari fanda echilishi mumkin bo’lgan qator iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolarning chigallashib borishi bilan yanada ortadi.
Scientizm va antiscientizm deyarli bir vaqtda paydo bo’lib, diametral ziddiyatli g’oyalarni himoya qiladi.
Kimning scientizm va kimning antiscientizm tarafdori ekanligini aniqlash qiyin emas. Har ikki tomonning faktlari turli yo’nalishdagi mazmunda asoslangan:
scientistlar fan yutuqlarini olqishlaydilar. Antiscientistlar ilmiy innovaciyalarga qarshi qator dalil-isbotlarni keltiradilar;
scientistlar bilimni eng oliy madaniy qadriyat deb biladilar. Antiscientistlar fanga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdan charchamaydilar.
Scientistlar o’z foydasiga dalillarni izlar ekan, uzoq o’tmishda o’rta asrlar sxolastikasini bartaraf qilib, yangi davr olimlarining fan, madaniyat va boshqa haqiqiy gumanistik qadriyatlarni asoslashga harakat qilganliklarini isbotlaydilar. Ular fan jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchdir, u ijtimoiy qadriyatlarni yaratadi va cheksiz bilish imkoniyatiga ega, deb ta`kidlaydilar. Antiscientistlar esa, insoniyat fan taraqqiyotida qanchalik yutuq va marralarga erishmasin, bundan quvonmaydilar, chunki aynan fan taraqqiyoti tufayli inson jiddiy xavf ro’parasida turibdi, deb hisoblaydilar. Demak, fan o’z yutuqlarini barcha odamlar va umuman, insoniyat uchun foydali, deya olmaydi.
Scientistlar fanda inson hayotining barcha sohalari yadrosini quradilar va, umuman, jamiyatni ilmiylashtirishga intiladilar. Faqat fan tufayligina hayot tashkillashgan, boshqaruvli va omadli bo’lishi mumkin, deb hisoblaydi. Antiscientistlar esa, ilmiy bilish tushunchasi haqiqiy bilim tushunchasiga ayniy emasdir, deb tushuntiradilar.
Scientistlar ongli ravishda umumiy texnokratizaciyaning salbiy oqibatlari bilan bog’liq bo’lgan jiddiy muammolarga e`tibor qaratmaydilar, antiscientistlar vaziyatni cheksiz fojialashtirib, insoniyatning halokatli (katastrofik) taraqqiyoti manzarasini chizadilar va bu bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qiladilar.
Biroq yuqoridagi har ikkala qarama-qarshi yondashuvlar hozirgi zamondagi murakkab jarayonlarni biryoqlama aks ettiradi.
Scientizm va antiscientizm universal xarakterga ega. Ulardagi terminlarning lotincha ifodalanishidan qat`i nazar, kundalik ongga singib boradi. Ular bilan axloqiy va estetik ong, huquq va siyosat, tarbiya va ta`lim sohalarida tanishish mumkin.
Ba`zida bu yondashuvlar ochiq xarakterda, ba`zan yashirincha namoyon ham bo’ladi. Albatta, oziq-ovqatlarda kimyoviy sintezlarning ishlatilishi ekologiya va sog’liqni saqlash sohasidagi jiddiy muammolar, ilmiy yutuqlardan foydalanishni ijtimoiy nazorat qilish zarurligi haqida fikr yuritishga majbur qiladi. Biroq, hayot talablarining ortishi va bu jarayonda aholi barcha qatlamlarining ishtirok etayotganligi scientizmning ustuvorligidan dalolat beradi.
Ekzistencialistlar fanning gnoseologik bekami-ko’st ekanligi haqidagi g’oyaning cheklanganligini e`tirof qiladilar. Jumladan, Seren Kьerkegar, fanni haqiqiy bo’lmagan ekzistenciyaning haqiqiy ekzistenciyaga ishonchi sifatida qarama-qarshi qo’yadi va fanni umuman qadrsizlantirib, uni turli (fisqu-furuj) savollarga ko’mib tashlaydi. Masalan, fan etika sohasida qanday buyuk kashfiyotlarga erishdi? İnsonning xulq-atvori Quyoshning Er atrofida aylanishiga ishonsa o’zgaradimi yoki yo’qmi? Ruh gazeta va jurnallardagi so’nggi ma`lumotlarni kutib yashashga qodirmi? va hokazo. Fandagi kashfiyotlar inson muammolarini hal qila olmaydi va inson uchun zarur bo’lgan ma`naviyatni o’zi bilan almashtira olmaydi Dunyoni olov qamrasada va mayda elementlarga bo’linsada, ruh ishonchga chorlagani holda ma`naviy boylik sifatida o’z o’rnida qoladi.
Antiscientistlar, fan inson hayotining barcha sohalarini qamrab oladi va uni ma`naviyatsiz qilib qo’yadi, deb ta`kidlaydilar. Texnokratizm ruhi hayotdagi haqiqiylikni, oliy tuyg’ularni va chiroyli munosabatlarni inkor qiladi. Qandaydir sun`iy olam paydo bo’lib, u ishlab chiqarish sohasi va narsalarga doimiy ehtiyojni qondirish zaruriyati bilan qo’shilib ketadi. Antiscientistlar hayot ruhini buzadilar, unga ilmiylik maqomini berishdan voz kechadilar. Fandan kapital yasab, uni tijoratlashtiradilar va axloq elementi sifatida talqin qiladilar. Faqat ehtiyotsizlar va soddalargina fanga «yagona qutqaruvchi» sifatida yondashadilar.
Antiscientizmning yorqin vakili G Markuze scientizmdagi bir o’lchovli odam koncepciyasiga noroziligini bildirib, insondagi tabiiylikni, so’ngra individuallikni bostirish, undagi barcha ajoyib sifatlar faqat yagona texnokratik parametrlarning namoyon bo’lishiga olib kelishini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda inson zimmasidagi tashvishlar jamiyatning sog’lom me`yorda emasligidan dalolat beradi. Ayni paytda vaziyat yanada murakkablashadi, chunki xususiy fan mutaxassisining (homo faber) tashvishlari ko’p, bu o’ziga tegishli emas, hatto texnik mutaxassislarga ham xos emas. Bu ma`naviy intilishlari normativlik bilan cheklangan ijtimoiy fan vakillariga tegishlidir.
1950 yilda Nobelь mukofoti sohibi bo’lgan Bertran Rassel o’z faoliyatining so’nggi yillarida antiscientizm tarafiga o’tadi. U civilizaciyaning asosiy xatosini haqiqiy gumanistik qadriyat va ideallarning yo’qolishiga olib kelgan fan taraqqiyotining gipertrofikaciyasida ko’radi.
Shaxsiy bilim koncepciyasining muallifi Maykl Polani ta`kidlashicha, «hozirgi zamon scientizmi fikrni cherkovdan kam cheklamaydi»12. U bizni muhim ichki e`tiqodlarimizga o’rin qoldirmaydi va bizni ko’p, sodda, noadekvat atamalar niqobiga yashirinishga majbur qiladi, deb hisoblaydi.
Antiscientizm fan taraqqiyotini cheklash va sekinlashtirishni talab qiladi. Ammo bunday vaziyatda doimiy o’sayotgan aholining eng oddiy ehtiyojlarini qondirish muammosi paydo bo’ladi va aynan ilmiy-nazariy faoliyatda insoniyat taraqqiyotining kelajak loyhasiga asos solinadi.
Scientizm va antiscientizm orasidagi dilemma ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi azaliy muammodir. U ijtimoiy taraqqiyotning ziddiyatli xarakterini aks ettiradi, unda ilmiy-texnik taraqqiyot reallikka aylanadi, uning salbiy oqibatlari esa nafaqat madaniyatdagi, balki ma`naviyat sohasidagi oliy yutuqlar bilan tenglashtiriladi. Shunga binoan, hozirgi zamon intellektuallarining vazifasi nihoyatda murakkabdir. E.Agaccining fikricha, bu vazifa «bir vaqtning o’zida fanni himoya qilish va scientizmga qarshi kurashdan» iborat.
Shuni ham alohida ta`kidlab o’tish joizki, antiscientizm avtomatik tarzda antitexnologizmga o’tadi, antiscientistik dalillarni esa, ilmiy tadqiqotlardagi qiyinchilik va to’siqlarni ochib tashlovchi, cheksiz bahslarni va fandagi nomukammallikni ko’rsatuvchi chuqur ilmiy (scientistik) muammolardan engillik bilan olish mumkin.
XX asr scientizm va antiscientizm o’rtasidagi dilemmani hal qila olmadi. İnsoniyat racionalizm doirasida qolar ekan, ko’p sonli psixoterapevtik va mediativ tajribalardan ruhiy-ma`naviy qoniqish izlab, asosiy e`tiborini fanga qaratadi. Shifokor Fautus kabi inson ruhini shaytonga sotib, civilizaciyaning progressiv taraqqiyotini ma`naviy-axloqiy o’sish bilan emas, aynan u bilan bog’laydilar.
Ma`lumki, inson ruhining hech bir sohasi, jumladan, falsafa ham olam haqidagi xususiy-ilmiy bilimlarni o’zida mujassamlashtira olmaydi. Falsafa fanlarning fani bo’lishga da`vo qilmaydi, chunki, u xususiy fanlarni boshqara olmaydi va, ayni paytda, o’zi ham xususiy fanlardan biri bo’la olmaydi. Falsafa va fanning jamiyat ko’proq nimaga ehtiyoj sezadi, falsafagami yoki fangami, ularning o’zaro aloqadorligi nimada?, degan ko’p yillardan buyon davom etib kelayotgan bahsi bu muammoga turlicha yondashuv, fikr va qarashlarni yuzaga keltirdi. Biz falsafa va fan mutanosibligini ochib beruvchi asosiy tezislar bilan tanishib chiqamiz.
Xususiy fanlar jamiyatning - texnika, iqtisod, shifokorlik, ta`lim kabi alohida aniq (konkret) ehtiyojlariga xizmat qiladi. Ular borliqning faqat o’ziga tegishli qismini, universallikning o’ziga xos bo’lagini o’rganadi. Xususiy fanlar olamning alohida qismlarini o’rganish bilan cheklanadi. Gegelь fikricha, ilmiy tafakkur so’nggi ma`lumotni olishga intiladiyu, uni aql bilan egallash bilan chegaralanadi, xolos.
Falsafani esa, umuman, dunyo masalalari qiziqtiradi. U xususiylik bilan chegaralana olmaydi, chunki olamni bir butunlikda anglashga intiladi. Falsafa dunyoviy yaxlitlik, borliqning yagona birligi haqida fikr yuritadi va «modomiki, borliq bor bo’lsa, uning o’zi nima?», degan savolga javob izlaydi. Bu ma`noda falsafaga fan sifatida «birinchi asos, birinchi sabab» haqidagi fan, deb ta`rif berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xususiy fanlar reallikning ob`ektiv, inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan hodisa va jarayonlariga e`tiborini qaratadi. Ularni insonning ijtimoiy-madaniy faoliyatidagi qadriyatlar tizimi nisbatan kamroq qiziqtiradi.
Fan uchun olim qiyofasi, uning fikrlari, hissiyoti, hayotiy qiziqishlari va shu kabilar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Tortishish qonuni, kvadrat tenglamalari, Mendeleevning kimyoviy elementlar tizimi, termodinamika qonuni ob`ektivdir. Ularning mavjudligi, harakati real va olimning shaxsiy kayfiyati va fikrlariga bog’liq emas. Biroq hozirgi zamon fani uchun qadriyatli jihatlar muhimroqdir. Olam faylasuf nazarida nafaqat statistik reallik qatlami, balki tirik dinamik yaxlitlikdir. Bu turli xil o’zaro ta`sirda sabab va oqibat, doimiylik va tasodif, yaxshilik va yomonlik kuchlari, hamohanglik va xaos qorishib ketadi. Aql esa o’zining olamga munosabatini aniqlashi kerak. Shuning uchun ham falsafaning asosiy masalasi tafakkurning borliqqa munosabati masalasi sifatida shakllanadi (insonning olamga, ongning materiyaga).
Xususiy fan vakillari hech qanday asosga ega bo’lmagan ba`zi tasavvurlarni qandaydir ilmiy asos sifatida qabul qiladilar. Xususiy fan vakillarining birortasi uning fani qanday paydo bo’ldi va mavjud bo’la oladi, uning mohiyati nimada, metodlari bilan boshqa fanlardan qanday farqlanadi, degan savollar bilan umuman qiziqmaydi. Agar shunday masalalar ko’tarilsa, tabiatshunos olim falsafiy masalalar sohasiga qadam qo’yadi.
Falsafa, eng avvalo, har qanday bilimning, jumladan, falsafiy bilimning boshlang’ich asosini aniqlashga harakat qiladi. U tushunish mezoni va boshlang’ich nuqta bo’ladigan, boshqa barcha narsa va hodisalarni baholay oladigan (haqiqatni fikrdan farqi, empiriyaning nazariyadan, zo’ravonlikning hokimiyatdan va sh.k.) etarli asoslarni topishga harakat qiladi. Alohida bilish sohasida yo boshlanayotgan, yo tugallanayotgan muammoli masalalar echimini topish falsafiy bahslarning eng sevimli mavzularidir.
Fan inson faoliyatida o’zining mavqeiga ega, uning asosiy funkciyasi reallik haqidagi ob`ektiv bilimlarni yaratish va tizimlashtirishdan iborat. U olam mohiyatini anglashga yo’nalgan yangi bilimni yaratuvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Fanning maqsadi doimo o’zi kashf qilgan qonunlar asosida reallikdagi hodisa va jarayonlarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish bilan bog’liq. Shartli ravishda fanlar tizimini tabiiy-ilmiy, ijtimoiy va texnika fanlarga bo’lish mumkin. Odatda, ilmiy faoliyat hajmi, axborotlarning o’sishi, kashfiyotlar, xodimlarning soni doimo ko’payib boraveradi. Fan taraqqiyotida esa normal va inqilobiy davrlar bir-biri bilan almashinadi, ilmiy inqiloblar deb atalmish jarayon uning strukturasi, bilish tamoyillari, kategoriyalari, metodlari va tashkil qilish shakllarini o’zgarishiga olib keladi.
Falsafa sub`ektning ob`ektga nisbatan nazariy refleksiv va ma`naviy-amaliy munosabatiga asoslanadi. U ijtimoiy borliqqa shakllanayotgan yangi g’oyalar, normalar va madaniy qadriyatlar vositasi bilan faol ta`sir qiladi. Uning tarixan shakllangan sohalariga ontologiya, gnoseologiya, mantiq, estetika, dialektika, etika, shuningdek, falsafiy antropologiya, madaniyat nazariyasi, ijtimoiy falsafa, falsafa tarixi, aksiologiya, din falsafasi, metodologiya, fan falsafasi va shu kabilar kiradi. Falsafa taraqqiyotining asosiy tendenciyalari dunyo nima va unda insonning o’rni, civilizaciyaning taqdiri, madaniyatning birligi va xilma-xilligi kabi muammolarni anglash bilan bog’liq.
Falsafa olamga nisbatan har qanday ongli munosabatning asoslari va regulyativlarini topishga harakat qiladi. Shuning uchun falsafiy bilim mantiqan tartibli tizim sifatida emas, balki mavjud muammoni hal qilish yo’llarini baholash, tanqidiy qiyoslash va tahlil qilinayotgan jarayonni sinchiklab muhokama qilish kabilar sifatida namoyon bo’ladi. Bu erda ma`lum tendenciya shakllanadi: ya`ni falsafada nafaqat yakuniy natija, balki shu natijaga eltuvchi yo’l muhim ahamiyatga ega.
İ.N’yuton «Fizika, metafizikadan (falsafadan) qo’rq», deb hitob qilganida, u shuningdek, falsafada qo’yilgan savolga amaliyotda yagona qanoatlantiruvchi javob topish mumkin emasligiga ham qarshi chiqqan. Va agar, fan etarli darajada tashkillashgan tartiblilikni qat`iy shaklini namoyon qilsa, falsafa bunday bir ahamiyatlilik bilan maqtana olmaydi, deb ta`kidlagan. U har doim turli asoslash va inkor qilishlarning variantlari bilan to’qnashadi. Unda e`tiroz bildirib bo’lmaydigan haqiqat yo’q. «Barcha narsalardan shubhalanish darkor» – falsafiy aqlning doimiy shiori mana shunda.
Fanda an`anaviy kommunikativ, ya`ni yig’ilgan bilim natijalari asosida harakat qilish qabul qilingan. (Olim klassik mexanika yoki termodinamika qonunlarini qayta kashf qilmaydi.) Bu erda haqiqiy bilim misqollab yig’iladi.
Falsafa esa, aksincha, erishilgan natijalar bilan qanoatlana olmaydi. Aytaylik, hozirgi davrda o’rta asr mutafakkirlarining hayotning ma`nosi haqidagi savolga javobi bilan qanoatlanish mumkin emas. Har bir davr bu savolga qayta va qayta o’ziga xos ravishda javob izlaydi. Falsafa taraqqiyoti nazariyalar, paradigmalar va koncepciyalarning almashinuvi doirasida qola olmaydi. Falsafaning o’ziga xos xususiyati, uning refleksiya, ya`ni o’ziga qaratish metodini qo’llashidir. Bu boshlang’ich holatga qaytib, yangi mazmun bilan boyitiluvchi «moki»ning harakatini eslatadi. Falsafaga insoniyat tafakkur tarixi davomidagi asosiy muammolarni boshqacha nom bilan atash xosdir. Uning bu xossasini shartli ravishda falsafadagi qaytarilish yoki refleksiya deb atash mumkin.
Fan dalillarga va ularning eksperimentlardagi tekshiruvlariga asoslanadi. Falsafa kundalik voqelikdan ajralib, intelligibelь mohiyatga eltadi. Intelligibilis–hissiy bilishga tegishli bo’lmagan, faqat aql bilan egallanishi mumkin bo’lgan ob`ektlarning mavjudligini ifodalaydi. Go’zallik, haqiqat, yaxshilik, adolat kabi savollar empirik umumlashtirish doirasidan chiqadi. Go’zallik, nafis ko’za, gul, olmos yoki eng latofatli qiz emas, go’zallikni falsafiy tushunish hodisani eng umumiylik nuqtai nazaridan egallashga qaratilgan. U empiriklik darajasidan chiqadi va mohiyatni oqilona aniqlashga yo’naltiriladi.
İngliz mantiqshunosi, faylasuf, sociolog Bertran Rassel «Falsafa, teologiya va fan o’rtasidagi qandaydir vositadir», deb ta`kidlaydi. Teologiya kabi unda ba`zi predmetlarga nisbatan aniq bilim hanuzgacha egallanmagan: fan kabi u ko’proq avtoritetlarni emas, balki inson aqlini himoya qiladi. Falsafa, uning fikricha, fan va teologiya o’rtasidagi hech kimga tegishli bo’lmagan va ayni paytda har ikki tomonning hujumlariga mo’ljallangan ochiq erdir. «Donishmandlik, yaxshilik, go’zallik nima?» kabi juda ko’p falsafiy savollarga ilmiy lobaratoriyalarda javob topish mumkin emas. Zotan, fan va teologiya echimini topa olmagan qator masalalar falsafiy masalalar doirasiga kiradi.
Agar konkret ilmiy fanlar ijtimoiy ongning boshqa shakl, tajribalarini inobatga olmay rivojlana olsa (masalan, fizika san`at tarixi tajribalarini, ximiya esa din tarqalishiga qaramasdan, matematika nazariyalari axloq normalarini hisobga olmasdan, biologiya huquqshunoslik imperativlariga e`tibor qaratmasdan), falsafada butunlay boshqacha. Fanga va ma`naviy faoliyatning boshqa shakliga kiritilmasa-da, unda empirik baza va olam haqidagi umumiy tasavvurlarning boshlang’ich nuqtasi sifatida insoniyat ma`naviy taraqqiyotining tajribalari majmui, barcha ijtimoiy ong shakllari: fan, san`at, din, huquq va h.k. o’rganiladi.
Fanda inson olami ikkinchi darajali, bilish shaxssiz ob`ektiv xarakterga ega. Olim shaxsi, uning his-tuyg’ulari va faoliyat sohasi ham fanni odatda, mutlaqo qiziqtirmaydi. İjodkor o’z navbatida, kashfiyotlari oqibati uchun mas`uliyat sezmaydi. Falsafada esa nazariy bilim bilan bir qatorda qadriyatlar tizimi alohida ahamiyat kasb etadi.
Antik davr muallifi Protogor, «İnson barcha narsalarning me`yoridir», deb hisoblaydi, falsafa hozirgi kunda inson mohiyatining qadriyatli mazmunida o’z asoslarini ilgari suradi. U inson hayotining mutloq qadriyati sifatida e`tirof qilinuvchi ilmiy kashfiyotlarning taqdiri va ularning ijtimoiy oqibatlari bilan qiziqadi. Olim, ijodkor shaxsi tadqiqot jarayonida befarq qoldirilmaydi. Falsafiy ijodda doimo insonning o’z-o’zida murakkablashuvi ro’y beradi. Olim o’zining olamdagi o’rnini yanada aniq va to’liq topishga harakat qiladi. Bu olamni anglashning yanada yangi qirralarini ochib beradi. Shuning uchun falsafada har bir tizim mualliflashgan va falsafiy bilimlar egallanilganida shaxsning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Falsafa shunday intellektual faoliyat turiki, unda muntazam o’tmishdagi buyuk olimlar Aristotelь, al-Forobiy, Beruniy, İ.Kant, Gegelь, Avloniy, Fitrat va zamondoshlarimiz bilan doimiy muloqot talab qilinadi.
Falsafada yorqin ifodalangan milliylik muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, yunon falsafasi, qadimgi Hindiston falsafasi, nemis, ingliz, francuz va o’zbek falsafasi bor-u, lekin rus ximiyasi, matematikasi, fizikasi kabilar esa yo’q.
Fan va falsafani bir-biridan ajratishda, odatda, fanning amaliy ahamiyatga egaligi, falsafada esa amaliyot yo’qligi e`tirof qilindi. Fan kashfiyotlari va yutuqlari asosida texnik inshootlar qurish mumkin, falsafadagi mulohazalar esa amaliy ahamiyatga ega emas, foydasiz va ba`zida hattoki zararli hamdir, deb tushuniladi. Bu ma`noda fan falsafasining namoyondasi F.Frankning falsafa ham amaliy maqsadlarga xizmat qiladi, degan e`tirozini eslash muhimdir. Fan fizik va ximik qurilmalarning metodlarini yaratsa, falsafa inson xulqini yo’naltirishga yordam beruvchi metodlarni yaratadi. Natijada, u o’z amaliy maqsadiga fanning o’zidan ham ilgariroq to’g’ri yo’l bilan keladi. Ko’p olimlar bunday paradoksal vaziyatni falsafa eng umumiy tamoyillar va sof aql tajribalari o’rtasida yaqin mos kelishlikni talab qiladi, deb izohlaydi. Fan kundalik tushunishdan uzoqlashib, o’zining umumiy tamoyillarini ifodalanishida nazariy sohaga tobora chuqurlashib boradi. Klassik mexanika qonunlarining definiciyalarini yoki Kopernikning geliocentrik sistemasi va shu kabilarni eslaylik. Fanning yutug’i sof aql dunyosining mavhum timsollar dunyosi bilan almashinuvidadir, olim uchun kundalik tildan voz kechish mavhum timsollar tilidan foydalana olish va ularni yagona tizim bilan bog’lash favqulotda muhim hisoblanadi. Demak, falsafa o’zidagi transcendentlikka qaramasdan fanga nisbatan kundalik sof aqlga yaqinroq turadi.
Fan va falsafaning demarkaciyaga (ajratishga) intilishi fanni ekzistencial tushunchalardan, mafkuraviy qatlamlardan, irracional miflardan, kvaziilmiy hodisalardan xalos qilishga qaratilgan. Ayni paytda fan mezonlaridan biri amaliy tekshiruv (verifikaciya) uning hali etarli emasligidan, bu aynan shu nazariyani tasdiqlovchi dalillar bilan uchrashishi mumkinligidan dalolat beradi. Amaliy bilim nazariyaning haqiqiyligiga to’la ishontira olmaydi, zero nazariyaga zid birgina dalilning o’zi uni inkor qilishga, falьsifikaciyalashga imkon beradi. An`anaviy misol: biologlar Avstraliyada qora oqqushlarni ko’rmagunlaricha hamma oqqushlarni oq deb hisoblaganlar. K.Popper ilmiylik mezoni sifatida nazariyani qat`iy inkor qilishni, uni falьsifikaciyalashni taklif qildi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy texnika inqilobi sharoitida fanning ijtimoiy, madaniy funkciyalari va maqomini anglash ehtiyojiga javob sifatida yangi yosh fan – fan falsafasi paydo bo’ldi. Darhaqiqat, fan obrazi har doim faylasuf va metodologlarning diqqatini tortgan. U rivojlanar ekan, falsafa bir asr ilgari «fan falsafasi» deb nom olgan yangi maxsus yo’nalish sifatida shakllandi. Uning namoyondalari O.Kont, Dj.S.Millь, G.Spenserlardir.
Falsafa va fan pozitivizm chegarasida, falsafaning metafizika maqomidan voz kechgan sharoitiga mos keladi va o’zida tabiat haqidagi fanni fizika kontekstida mujassamlashtiradi. Muammoning bunday qo’yilishi pozitivizmning paydo bo’lgani kabi asossiz emas. Bilimning boshqa sohalari – matematika, kimyo, biologiya va albatta, fizikadagi ulkan yutuqlar fanni yanada dolzarb qiladi. İlmiy metodlar kishilar ongini egallab, olimlarning mavqei oshadi, fan ijtimoiy institutga aylanib, ilmiy tadqiqot tamoyillarining o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan o’z avtonomiyasini talab qila boshladi. Falsafaning o’zi mukammal tizim sifatida talqin qilingan va aynan shu ma`noda keng tarqalgan. Falsafa va fanning o’zaro munosabatlari hozirgi zamon faylasuflari uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Masalan, R.Rorti falsafaning fandan asta-sekinlik bilan ajralishini falsafaning negizini tashkil qiluvchi bilish nazariyasining alohida maqomga ega bo’lishi bilan izohlaydi. Bunday fikr tarixiy falsafiy an`anaga ijobiy yondashish bilan mustahkamlanadi. Kant tomonidan bizning bilimimiz imkoniyati qanday bo’lishi mumkin, deb qo’yilgan savol Evropa falsafasidagi racionalizmning dasturi bo’ldi.
Tarixiy ketma-ketlikda falsafa va fanning o’zaro munosabatining tahlilini quyidagicha ko’rish mumkin:

  1. Fan falsafadan ajralib chiqdi.

  2. Falsafa o’zida «sof aqlning manbai» funkciyasini saqlashga harakat qilib, asosiy nazariy bilish va metodologik muammoni yaratdi va uni barcha yo’nalishlarda qo’lladi.

  3. Hozirgi zamon falsafasi epistemologiya negizida paydo bo’ldi.

Fan o’zida ijtimoiy ahamiyatli natija mezonlarini o’z natijalari sifatida saqlamaydi. Bu esa uning natijalari insoniyat uchun ham zarar va ham foyda sifatida qo’llanilishi mumkin. Natijada, fan yutuqlaridagi salbiy oqibatlar yuzasidagi mulohazalar fanga emas, falsafaga taalluqli bo’lib qoladi. Aynan fanning antropologik o’lchovi bir butunlik sifatida fanning insoniyat oldidagi mas`uliyati nuqtai nazaridan tahlil qilinishi kerak. Demak, fan yutuqlari jamiyatda nazoratsiz qolmaydi va ular to’satdan namoyon bo’la olmaydi. «Homo sapiens» inson zotining mavjudligiga xavf solinishi bilan bog’liq eng yangi ilmiy texnologik ishlanmalarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning zarurligiga tayanuvchi nazorat funkciyalari fan chegarasidan chiqadi. Biroq uni amalga oshirish faqat falsafaning zimmasida bo’la olmaydi. Bunda fan bevosita huquqiy mafkuraviy davlat institutlarining ijtimoiy fikri yordamiga muhtoj. Falsafaning ijobiy vazifasi shundaki, gumanistik (insonparvarlik) xarakterdagi ilmiy tadqiqot natijalarining yig’indisini baholovchi «hakam» vazifasini bajarar ekan, u ilmiy tadqiqotlar taraqqiyotning mantig’iga mos ravishda rivojlanib, axloqiy dunyoqarashli muammolar tipini yaratadi.
Fan faylasuflari fandagi tub o’zgarishlar doimo uning falsafiy asoslarini yanada chuqurlashuvi bilan boshqarilgan va kimki hozirgi zamon fani haqida qoniqarli tushunchaga ega bo’lishni xohlasa, yaxshi falsafiy tafakkurga ega bo’lishi kerakligiga ishonadilar, falsafa o’z doirasidan xususiy va maxsus fanlar muammolarini chiqarib tashlasa-da, unda insoniyatning barcha ma`naviy bilim tajribalari mujassamlashadi. U dunyoni his qilishning ijtimoiy va shaxsiy tomonlarini, inson hayoti tajribalarining xususiy fanlarni qiziqtirmaydigan alohida turlarini anglaydi. Biroq, o’z predmetiga ko’ra, avtonomlashgan va ierarxiyalashtirilgan ba`zi alohida fanlardan farqli o’laroq, falsafa ularning har biri bilan kesishuv chegarasiga ega. Bu «tabiatshunoslikning falsafiy muammolari» deb nom olgan soha bo’lib, unda falsafa uchun tabiatshunoslik fanlarining muhim va katta ahamiyati ta`kidlanadi. Mohiyatiga ko’ra, u fundamental ilmiy kashfiyotlarga na ijobiy, na salbiy ta`sir qilmasa-da, ularga falsafiy bilim nuqtai nazaridan yordam beradi. Zero, tabiatshunoslik va gumanitar fanlardagi har bir kashfiyot bilan falsafa o’z shaklini o’zgartiradi. Darhaqiqat, fan taraqqiyoti rivojlanar ekan, bir vaqtning o’zida falsafa ham rivojlanadi, ya`ni u fandagi o’zgarish bilan o’zidagi o’zgarishni muvofiqlashtiradi. Fan haqidagi falsafada tabiiy va texnik bilimning o’zaro uzluksiz bog’liqligi va ularning olamdagi fundamental fizik voqealarni tushunishga yordam berishi e`tirof qilinadi. Fanning ikkiyoqlamali vazifasi: dunyoning ilmiy obraziga o’z-o’zidan identifikaciyalashga intilish, ilmiy xulosalardagi yakdillik va qandaydir yangi narsani bilishga yo’nalganligi falsafa va fan orasida ajralish sodir bo’lgandagina yanada yorqinroq namoyon bo’ldi. Shunda uni qandaydir bir tafakkur tizimi vositasida egallash mumkin emasligi aniqlanadi. Ko’pchilik, fan faqat texnik bilim beradi va shuning uchun u texnikaviy qadrga ega, deb hisoblaydi. Olamni chuqur o’rganish va anglash uchun fan yaratgan qonun, tamoyillarning muhimligini tushuntira oladigan, ayni paytda aniq amaliy bilim bera olmaydigan falsafa zarur. Aynan mana shuning o’zi fan va falsafaning ajralishini ko’rsatadigan standart usuldir. Biroq, falsafa va fandagi o’zaro aloqadorlik, o’zaro bog’liqlik borligiga shak-shubha yo’q, falsafaning «hozirgi zamon ilmiy manzarasi va uning evolyuciyasi» deb nom olgan tarkibiy qismi, falsafa va fanni bir-biridan ajratuvchi hamda bog’lovchi kichik bir bo’g’indir. Yana ham aniqroq qilib aytganda, hozirgi zamon falsafasi aniq fanlarning yutuqlarini o’zida aks ettiradi va ularni falsafiy talqin qiladi. Fan va falsafaning o’zaro ta`sir nuqtalarini ifodalovchi tezis, quyidagi vaziyatlarni hisobga olgan holda asoslanadi: falsafa olamni nazariy anglash shakli sifatida namoyon bo’ladi va o’zida inson tafakkuri tarixini mujassamlashtirgan kategorial apparatga tayanadi. «Metodologiya» deb atalmish qismida, hozirgi zamon falsafasi aniq fanlar apparatini anglashni, to’ldirishni taklif qiladi. Shuningdek, fanning nazariy asoslari muammosini va ilmiy bilimning raqobatlashuvchi modellarini hal qiladi. Tadqiqotchilar yangi ilmiy nazariyalarni ilgari surganda ilmiy bilimga nisbatan falsafaning evristik funkciyasini ajratadilar. Aynan falsafiy tadqiqotlar fandagi o’z-o’zini anglashni shakllantiradi, o’ziga tegishli imkoniyat va istiqbollarini tushunishni rivojlantiradi, uning kelgusidagi taraqqiyotiga yo’naltiradi.
Fan falsafasi mustaqil yo’nalish sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida dastlabki pozitivistlar faoliyatida shakllandi. Fanning ulkan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan pozitivistlar dunyoni tushunish vazifalarini aynan fan falsafasiga bog’ladilar. Mazkur yo’nalishning o’ziga xos rivojlanishi mutafakkirlar faoliyati hamda «fan» hodisasiga o’z e`tiborini qaratgan, ilmiy bilimni rivojlantirishning muayyan modelini taklif qilgan ko’plab mualliflik koncepciyalari bilan bog’liq.
Barcha tabiiy munosabatlarni aniq ifoda etgan taqdirdagina yagonalik haqiqiy bo’lishi mumkin. Binobarin, barcha tabiiy munosabatlarni mufassal o’rganish zarurligi dastlabki shartga aylanadi. Faqat mana shunday tizimga solish orqali falsafa haqiqiy hayotga ta`sir ko’rsatishi mumkin. Kontning fikricha, falsafa inson faoliyatining uch sohasi: tafakkur, sezgi va harakatni qamrab oluvchi ijtimoiy funkciyaga ega. Faqat pozitiv holatga kelgachgina falsafa o’zining asosiy vazifasini muvofiq tarzda mukammal bajarishi mumkin.
Bir maromda, tadrijiy rivojlanish g’oyasi, birinchi pozitivizmning yana bir yirik vakili – Gerbert Spenser (1820-1903).koncepciyasi va metodologiyasida bosh tamoyil hisoblanadi. «Evolyuciya materiyaning (qismlarga ajratilgan yagonaligiga asoslangan) integraciyasi bo’lib, u harakatning tarqalishi bilan birga kechadi, mazkur harakat jarayonida materiya noma`lumlik, tushunarsiz bir xillik holatidan ma`lum va tushunarli har xillik holatiga o’tadi, ushbu o’tish chog’ida sarflanmagan harakatda ham xuddi shunday o’zgarish sodir bo’ladi»13. Faylasuf evolyuciyaning maromi g’oyasini ilgari suradi. İntegraciya va dezintegraciya, bir xillikdan har xillikka o’tish (differenciaciya) hamda noma`lumdan ma`lumga o’tish tushunchalari, ya`ni o’sib boruvchi strukturaviylik g’oyasi Spenser koncepciyasining mazmunini tashkil etadi.
Uning fikricha, falsafa barcha muayyan hodisalarni birlashtirishi lozim. Barcha omillarning birgalikdagi harakati qonunini materiya va harakatning uzluksiz qayta taqsimlanishi qonuni, deb tushunish falsafaning negizini tashkil etadi. Fundamental qoidalar, ya`ni yanada chuqur qoidalardan kelib chiqadigan va ularni taxmin qilish orqali erishilgan barcha natijalarning o’zaro muvofiqligini aniqlash yo’li bilangina asoslash mumkin bo’lgan qoidalar falsafaga asos bo’lib xizmat qilishi lozim. «Materiyaning yo’qolmasligi», «harakatning uzluksizligi» va «kuch miqdorining turg’unligi» birlamchi haqiqatlar bo’lib, so’nggisi asosiy, oldingilari esa hosila haqiqatlar hisoblanadi. Ammo, Mill materiya va ongga sezish imkoniyati deb qaragan bo’lsa, Spenser ular timsol tabiatiga ega deb hisoblaydi. Uning fikricha, barcha hodisalarni materiya, harakat va kuch atamalarida talqin qilish bizning murakkab fikriy timsollarimizni sodda holatga keltirish, demak, murakkab tenglama sodda holatga keltirilganida esa timsol timsolligicha qolaverishi mumkin. Spenser fanning tashqi hodisalar aloqasi bilangina kifoyalanuvchi fenomenologik talqinini beradi. Shuning uchun ham fan qisman birlashtirilgan bilim hisoblanadi, falsafa esa to’la birlashtirilgan bilimdir.
Xullas, fan falsafasiga asos solgan uch buyuk mutafakkir – J. Mill, O. Kont va G. Spenser bilan tanishuvimizni sarhisob qilar ekanmiz, birinchi pozitivizm davrning intellektual kontinuumiga qanday yangiliklarni kiritdi, degan savol tug’iladi. J. Mill empirizm va induktivizmni ilmiy bilishning umumiy yo’nalishi sifatida ajratdi. Uning asarlarida fenomenalistikaga moyillik yaqqol ko’zga tashlanadi, tabiatning bir xilligiga ishonishga asoslangan umumlashtiruvchi yondashuv ilgari suriladi. Din va fanning o’zaro mavjudligi masalasi eng murakkab masalalardan biri edi. Pozitivistlar dinni to’la inkor etishga jur`at etmadilar. Spenser ilgari surgan evolyuciya g’oyasi uning ijodida eng ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi va «to’la birlashtirilgan bilim» sifatida namoyon bo’ldi.
Umuman olganda, tafakkur sohasiga birinchi pozitivizm kiritgan yangiliklar fan falsafasi uchun katta ahamiyatga ega. Uning fan sohasi sifatidagi keyingi ravnaqiga fanlarni aniq tasniflashning tematik yo’nalishlari, hamma narsa qonunlarga bo’ysunadi degan g’oya, kuzatish etakchi va asosiy rolь o’ynashi, tavsiflash va bashorat qilish fanning maqsadini tashkil etuvchi tartib-taomillar ekanligi haqidagi qarashlar mavjud.
Mill fan falsafasi muammolarining syujetli rejasiga ma`lum psixologizmni kiritish hamda fanda indukciya va associaciyalarning rolini aniqlash bilan boyitdi. Metodning psixologik unsurlarini intellektual odamlar majmui deb, gipotezani esa bilimni va hatto intuiciyani rivojlantirishning qudratli quroli, deb e`tirof etish pozitivizmning muammolar maydoni uchun yangicha qarash bo’ldi. Mill tabiatning bir xilligi sababiyatning universalligi bilan ta`minlanadi, degan g’oyani ilgari surib, izchil determinizmni qo’llab-quvvatladi. Spenser ilmiy bilishning tadrijiy rivojlanishi universal ekanligini qayd etdi va bilimlarni birlashtirish va umumiylashtirish zarurligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi, fanni din bilan «yarashtirish»ga harakat qildi va oqilonalik chegaralarini kengaytirishni nazarda tutuvchi kutilmagan yo’lni taklif etdi.
Hozirgi zamon falsafasining yo’nalishi sifatida fan falsafasi epistemologiya va fan taraqqiyotining u yoki bu modelini tavsiya qiluvchi o’ziga xos koncepciyalarni ilgari suradi. U fanning roli va ahamiyati kognetiv nazariy faoliyatning xarakteristikasini aniqlashga qaratilgan.
Fan falsafasi predmet sifatida ilmiy-texnika inqilobi sharoitida fanning ijtimoiy, madaniy funkciyalarini anglash jarayonida paydo bo’lgan. U yosh fan bo’lib, XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo’lsa-da, fan falsafasi nomidagi yo’nalish sifatida yuz yildan oldinroq paydo bo’ldi.
Olimlarning mulohazalarida “analitik epistemologiya fan falsafasining o’zidir”, degan fikrni uchratish mumkin. Fan falsafasidagi yuz yillik tajriba bu fikrga ziddir. Fan falsafasining analitik falsafa bilan mujassamlashtirilishi noto’g’ri, chunki fan falsafasi o’zining yuz yillik taraqqiyotida analitik emas, balki ko’proq tarixiylik nuqtai nazaridan rivojlanadi.
Fan falsafasi fan sifatida hozirgi zamon G’arb falsafasining falsafiy dunyoqarashli koncepciyalari va nazariyalarining katta ta`sirini his qiladi. Biroq, hozirgi zamon fan falsafasining mualliflik loyihalarida -muhokama qilinayotgan masalalarning katta qismiga integrativ yondashuv, alohida konceptual innovaciyalarni yuqoriga ko’tarish kabi maqsadlar aks etadi.
Bugun fan falsafasiga mazmunni detallashtirish an`anasi, shuningdek, muhokama qilinayotgan muammoni anonim emas, balki ma`lum muallif tomonidan erishilgan aniq mavzularda e`lon qilingan natijalarni personallashtirish xarakterlidir.
Fan falsafasi tabiatshunoslikni yoki ijtimoiy gumanitar fanlarni o’rganishga qaratilganligidan qat`i nazar, tarixan ijtimoiy-madaniy bilim maqomiga ega. Masalan, metodolog, tabiatshunos olimning matnlarini o’rganar ekan, u birdaniga fizikaviy maydon yoki elementar zarralarning tadqiqotchisiga aylanib qolmaydi. Fan faylasuflarini ilmiy izlanish, “kashfiyotlar algoritmlari”, ilmiy bilim rivojlanishining dinamikasi, ilmiy faoliyat metodologiyasi kabi muammolar qiziqtiradi. Fandagi refleksiya sifatida tushuniladigan fan falsafasi metodologik qurilmalarning o’zgaruvchanligini aniqlaydi va racionallik chegaralarini kengaytiradi.
Fan falsafasining haqiqiy ma`nodagi izohiga tayanib, uni fan donishmandligiga muhabbat, deb atash mumkin. Agar fanning asosiy maqsadi haqiqatni egallash bo’lsa, unda fan falsafasi insoniyat o’z intellektini qo’llashi mumkin bo’lgan sohalardagi eng muhim bo’g’in hisoblanadi. Chunki uning doirasida haqiqatga qanday erishish mumkinligi masalasi muhokama qilinadi. U dunyoga haqiqat nima va aynan haqiqatning boshqa barcha e`tiqodlardan ustunligi haqidagi buyuk sirni ochishga harakat qiladi. To’rt o’lchovli makon-zamon kontinuumi bilan chegaralangan insoniyat olimlar nazarida cheksiz universumda haqiqatga erishish mumkinligiga ishonchini yo’qotmaydi. Bundan esa, insoniyat haqiqatga loyiq bo’lishi kerak, degan etik gumanistik pafos kelib chiqadi.

Yüklə 108,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin