1-Mavzu: Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyati. Reja


Ijtimoiy ishning kasb sifatida G‘arbiy yevropa va Amerikada yuzaga kelishi



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#186391
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta\'minot mohiyat-hozir.org

Ijtimoiy ishning kasb sifatida G‘arbiy yevropa va Amerikada yuzaga kelishi. XIX asrda ijtimoiy ishning professional faoliyat turi sifatida yuzaga kelishi yevropa mamlakatlarining tezkor sanoatlashuvi va aholisi soni ortishi natijasida paydo bo‘luvchi ijtimoiy muammolarning keskinlashuvidan xavotirlanuvchi filantropiya jamiyatlari faoliyatiga yaqinlashdi.
Kishilar biror-bir maxsus tayorgarliksiz ham xayriya faoliyati bilan shug‘ullanganlar. XIX asrning birinchi yarmida bu sohada yirik jamoatchilik tashkilotlari shakllana boshladi, ular din vakillari va xususiy shaxslar bilan birga ijtimoiy muammolarni hal etishga harakat qildi.
1866 yilda Stokgolmda Homiylik jamoatchilik uyushmasi tuziladi. 1869 yilda Londonda Xayriya jamiyati (The Charity Organization Society) tashkiletildi. U ko‘rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtirish vazifasini bajarardi. Germaniyada ishchilarning keskin kambag‘allashuvi natijasida davlatning ijtimoiy ta'minotiga ehtiyoj paydo bo‘ldi, chunki cherkov va xususiy xayriya muassasalari ijtimoiy sohadagi resurslar ta'minotida yuzaga kelgan muammolarni hal eta olmay qoldilar. 1880 yilda Germaniya xayriya kongressi tashubbusiga binoan Germaniya kambag‘allarga g‘amxo‘rlik xayriya uyushmasiga asos solindi. Jahonning boshqa mamlakatlarida ham shunday tashkilotlar tuzildi.
AQShda ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishiga muhtojlar foydasiga xayr-ehsonlar soni ortishi sabab bo‘ldi. Diniy, dunyoviy, tadbirkorlik, volonterlik, hukumat va boshqa xayriya guruhlari kambag‘allar uchun pul, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va turar joy ajratardi. 1890-yillar boshida yirik shaharlarda xayriya tashkilotlarining ishini yo‘naltiruvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Ular mahalliy xayriya faoliyatini shahar hokimiyati vakillari, mahalliy tadbirkorlar, cherkov xodimlari va siyosiy yetakchilardan iborat direktorlar kengashi yordamida muvofiqlashtirardi.
1880-yillarda emigrantlar soni ortgan shaharlarda boshlangan «Uyga ko‘chish harakati» AQShdagi professional ijtimoiy ish uchun zamin yaratdi. Bunda Chikagoda Jeyn Addams asos solgan Xall uyi juda mashhur edi. «Kambag‘allar orasida yashash» dan ma'no topgan boshqa o‘qimishli ayollar uning safdoshlari edilar. Ular shaharning kambag‘al emigrantlar mavzelarida maxsus uylar ochib, u yerda mashg‘ulotlar o‘tkazar, kambag‘al emigrant bolalari va mazkur hududda yashovchi oilalarga maslahatlar berardilar.9
Bir vaqtning o‘zida faoliyatning yangi shakllari: masalan, settlmentlar harakati (Thesrttlement house movement)-AQSh va Angliyada immigrantlar uchun turar joylar tashkil etish. Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiyada davlat xodimlarining qisman ishtirokida kambag‘allarga yordam ko‘rsatishning Elberfeld tizimi (ElberfeldSystem).10
Elberfeld tizimi nomi u qo‘llangan shaharning nomida kelib chiqqan, uning prinsiplari asosida quyidagilar yotadi:
  • xususiy masalalarni ko‘rib chiqish va ishlarning umumiy yo‘nalishini markazlashtirishda har bir homiylikning mustaqilligi;


  • har bir muhtojning holatini to‘liq ko‘rib chiqishda yordamni alohidalashtirish;


  • kambag‘allarga yordam berishga jamiyatning hamma qatlamlarini faol jalb etish.


Vaqt o‘tishi bilan faoliyatning usul va shakllari o‘zgardi, lekin ijtimoiy ishning asosiy prinsipi ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘lib qoladi.11


Bu davrda Buyuk Britaniyada kambag‘allik bo‘yicha qo‘llanmalar chiqarildi. 1834 yilda esa kambag‘allarga yordam ko‘rsatishni qat'iy tartibga solish asosidagi maxsus qonunchilik (PoorLaws) yuzaga keladi. XVIII asr o‘rtalarida kambag‘allarga yordam ikki yo‘nalishda: bemorlarga xayriya va kambag‘allarga yordam amalga oshiriladi. 1847 yilda kambag‘allarga yordamning shakl va usullari to‘g‘risidagi qarorlar bu yo‘nalishdagi yangi qadam bo‘ldi. Keyingi munitsipal islohotlar 1862 yilda kambag‘allarga yordamni cherkovdan ajratdi, natijada ular munitsipal ob'ektga aylandilar12.
Ko‘pgina yevropa mamlakatlarida sudlangan va qamoqdan ozod etilganlarga davlat yordami; bemorlarni parvarish qilish, ko‘r va karlarga maxsus yordam; aholiga majburiy davlat-munitsipal ta'limi berish; ish bilan ta'minlash va hokazolar bo‘yicha xususiy va munitsipal vositachilikning maxsus shakllari yuzaga keladi. Shu tarzda, 1880 yilda Germaniya xayriya kongressi tashabbusi bilan Germaniya kambag‘allarga g‘amxo‘rlik xayriya uyushmasiga asos solindi. 1919 yilda u Germaniya davlat va xususiy homiylik ittifoqiga o‘zgartirildi.
Ijtimoiy qonunchilik bu soha boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat idoralari, shuningdek unga bo‘ysunuvchi muassasalar ish yuiritishi lozim bo‘lgan huquqiy doiralarni o‘rnatardi. Bu muassasalarning boshqaruv apparati ham, xayriya tashkilotlari a'zolari ham yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma'lum bilimlarga ham ega emasdilar.
XIX asr oxiriga kelib, xayriya sohasida yirik jamoatchilik tashkilotlari tuzilib, ularning ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha intilishlari cherkov va xususiy shaxsalar faoliyati bilan to‘ldirildi. Angliya va AQShda ular yordamga muhtojlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi xayriyani tashkil etish jamiyatlari sifatida taqdim etildi.
Xayriya sohasidagi beqiyos muvaffaqiyatlariga qaramay, bu soha vakilariga professionalizmning yetishmasligi ijtimoiy muammolarni hal etishda kishilarga samaraliroq yordam berish imkonini bermasdi. Shu bilan birga, davlat ta'minotiga ham ehtiyoj yuzaga keldi, chunki diniy tashkilotlar va xayriya muassasalari ijtimoiy sohadagi katta xarajatlarni eplay olmay qoldi.
XIX asr oxirida yevropa mamlakatlari va Amerikada yuzaga kelgan muhtojlarga davlat yordami tizimi ikki asosiy element: qonunchilikni rivojlantirish va maxsus idora va muassasalar yaratishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi dastlabki o‘quv muassasalari xayriya tashkilotlari tomonidan tuzilgan. 1896 yilda deyarli bir vaqtda Angliya va Germaniyada kurslar ochildi. 1898 yilda AQShda Nyu-York filantropiya maktabida ijtimoiy xodimlar tayyorlana boshladi. Keyinchalik u Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabiga aylanib, muhtojlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchilar uchun bir yillik ta'lim dasturini taklif etdi.
1903 yilda Grem Teylor va uning hamkasblari tomonidan tashkil etilgan Chikago fuqarolik huquqi va filantropiya maktabi ham shunday dasturni taklif etgan. Vaqt o‘tishi bilan u ijtimoiy xizmat boshqaruvi maktabi nomini olgan Chikago universitetining bo‘limiga aylandi130.
G‘arb mamlakatlari jamoatchiligi ongida muhtojlarga professional yordam g‘oyasi yanada aniq anglandi. Bu g‘oya XIX asr oxirlaridayoq amalga oshirila boshladi. 1899 yilda Ijtimoiy xodimlar tayyorlash institutiga asos solgan Amsterdamdagi ijtimoiy islohotchilar guruhi ijtimoiy xodimlarni tayyorlash bo‘yicha jahonda birinchi institutga asos solish sharafiga erishdilar. Institut dasturida o‘zlarini ijtimoiy ishga bag‘ishlashni istagan erkak va ayollar uchun ikki yillik kunduzgi nazariy ta'lim va amaliy tayyorgarlikning to‘liq kursi ko‘zda tutilgan.



Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin