Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya


Soxta un-shudring kasalligining sistematik o’rni



Yüklə 434,24 Kb.
səhifə5/9
tarix07.06.2023
ölçüsü434,24 Kb.
#126459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urayimova Rayhona

2.2. Soxta un-shudring kasalligining sistematik o’rni
Karamning soxta un-shudring (perenosporoz) kasalligini tarifi. Soxta un-shudring (perenosporoz) kasalligini Perenospora brassicae,Perenospora schleideniana oomitset zamburug’I kuzatadi.Oosporalar ko’pincha to’qima ichida rivojlanadi,dumaloq shaklli,sariq yoki jigarrang tusli,diametric 25-30 mkm,o’simta xosil qilib o’sadi.Patogen karamdan tashqari boshqa butguldosh ekin (rediska,bryukva,sholg’om,turp,kress-salat) va sabzi,piyoz,sarimsoq,begona o’tlarni (jag’ jag va boshqalar) zararlaydi.
Karamning urug’palla,nixol,yetilgan o’simliklari va urug’liklari kasallanadi.Kasallik ayniqsa,yosh o’simliklarga kata zarar yetkazadi.Urug’palla va barglarning ustki tomonidan sariq,kulrang-sarg’ish,noto’g’ri shaklli dog’lar,ularning ostida (barglarning pastki tomonida)- konidiofora va konidiyalardan tashkil topgan yupqa,,sariq,och-kulrang mog’or qatlami rivojlanadi,burglar sarg’ayadi,so’ladi,quriydi.
Xayot kechirishi.Kasallik mavsumdan-mavsumga asosan urug’likka saqlangan karam boshlarida va urug’ qobig’ida qishlovchi oosporalar bilan o’tadi,butguldosh begona va urug’ qobig’ida qishlovchi oosporalar bilan o’tadi,butguldosh begona o’tlarda xam qishlaydi.
Ko’chatxona va dalalarda vegetatsiya davrida kasallik konidiyalari bilan tarqaladi va sog’lom o’simliklarni zararlaydi.Zararlangan to’qimada konidiyalar rivojlanishi uchun tomchi shaklidagi namlik (yomg’ir,shudring) talab etiladi.Kasallik rivojlanishi uchun optimal xavo xarorati 10-15 *C.Soxta un-shudringning zarari kata.Zararlangan karam boshlari bacterial yumshoq chirishga chidamsiz bo’lib qoladi.Kasallik kuchli rivojlanganida issiqxonadagi barcha ko’chatlar 2-3 kunda nobud bo’lishi tez-tez kuzatiladi.
Zarari.Zararlangan urugdan o’sib chiqqan urug’pallaning to’qimalari ichida diffuz mitseliy rivojlanadi,urug’palla butunlay mog’or bilan qoplanadi va nobud bo’ladi.Zararlangan poya va urug’lik qo’zoqlarida deyarli qora dog’lar va ozroq mog’or paydo bo’ladi.Qo’zoqlarda zararlangan,xira tusli va yaxshi to’lib yetilmagan urug’lar xosil bo’ladi.


Yüklə 434,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin