1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə23/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
биол маж лекция

Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar-da barcha transpozonlar molekulalarining 2 chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismida esa DNK molekulasining belgilangan joyidan yopishqoq uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir.

O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Shu boisdan talabalar jahon miqyosida keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan biotexnologiya fani yutuqlarini mukammal egallashlari va amaliyotga tadbiq eta olshlari lozim.

Bu fanini o‘qitashdan maqsad talabalarga tirik organizmlar irsiy belgilari haqidagi axborot joylashgan DNK molekulasining tuzilishi va ahamiyati, gen molekulyar biologiyasi; genetik muxandislikning moddiy asoslari,: transformatsiya, transduksiya, ko‘chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlar, plazmidalar, viruslar, bakteriofaglar, restriktazalar, rekombinant DNK olish, genlarni klonlash, hujayra muhandisligi, hujayra va to‘qimalarni sun’iy sharoitda o‘stirish texnologiyasi; genetik muhandislikning o‘simliklar seleksiyasida qo‘llanilishi; gen muhandisligiga asoslangan biotexnologiyaning agrar sanoatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi ahamiyati; gibridomalar olish texnologiyasi va uning qishloq xo‘jaligida va chorvachilikda qo‘llanilishi hamda genetik muhandislikning istiqbollari haqida aniq bilim berishdan iborat.

Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muhandisligi yutuqlarini xalq xo‘jaligi amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llashdan iborat. Gen muhandisligini o‘rganishda nazariy bilimlarni o‘zlashtirish ularni amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar yordamida chuqurlashtirishni ta’lab qiladi. Talabalar biotexnologiya va gen muhandisligi kursini mukammal o‘rganish uchun mazkur fan bo‘yicha darsliklardan tashqari ushbu sohaga tegishli chop etilgan va chop etilayotgan adabiyotlar, ilmiy jurnallar va vaqtli manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.

2.Bu fanni mikrobiologiya, biokimyo, sitologiya, genetika va seleksya, fiziologiya, ekologiya, o‘simlikshunoslik, biofizika, fitopatologiya, virusologiya, molekulyar biologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Amaliy gen muhandisligini qishloq xo‘jaligida tadbiq qilishning moddiy asoslarini ham talabalarga o‘rgatadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin