Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya


Piyozning soxta un-shudring kasalligi va unga qarshi qanday kurashiladi?



Yüklə 434,24 Kb.
səhifə4/9
tarix07.06.2023
ölçüsü434,24 Kb.
#126459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urayimova Rayhona

Piyozning soxta un-shudring kasalligi va unga qarshi qanday kurashiladi?

Piyozning soxta un-shudring (mildyu, peronosporoz) kasalligini Peronospora destructor Casp. zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Zamburug‘ piyozni, kam hollarda sarimsoqni zararlaydi. Patogen piyozboshlarda ularni chiritmasdan, mitseliy shaklida va o‘simlik qoldiqlarida osporalari yordamida qishlaydi. Urug‘lik olish uchun ekilgan piyozboshi o‘sganida, kasallikning diffuz shakli rivojlanadi - o‘simlik bilan birga zamburug‘ning mitseliysi ham o‘sadi va barcha to‘qimalarga tarqaladi. Kasal o‘simlikning barglari och-yashil, so‘ngra sarg‘ish tus oladi, ustida oldin oq, keyin kulrang-binafsha tus oluvchi yupqa mog‘or qatlami hosil bo‘ladi. Deyarli har doim patogenning mog‘ori ustida qora mog‘or hosil qiluvchi ikkilamchi saprotrof zamburug‘lar rivojlanadi. Zararlangan barglar sarg‘ayadi va so‘ladi, o‘qbarglar sinadi. Diffuz zararlangan o‘simliklarda ko‘plab sporalar rivojlanadi, ular shamol bilan tarqaladi va shabnam yoki yomg‘ir tomchilari mavjudligida sog‘lom ekinlarni zararlaydi. O‘suv davrida patogen 7 tagacha avlod beradi.Piyozdagi peronosporoz O‘zbekistonda ham qayd etilgan va u urug‘lik ekinlar uchun katta xavf tug‘diradi. Ammo patogenning ob-havoga nisbatan talablarini tashxis qilsak, kasallik rivojlanishi uchun mamlakatimizda imkoniyat chegaralangan, degan xulosaga kelamiz. Peronosporoz kuchli rivojlanishi uchun tez-tez va ko‘p yomg‘ir yog‘ishi va havo harorati 10-15 daraja bo‘lishi qulay hisoblanadi, 25 daraja va undan yuqori haroratda kasallik rivojlanmaydi. Peronosporozga chidamli piyoz navlari mavjud emas.
Peronosporoz yoki soxta un shudring
Peronosporoz yoki soxta un shudring. Kasallik asosan lavlagining yosh yer ustki a’zolarida paydo bo‘ladi. Birinchi yilgi o‘simliklarda ko‘proq markaziy barg to‘plamlari, ikkinchi yilgilarda esa (ko‘chirib o‘tqazilgan) Vegetasiya boshida – markaziy yoki chetki kurtaklardan rivojlangan eng yosh barglar, keyinroq esa – gulpoyasining uchi, guloldi, gullari va xatto qo‘zoqlari ham zararlanadi. Zararlangan barglarning chetlari pastga qarab buraladi, ingichkalashadi, xiralashadi, mo‘rt bo‘lib qoladi va kulrang-binafsharang gʻubor bilan qoplanadi. Kasallik qo‘zgʻatuvchisi – Peronosporales tartibiga mansub Peronospora schachtii Fuck. tuban zamburugʻi. U tor ixtisoslashgan obligat parazit hisoblanadi. Zamburugʻ konidial spora hosil qiladi. Oʻsimliklar vegetasiyasi davrida zamburugʻ konidiyabandlarda shakllangan konidiyalar bilan tarqaladi. Konidiyabandlari besholti marta panshaxasimon shoxlangan, barg yuzasiga og’izcha orqali yakka yoki 2- 3 tadan chiqib turadi. Konidiyalari och binafsharang, tuxumsimon shaklda, o‘lchami 20-28x17-23 mkm. Yuqori namlik sharoitida o‘simlik to‘qimalarida zamburugʻ kamdan-kam xollarda sharsimon (diametri 32-5-42 mkm), sargʻish-qo‘ngʻir, qalin ikki qatlam qobiqli oospora hosil qiladi. Oosporalar zararlangan o‘simlik qoldiqlari va urugʻlarda saqlanib, baxorda birlamchi infeksiya manbaiga aylanishi mumkin. U o‘sib o‘simta hosil qiladi, yosh barglarning to‘qimalariga kirib, miseliyga rivojlanadi va konidial spora hosil qiladi. Kasalikni qaytadan yuzaga kelishining asosiy manbai lavlagining qishlovchi ildizlarida (ba’zan u nafaqat yuza, balki boshcha va ildizning chuqur to‘qimalarigacha kirib boradi) saqlanuvchi miseliy. Ildizi zararlangan lavlagi urugʻlik uchun ekilganda zamburugʻ dastlab uning barg to‘plamini, keyinchalik esa gulpoyalarini zararlaydi. Shu bois peronosporoz eng avvalo urugʻliklarga yaqin bo‘lgan lavlagi ekinlarida uchraydi. Kasallikning inkubasiya davri lavlagining yoshi, havo harorati va namligiga bogʻliq ravishda 5 dan 32 kungacha davom etishi mumkin. Kasallik yosh o‘simliklarda harorat 160C va namlik 70% dan yuqori bo‘lganda ayniqsa jadal rivojlanadi.

Un shudring. Kasallik lavlagi yetishtiriladigan barcha xududlarda tarqal- 8 gan. U birinchi va ikkinchi yilgi lavlagilarni zararlaydi. Kasallikning birinchi belgisi – barglarda ustki va ostki tomondan oq o‘rgimchaksimon mayin gʻubor paydo bo‘ladi, ular tez o‘sib, yalpi oq gʻubor hosil qiladi. Bunday gʻuborlar lavlagi poyasi va qo‘zoqlarida ham kuzatilishi mumkin. Keyinchalik gʻubor zich-lashadi va o‘simlikning zararlangan a’zolari un sepilgansimon tus oladi. O’simlik silkitilganda gʻubor changlanadi. Yozning ikkinchi yarmida gʻuborda dastlab qo‘ngʻir, keyinchalik qora nuqtalar – kleystotesiylar hosil bo‘ladi. Kasallik qo‘zgʻatuchisi – Erysiphales tartibiga mansub Erysphe communis Grev. f. betae Poteb. xaltali zamburugʻi. U mo‘l ekzogen miseliy hosil qilib, o‘simlik a’zolari epidermisiga kurakli apressoriylar bilan yopishadi, ulardan uchki qismida shish hosil qiluvchi gaustoriylar chiqib, hujayra ichiga kiradi. Gaustoriylar yordamida zamburugʻ hujayradan ozuqa moddalarni o‘zlashti-radi. O’simliklar vegetasiyasi davrida E. communis f. betae qisqa konidiyabandlarda hosil bo‘luvchi konidiyalar bilan tarqaladi. Konidiyalari oval, rangsiz, o‘lchami 30-36x10-15 mkm (32-rasmga qaralsin). Zamburugʻ kleystotesiy ko‘rinishida tuproq yuzasidagi zarar-langan o‘simlik qoldiqlarida, onalik lavlagilar ildiz boshchasida va qo‘zoqlarda qishlaydi. Kleystotesiylarda 6-8 tadan xalta, har bir xaltada 4-6 ta xaltaspora shakllanadi. Xaltalarining o‘lchami 62-65x35-40 mkm, xaltasporalarining o‘lchami esa 20- 24x13-14 mkm. Xaltasporalar odatda xaltada yoz boshida pishib yetiladi va o‘simliklarni zararlovchi birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik quruq va jazirama (20- 300C) ob-havoda ayniqsa kuchli tarqaladi. Bunday sharoitlarda o‘simliklar so‘liydi va ularning kasallikka chidamliligi pasayadi. Yomgʻir tez-tez yog’ganda miseliy sekin o‘sadi va uning spora hosil qilishi qiyinlashadi. Kasallik ta’sirida o‘simliklarning transpirasiyasi kuchayadi, qand va boshqa organik moddalar sintezi jarayoni buziladi, plastik moddalarning ildizga borishi yomonlashadi, shuningdek barglar tez qariydi.




Yüklə 434,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin