Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/9
tarix13.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#129475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Мавзу

Dorivor о‘simliklar fani о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi: Dorivor о‘simliklarni о‘rganish maqsadida ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi hamda asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalarning yig‘iladigan organlari va vaqti aniqlanadi. Dorivor turlarni asrab qolish va sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar maydonlarini izlab topish, zahirasini aniqlash, dorivor mahsulotni yig‘ish, quritish, saqlash va transportda jо‘natish tadbirlari ishlab chiqiladi. Xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning yangi turlari о‘rganiladi. Dorivor о‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil qilinadi va amalga oshiriladi.

Modulning boshqa modullar bilan aloqasi. Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli ham barcha sohalarda bо‘lganidek, boshqa modullarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о‘zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. О‘z navbatida dorivor о‘simliklar fani ham о‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simliklar fiziologiyasi, о‘simliklar biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlarga erisha oladi. Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining biotexnologiya yо‘nalishi talabalariga о‘qitiladigan barcha modullar bilan bog‘liqligi katta. Dorivor о‘simliklarni bilish va yaxshi о‘rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur о‘zlashtirishning ahamiyati katta. Biotexnologiya yо‘nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida о‘tiladigan botanika (о‘simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, о‘simliklar sistematikasi), kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) dorivor о‘simliklar modulini о‘qitishga asos bо‘lsa, dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining о‘zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va ulardan olinadigan dorivor mahsulot, dorivor mahsulotlardan xalq tabobatida foydalanish usullari, dorivor о‘simliklardan ilmiy tibbiyotda olinadigan dori vositalari, dorivor о‘simliklarni sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish texnologiyasi tо‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin