Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining maqsad va vazifalari.
О‘zbekiston tabiati о‘zining betakror gо‘zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning о‘simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Kо‘p dorivor о‘simliklar о‘zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bо‘lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qо‘llanib kelinmokda.
Tibbiyotda ma’lum kasallikni davolash hamda shu kasalliklarni oldini olish uchun ishlatiladigan о‘simliklarni dorivor о‘simliklar deb yuritiladi.
O`simliklar fiziologiyasi bo`limlari
Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli
dorivor о‘simlik turlari va ulardan olinadigan dorivor mahsulotlarni о‘rganadi, tahlil qiladi.
Dorivor о‘simliklarni о‘rganishda quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy-tekshirish ishlari olib boriladi:
Dorivor о‘simliklarni yuqori samarali fitopreparatlar (о‘simliklarning dorivor vositalari) manbai sifatida о‘rganish.
Yangi dorivor о‘simliklarni izlab topish va ularni tibbiyot amaliyotida ishlatishga tadbiq etish.