1-Mavzu: Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyati. Reja



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#186391
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta\'minot mohiyat-hozir.org

Rossiyada ijtimoiy ish. Rossiyadagi ijtimoiy ish muhtojlarga yordam ko‘rsatish faoliyati sifatida uzoq o‘tmishga ega. U davlat, turli jamoatchilik guruhlari, ijtimoiy soha tadqiqodchilari tomonidan ob'ektiv zarur hodisa, XX asrning 90-yillari boshidan esa, ijtimoiy hayot amaliyoti sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu yillardagi ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanishi, aholi bilan ishlashda zamonaviy texnologiya va usullarni keng qo‘llash bo‘ldi.
Bunda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish Rossiya olimlarining ba'zi ishlarida ijtimoiy ishning zamonaviy paradigmasi, boshqalarida esa, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda fuqarolarni samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi yuqori samarali ijtimoiy texnologiya sifatida, keyingilarida ijtimoiy sohaning juda muhim sektori sifatida ko‘rib chiqiladi.186
«Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari to‘g‘risida» gi federal qonun bu masalada ma'lum aniqlik kiritadi. Unda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy, tibbiy, ruhiy, pedagogik, huquqiy yordam va murakkab turmush vaziyatidagi fuqarolarga yordam ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar faoliyati sifatida aks ettiriladi.
Qonunda ijtimoiy xizmat turlari – moddiy yordam, uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, statsionar sharoitida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, maslahat yordami, fuqaro va oilalarning ijtimoiy patronajning mazmuni yoritiladi.
Davlat o‘tish sharoitidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, nogiron, yolg‘iz va yordamga muhtoj qariyalarga alohida e'tibor qaratadi. Rossiyada qariya, jumladan nogironlarga nogironlarga ko‘p bosqichli yordam ko‘rsatish tizimi amal qiladi. 2002 yil davomida 14 mln. qariyaga turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan. Mamlakatda yarim millionni tashkil etgan nogiron bolalar davlat tomonidan alohida qo‘llab-quvvatlanadi.
Rossiya ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining asosiy prinsiplari manzillilik, qulaylik, ixtiyoriylik, insoniylik, og‘ir turmush sharoitidagi balog‘atga yetmaganlar, qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ustuvorligi; konfidensiallik; profilaktika yo‘nalishi; inson va fuqarolik huquqiga rioya etish; ijtimoiy xizmat turlarining davomiyligi hisoblanadi197.
Rossiya aholisiga zamonaviy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining muhim belgisi uning dinamik rivojlanayotgan infratuzilmasi hisoblanadi. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda mamlakatda yangi ijtimoiy (statsionarlar, yarim statsionarlar va nostatsionar) muassasalar tarmog‘i yaratilgan. Bu yerda muhtojlar professional darajada zarur yordam va maslahat olishlari, qo‘llab-quvvatlanishlari mumkin.
Qariya va nogiron fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish majmuaviy markazlari, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish majmuaviy markazlari, aholiga ruhiy-pedagogik yordam berish markazlari, gerontologiya markazlari, balg‘atga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari, bolalar va o‘smirlar uchun mehribonlik uylari, oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish markazlari shunday muassasalar qatoriga kiradi.



Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin