Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə5/9
tarix13.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#129475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Мавзу

Talabalar botanika fani orqali dorivor turlarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan dorivor о‘simliklarning kimyoviy tarkibi va kimyoviy tasnifini о‘rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini о‘qish jarayonida dorivor о‘simliklarni ekologiyasi, dorivor о‘simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofazaga muhtoj dorivor turlar haqida о‘rganadilar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘zlashtirish orqali dunyo florasiga oid dorivor turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet tilini mukammal о‘rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga mansub bо‘lgan qimmatbaho dorivor turlar haqidagi ilmiy manbalarni va ma’lumotlarni о‘zlari mustaqil holda chet tilida batafsil о‘qib о‘rgana oladilar va h. Ma’lumki har bir fanning о‘ziga xos metodlari — uslublari mavjud. Dorivor о‘simliklar fani esa nomlari yuqorida kо‘rsatilgan barcha fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Dorivor о‘simliklarning о‘rganilish tarixi. Qadim-qadimdan insoniyat о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Dorivor о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‘zaki tarqalgan. Davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar о‘rnatilgandan sо‘ng, ana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor о‘simliklar hisobiga dorivor о‘simliklar mahsulotining turi kо‘paya bordi. Yozuv paydo bо‘lganidan keyin dorivor о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi.

Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor mahsulotlar qayd kilingan. Hatto о‘sha davrda Suriyada dorivor о‘simliklar ekiladigan maydonlar ham bо‘lgan. Misrda esa dorivor о‘simliklar bundan ham ilgari ekila boshlangan. Masalan, eramizdan 2000 yil avval Misrda kanakunjut ekilgan. Hozirga qadar saqlanib qolgan dorivor о‘simliklar haqidagi ma’lumotlar asosan qadimiy yunon adabiyotlarida uchraydi. Yunonlar о‘zlarida yetishtiriladigan dorivor о‘simliklardan tashqari Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan. Mashhur vrachlar Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel) va ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya «asoschisi» Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati dunyoga yoyilgan. Buqrot (eramizdan avvalgi 460—377 yillar) bemorlarni parhez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan kitoblarda dorivor о‘simliklarning 236 turi ta’riflangan. Arastu va uning shogirdi Teofrast (eramizdan tо‘rt asr oldin) kо‘pgina о‘simlik turlarini ta’riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini ham kо‘rsatib о‘tishgan. О‘z davrining atoqli vrachi Dioskorid (eramizning I asrida yashagan), «Materia medica» nomli mashhur kitobida juda kо‘p dorivor о‘simliklarni rasmlari bilan birgalikda ta’riflab bergan. Lotin tiliga tarjima kilingan bu kitobdan Ovrupolik vrachlar XVI asrgacha qо‘llanma sifatida foydalanib kelganlar. Kо‘hna Rimda Galen va Pliniy Starshiy farmakognoziya bilan uzoq vaqt shug‘ullanganlar. Vrach Galen (eramizning 130- yillarida tug‘ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. U о‘z kitoblarida 304 ta dorivor о‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta’riflagan. Galen о‘simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi modda bо‘lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bо‘lib taklif etadi. Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari XIX asrgacha katta ahamiyatga ega bо‘lib keldi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin