Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya



Yüklə 434,24 Kb.
səhifə6/9
tarix07.06.2023
ölçüsü434,24 Kb.
#126459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urayimova Rayhona

Kurash choralari.
Agrotexnik tadbirlar.
Issiqxonalarni dezinfiksiyalash;tuproqni almashtirish yoki zararsizlantirish;Shomollatib turish; ekishdan oldin urug’ni 48-50*C lik suvda 15-20 min ivitish,darxol,2-3 min davomida sovuq suvda sovitish,quritish va fungitsit bilan dorilash;nixollararni keragidan ortiq sug’ormaslik; kasal nixollarni yangi qilib,issiqxonadan chiqarib,yo’qatish;o’simlik qoldiqlarini yo’qotish;dalalarda 1-va 2- yil ekinlarini yaqin joylashtirmaslik;kuzda yerni chuqur shudgor qilish tavsiya etiladi.
Kimyoviy usul. Kasallik boshlanishi bilan,nixollarga fungitsitlardan ko’rzat P n.kuk.2-2,5 l/ga;shavit F 72% e.g.2-2.5 l/ga; bordo suyuqligi mis kuporisi bo’yicha 6,-10 l/ga;acrobat M 2 l/ga kabilardan birortasini purkash;urug’lik ekinlarga fungitsid va begona o’tlarga qarshi gerbitsid purkash.





2.2. 1-rasm. Soxta un-shudring kasalligi

Tokning mildyu (soxta un shudring) kasalligiga kurashda profilaktik va agrotexnik tadbirlarda barcha to‘kilgan barglar tuproqni ag‘darib chopish yo‘li bilan yo‘qotiladi, «ertok» usulidagi tokzorlarni tik simbag‘azga ko‘tarish, sho‘ra va g‘o‘ra homtoklarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish novdalarni yoyib tarash va bog‘lash, kasallik va sovuqlarga chidamligini oshirish maqsadida kaliyli va fosforli mineral o‘g‘itlari bilan muntazam ravishda oziqlantirish.
Kimyoviy vositalar yordamida kuzda yoki bahorda kurtaklar yozilishdan oldin 3 foizli Bordo suyuqligi (10 l suvda 300 g mis kuporosi + 300 g ohak) bilan barcha zang va novdalarni yuvish darajasida purkaladi, shuningdek, 2–3 foizli temir kuporosini yoki 1 foizli mis kuporosini qo‘llasa ham bo‘ladi.

2.3. Sohta un-shudring kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ini sporasi
Soxta un shudring. Soxta un shudring kasalligini – Peronospora schleidenii Unger (P. destructor Casp) zamburugi qozgatadi. Kasallik bilan osimlikning butun yer ustki qismi zararlanadi, ayniqsa barg va tomirlarida yaqqol namoyon boladi. Kasallangan barg va tomirlar och yashil yoki sariq ranglarda bolib, ustki qismi kulrang-binafsha rang gubor bilan qoplangan boladi. Kopincha zararlangan organlarda bir vaqtning ozida qora mogorlarni ham kuzatish mumkin. Kasallik qozgatuvchi zamburug piyozboshlarida mitseliy yoki oospora holida qishlaydi. Omborxonada saqlash davrida esa bular chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Preparat – kasallik qozgatuvchisining konidiya hosil qilishi. Namlangan igna yoki skalpel yordamida gunafsha gubor olinadi va buyum oynasiga qoyiladi, preparat oddiy usulda tayyorlanadi. Gubor konidiyalar toplami va shoxlangan konidiyabandlardan iborat. Konidiyabandlarning shoxlanish oxirida sanchiqsimon shoxlangan, uchlari otkirlashgan. Konidiyasi yirik tuxumsimon, kul rang gunafsha tusli. Zang kasalligi. Zang kasalligini Puccinia allii zamburugi qozgatadi. Zang kasalligi bilan piyozning hamma navlari zararlanadi. Kasallik qozgatuvchi zamburug bir uyli boladi. Kasallikni yalpi rivojlanish urediniya bosqichiga togri keladi, bunda uredosporalar ya‘ni osimlikning zararlangan organlarida och sariq, yostiqchasimon doglar qongirlashib, teleytosporalar hosil qiladi. Kasallik qozgatuvchi zamburug osimlik qoldiqlarida teleytosporalar holida qishlaydi. Preparat – kasallik qozgatuvchisi. Preparat oddiy usulda tayyorlanadi. Igna yoki skalpel yordamida kasallangan organlardan qongir va qora yostiqchalarni bir qismi olinadi va bir tomchi suvga joylashtiriladi. Kichraytirilgan holatda qisqa, oson ajraladigan oyoqli teleytosporalar korinadi. Ular Puccinia porri teleytosporasi, Puccinia allii teleytosporasi oyoqlari mustahkam ajralmaydigan, mustahkam uyumga birlashgan boladi.

Yüklə 434,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin