O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH, TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FAKULTETI «O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH» KAFEDRASI “UMUMIY FITOPATOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Un-shudring kasalliklarini qo’zg’atuvchi zamburug’larning xarakteristikasi va sistematikasi. Bajardi: “O‘simliklarni himoya qilish ” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 33-guruh talabasi Urayimova Rayhona Turug‘unboy qizi
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” __________ 2023 y
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “___” __________ 2023 y
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” ___________ 2023 y
Kirish Fitopatologiya – (fito….,pato… va logiya) – o’simlik kasalliklari,ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlar haqidagi fan.Umumiy va xususiy Fitopatologiyga bo’linadi.Umumiy Fitopatologiya o’simlik kasalliklarining paydo bo’lishi sabablarini,kasallikni qo’zg’atuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini,rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini,kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni,o’simlik karantini va immunitet masalalarini,o’simliklarni himoya qilish usul va tadbirlarni;xususiy yoki maxsus fitopatologiya ekinlar kasalliklarini o’rganadi va ularga qarshi kurash choralari tavsiya etadi.Fitopatologiya o’simlik anatomiyasi va fiziologiyasi,mikrobiologiya,mikologiya,genetika,seleksiya,o’simlikshunoslik,kimyo,fizika va boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanadi.
Kasalliklarning o’simlikka zarur keltirish qadimdan ma’lum bo’lgan.18-asrning ikkinchi yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A.T.Bolotov,Fransiyada A. Timet,Italiyada F.Fontana,Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya,zang,toshkuya va boshqa kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi,lekin ularni bartaraf etish yo’llari topilmadi.19-asrning ikkinchi yarmida nemis olimi A.De Bari,rus mikologiya va fitopatologi M.S.Voronin va ularning shogirdlari ko’pchilik o’simlik kasalliklarining sababchisi zamburug’ ekanligi isbotladilar.19-asrning oxirida fitopatologiya zamburug’lar,viruslar va boshqa parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o’rganuvchi fan sifatida shakillandi.Bu davrga kelib uning asosiy yo’nalishlari:mikologiya,parazitologiya,ekologiya,immunologiya,kimyoviy toksikologiya,virusologiya,o’simliklarning bakterioz va nematode kasalliklari haqidagi ta’limoti shaklandi.
Tadqiqotchi olimlar qorakuya,zang,oqpalak(vilt) zamburug’lari turlari,kalmaraz,fitoftoroz va boshqa kasalliklar qo’rg’atuvchilarining patogenezi,epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar.Kasallik qo’zg’atuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy,biologic usullarini ishlab chiqdilar.Terapevtik ta’sir ko’rsatuvchi moddalar (ba’zi antibiotiklar va sitqdan ta’sir qiladigan fungidsidlar) ustida izanishlar olib borildi.Seleksioner va fitopatologlar zang,oq va kulrang cherish,vilt,ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bug’doy,kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar.Viltga chidamli kabi kasalliklarga chidamli bug’doy,kungaboqar va tamaki navlarini yaratadilar.Viltga chidamli g’o’za navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida kata ishlar olib borildi.
O’simliklarni kasalliklardan himoya qilish va fitopatologiyaning yangi masalalarini Ishlab chiqishda o’simlik immuniteti omillari vaqonuniyatlarinш o’rganish;o’simlik larni kasallikka chidamliligini aniqlash,fitopatologik ekspertiza va o’simlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullari ishlab chiqish; zamburug’, bacterial,
Virusli va boshqakasalliklar patogenezini o’rganish;o’simlikning kimyoviy immunizatsiyasini o’rganish (bunda o’simliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keying 2-4 avlodga o’tadi);osimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari,kata hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur bolgan ko’p yillik ma’lumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va boshqa kata yordam beradi.Fitopatologiyada turli tadqiqot usullari,jumladan,mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar,anatomiya,biokimyo va o’simliklar fiziologiuasi,kimyo va biofizik,biotexnologiya,umumiy agronomiya, meteorologiya va iqlim shunoslik, variantsion statistika usullari qo’llaniladi.
Zaburug’li kasalliklar (mikoz)-bu organizmning patogenlek holati bo’lib,inson va hayvon terisi va shilliq qavatlarida parazitlik qiluvchi mikroorganizmlarning (zamburug’larning) hayotiy faoliyati ta’sirida yuzaga keladi
.