III. Eksperimental qismi 3.1. Tadqiqotni maqsad va vazifasi Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi.
Tajribaning maqsadi: Tajribani o‘tkazishdan maqsad laboratoriya sharoitida O’simliklarda patologik jarayon va ularning rivojlanishiga ekologik omillarning ta’sirini o‘rganishdan iborat.
Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat:
- O’simliklarda patologik jarayon va ularning rivojlanishiga ekologik omillarning ta’sirini o‘rganish;
- o‘simliklarda ekologik omillarning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’sirini o‘rganish;
3.2. Tadqiqot olib borish usullari va joylari Tadqiqot uslublari. Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajriba davomida laboratoriya sharoitida o‘simliklarda patologik jarayon va ularning rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri xususiyatlarini o‘rgandim.
Tadqiqotlarda o‘simliklarga yorug‘lik,namlik va xaroratni ta’sirini o‘rgandim.
3.3. Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Yorug‘lik yetishmasligida o‘simliklar zaiflashdi, ularning qoplovchi to‘qimalari yupqa bo‘lib qoldi, ular patogenlar bilan oson zararlanadi, barglari zaif, och tusli bo‘lib qoladi, cho‘zilib ketadi, poyalari mustahkamligini yo‘qotadi va ko‘pincha yotib qoladi. Yorug‘lik keragidan ko‘p bo‘lishi ham o‘simliklar normal o‘sishi va rivojlanishi jarayonini buzadi. Kuchli yorug‘lik ayniqsa soyasevar o‘simliklarni shikastlashi mumkin.
O‘simliklarga juda quruq havo, ayniqsa yuqori harorat va shamol bilan birgalikda, o‘simliklarni kuchli shikastlaydi. Masalan, bunda g‘alla ekinlarida qizish (zapal) kasalligi rivojlanadi – o‘simliklarning yashil qismlari qo‘ng‘ir tus oladi, donda normal ozuqa moddalar to‘planishi jarayoni buziladi, don vaqtidan oldin tugiladi va yetiladi. Natijada don mayda va nimjon, ba’zi boshoqlar puch bo‘lib qoladi, o‘simliklarning ayrim tuplari butunlay nobud bo‘ladi va ancha hosil yo‘qotiladi.
Qurg‘oqchilik va yuqori harorat o‘simlik gullashi paytida birga uchrashi boshoqlar don bilan to‘lmay qolishi (“cherezzyornitsa”) ga olib keladi. Kasallik otalantirish jarayoni buzilishi tufayli rivojlanadi, natijada boshoqda don odatdagidan kam tugiladi yoki umuman tugilmaydi. Shikastlanishning bo‘shboshoqlilik (“pustokolositsa”), yoki oqboshoqlilik (“belokolositsa”) deb ataladigan xili normal ko‘rinishli boshoq tezda oq tus olishi va qurib qolishi bilan ifodalanadi.
O‘simliklarni havoning yuqori namligi ham shikastlashi mumkin. Misol uchun, yuqori namlik don oqishi (“stekanie zerna”) ni qo‘zg‘atadi, ya’ni havo yuqori namligi sharoitida nimjon, yaxshi to‘lmagan don hosil bo‘ladi. Shakllanayotgan don namlikka to‘yingan bo‘lib, qobig‘i yoriladi va ustiga shirinroq suyuqlik oqib chiqadi. Bu suyuqlik patogen mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mikroorganizmlar dunyosi juda katta va murakkabdir. Faqatgina zamburuglarning o‘zi 70 mingdan ortiq turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda turli-tuman faoliyat ko‘rsatib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar. Mikroorganizmlar ham boshqa tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi hisoblanadilar. Shuning uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar. Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks holda hayot kechira olmas edilar. Murakab jarayon bo‘lib ularning sodir bo‘lishida xilma-xil organik va anorganik moddalar ishtirok etar ekan. Ularning oziqlanishlari ham xar-xil sodir bo‘lar ekan. Moddalar almashinuvi biologik katalizatorlar ishtirokida sodir bo‘lib, bu jarayonlarda oddiy va murkab moddalar hosil bo‘lishi parchalanishi ajralib chiqishi va yutilishi kabi xodisalar amalga oshishi bilan mikroorganizmlar tiriklik xususiyatlarini saqlar ekanlar. Parchalanish, bijgish natijasida turli xildagi yuqorida aytilgan moddalar hosil bo‘lishi bilan birga tuproqni o‘simlik qoldiqlaridan tozalashda, go‘ng tarkibidagi uglerodli moddalarni, chiqindilar tarkibidagi uglerodli moddalarni sanoat chiqindisidagi ligninni parchalab tuproq unumdorligi yanada oshirilishi va o‘simliklar ozuqa bilan ta’minlanishi yaxshilanishi, o‘sish-rivojlanish yaxshilanib yana mo‘l hosil berishga kelib taqaladi. Buni ma’ruza boshlanishida berilgan uglerod aylanishiga boglasangiz uning ahamiyati yanada chuqurroq namoyon bo‘ladi. Mikroorganizmlarni tabiatda azot almashinuvida, azotlik moddalar parchalanib zararsizlanishida o‘simliklarning oziqlanishi va hosildorlik oshishligida katta ahamiyati bor ekan. Shuningdek, shu mikroorganizmlarning har bir jarayoni bajarishga moslashgan avlodlari va turlari ham xilma-xil bo‘lar ekan.